Toshkent pediatriya tibbiyot instituti


Impuls o‘tkazuvchi hujayralar



Yüklə 2,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə114/182
tarix14.04.2022
ölçüsü2,97 Mb.
#85436
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   182
umumiy va xususiy sitologiya

 
Impuls o‘tkazuvchi hujayralar.  
Bunday xujayralarga yurakdagi qo‘zg‘alishni o‘tkazuvchi  mushak 
to‘qimasi  (Purkine  tolalari  yoki  atipik  kardiomotsitlar)  kirib  -  ular 
qisqaruvchi kardiomiotsitlardan yirikroq (uzunligi 100 mkm. kengligi 55 
mkm)  bo‘lib,  qo‘zg‘alishni  Peysmeyker  xujayralaridan  qisqaruvchi 
mushak tolalariga o‘tkazadi.  
Peysmeyker  (ritm  boshqaruvchi)  xujayralari  atipik  mushakning 
alohida turi bo‘lib u vegetativ asab tizimining tolalari bilan innervatsiya 
qilinadi.  Gistologik  preparatlarda-  atipik  kardiomiotsitlar  kuchsiz 
bo‘yaladi.  Chunki  bu  xujayralarda  mioglobin  va  miofibrillalar  kamroq, 


 
107 
sarkoplazma  esa  ko‘proqdir.  Miofibrillalar  doimo  bir-biriga  parallel 
yotmaydi,  natijada  bu  xujayralarda  ko‘ndalang  -  targ‘illik  kuchsizroq 
rivojlangan. 
Kardiomiotsitlarda 
mitoxondriyalar 
(sarkosomalar), 
ribosomalar  ancha  kam:  T  -  tizim  esa  juda  kuchsiz  rivojlangan. 
Sarkosomalarning  kam  bo‘lishi  moddalarni  parchalanishini  sust 
kechishini  ko‘rsatuvchi  dalildir.  Bu  xujayralar  yurak  avtomatiyasini 
bo‘lishini gaminlaydi.  
Yurak  avtomatiyasi  deb  yurakning  ma’lum  vaqt  davomida  asab 
tizimidan ajralgan holda ham ishlay olish xossasiga aytiladi. Yurakning 
o‘ng  bo‘lmachasining  venalar  quyiladigan  joyidagi  muskullar  orasida 
Keys  —  Flyak  asab  tugunchasi  bo‘lib,  undagi  qo‘zgalish  o‘ng  va  chap 
bo‘lmacha  muskullari  tolalariga  tarqalib  ularni  qo‘zg‘atadi  va 
qisqargiradi.  
Yurakning o‘ng bo‘lmacha va o‘ng qorinchasi o‘rtasida Ashoff - Tovar 
asab  tuguni  joylashgan.  Uning  qo‘zgalishi  Giss  asab  tolasi  va  Purkine 
tolalari  orqali  o‘ng  va  chap  qorincha  muskullariga  tarqalib  ularni 
qisqartiradi. 
 

Yüklə 2,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə