Toshkent Moliya Instutiteti Soliq va soliqqa tortish


O‘quv jarayonini rejalashtirish, monitoring olib borish va ta’lim sifatini ta’minlash



Yüklə 91,13 Kb.
səhifə5/10
tarix26.10.2023
ölçüsü91,13 Kb.
#131987
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
bojxona

O‘quv jarayonini rejalashtirish, monitoring olib borish va ta’lim sifatini ta’minlash
O‘quv jarayoni o‘quv va nazorat tadbirlari majmuini o‘z ichiga oladi. O‘quv tadbirlarida barcha turdagi auditoriya mashg‘ulotlari, amaliyot va mustaqil ishlarning tashkil etilishi nazarda tutiladi. Nazorat tadbirlari ta’lim oluvchilarning o‘quv rejasidagi tegishli fanlar bo‘yicha bilimlarni o‘zlashtirishini va ularning natijalarini baholashni nazarda tutadi.
O‘quv jarayoni talabalar, ish beruvchilar, o‘qituvchilar va ma’muriyat o‘rtasida ochiq muloqot shaklida talabaga yo‘naltirilgan yondashuv asosida ta’lim standartlarini inobatga olgan holda rejalashtiriladi. Ushbu jarayonda ish beruvchilar va talabalarning talab va istaklari muhokama qilinadi. Barcha manfaatdor tomonlar ta’lim dasturining yaratilishi va o‘zlashtirilishi bo‘yicha o‘tkaziladigan muhokamaga jalb etilishi mumkin. Bunday bahslarda talabalar vakillari ovoz berish huquqi orqali ishtirok etishlari mumkin.
O‘quv jarayonini rejalashtirish quyidagi bosqichlardan iborat bo‘ladi:
namunaviy o‘quv rejasi va fanlar katalogini ilg‘or xorijiy ta’lim tajribasi asosida respublika iqtisodiyoti tarmoqlarida amalga oshirilayotgan islohotlar, kadrlar iste’molchilari talablari va milliy qadriyatlarni e’tiborga olgan holda ishlab chiqish hamda qo‘shimcha ravishda tanlov fanlar katalogini shakllantirish, mahalliy va xorijiy yangi avlod adabiyotlariga tayangan holda fanlar katalogi bo‘yicha namunaviy fan dasturlarini ishlab chiqish;
fanlarning ishchi dasturini (sillabusni) ishlab chiqish;
o‘quv rejasi va tanlov fanlari ro‘yxatiga mos ravishda guruh murabbiyi yordamida o‘quv-metodik bo‘lim (boshqarma) va fakultet dekani nazorati ostida har bir talabaning shaxsiy ta’lim trayektoriyasini shakllantirish;
ishchi o‘quv rejalarini tuzish;
o‘quv jarayoni jadvalini tuzish;
akademik guruhlar bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlari jadvalini tuzish.

Kredit-modul tizimida 1 kredit o‘rtacha 25 — 30 akademik soatlik o‘quv yuklamasiga teng. Ya’ni talaba muayyan fandan tegishli kreditlarni to‘plashi uchun ma’lum miqdordagi o‘quv yuklamasini o‘zlashtirishi zarur. O‘quv yuklamasi bakalavriatda — 40 — 50% auditoriya soati, 50 — 60% mustaqil ish soatiga, magistraturada — 30% — 40% auditoriya soati, 60-70% mustaqil ish soatiga (malakaviy amaliyot va bitiruv malakaviy ishlari bundan mustasno) bo‘linadi. Kreditning soatlardagi miqdori va o‘quv yuklamasi miqdori oliy ta’lim muassasasi kengashi tomonidan belgilanadi va oliy ta’lim muassasasi veb-sahifasida shaffof tarzda joylashtiriladi.


Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklarida talaba odatda bir semestrda 30 kredit, bir o‘quv yilida 60 kredit to‘plashi belgilanadi. Semestr davomida talaba tomonidan o‘zlashtirilishi lozim bo‘lgan kreditlar hajmi o‘quv rejasida ko‘rsatilgan majburiy va tanlov fanlarini o‘z ichiga oladi. Talaba o‘zining shaxsiy ta’lim trayektoriyasini shakllantirishda har bir semestr uchun 30 kredit hajmidagi fanlarni o‘zlashtirishni nazarda tutishi, ular tarkibida namunaviy o‘quv rejasidagi majburiy fanlar bo‘lishi shart.
Talaba bakalavriatda o‘qish muddati kamida 3 yil bo‘lganda 180 kredit, o‘qish muddati kamida 4 yil bo‘lganda 240 kredit to‘plashi zarur. Magistraturada o‘qish muddati kamida 1 yil bo‘lganda 60 kredit, o‘qish muddati kamida 2 yil bo‘lganda 120 kredit to‘plashi talab etiladi.
Ta’lim sifatini oshirish va professor-o‘qituvchilar o‘rtasida raqobatni shakllantirish maqsadida oliy ta’lim muassasasi kengashi qaroriga asosan talabalarga fan doirasida professor-o‘qituvchilarni tanlash imkoniyati beriladi. Bunda talabalar ta’limni boshqarish axborot tizimi portali orqali o‘quv semestri boshida 1 hafta muddat davomida o‘zi tanlagan professor-o‘qituvchining mashg‘ulotida qatnashish uchun onlayn tarzda ro‘yxatdan o‘tadi.
Talaba tomonidan oliy ta’lim muassasasi ta’lim dasturi bo‘yicha to‘plangan kreditlar miqdori boshqa oliy ta’lim muassasasida belgilangan ta’lim olish natijalariga muvofiq o‘zlashtiriladigan kreditlar miqdoriga teng hisoblanadi.
Talaba jo‘natuvchi oliy ta’lim muassasasi tavsiyasiga asosan qabul qiluvchi oliy ta’lim muassasasiga akademik mobillikni amalga oshirish uchun zarur hujjatlarni topshiradi. Jo‘natuvchi oliy ta’lim muassasasi tomonidan talabaga belgilangan shakldagi transkript taqdim etiladi.
Ta’lim to‘g‘risidagi kelishuvga muvofiq akademik mobillik davrida talabaning bilim darajasini aniqlovchi ko‘rsatkichlar oliy ta’lim muassasalarining baholash tizimini boshqa baholash tizimlariga konvertatsiya qilish jadvali asosida qabul qilinadi.


Yüklə 91,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə