101
2.
Neyrofilamentlar va neyrotubulalar sitoplazma skeletini tashkil
etadi. Ularga neyrofibrillarlar sifatida maxsus organellalar deb ham
qaraladi.
3.
Golji apparati yaxshi taraqqiy etgan, mitoxondriya, lizosomalar
ham yetarli. Qari odamlarda lipofutsin pigmenti to‘planadi.
4.
Akson boshlangan joyda akson tepaligi bo‘lib, u yerda organellalar
bo‘lmaydi va och bo‘yaladi. Neyronlarda moddalarni o‘siqlardan tanaga
siljishi - retrograd, tanadan o‘siqlarga siljishi antiretrograd oqimi
deyiladi.
Nerv hujayralarining o‘simtalari, ya'ni neyrit va dendritlar nerv
tolalarini hosil qiladi. Nerv tolalari ikki xil bo‘ladi: Mielinli va mielinsiz
nerv tolalari
32-rasm. Yorug‘lik va TEM
ostida nerv tolalari.
A1-V-mielinli tola
B1-G-mielinsiz tola
1. O‘q
silindr
2. Mielin
parda
3. Biriktiruvchi to‘qima
4. Gliotsit
yadrosi
5. Ranve bo‘g‘imi
6. Mayda naychalar
7. Neyrofilamentlar
8. Mitoxondriy
9. Bazal memrana
Neyrotsitlarning nerv tolasidagi neyrolemma bilan qoplangan
o‘simtasi o‘q silindr deb aytiladi, qobiqni hosil qiluvchi glial elementlar
esa gliotsitlar (neyrolemmatsit) deb yuritiladi. Gliotsitlar chegarasida
Ranve bo‘g‘imi – bo‘g‘im tuguni bo‘ladi.
Mielinli nerv tolalari o‘q silindr va uning aksolemmasi-mielinli
parda, Shvann qobig‘i, tashqi tomondan bazal membrana va
biriktiruvchi to‘qimadan iborat.
Mielinli nerv tolasi mielinsizga nisbatan nerv impulsini bir necha
baravar tez o‘tkazadi. Mielinsiz tolalarda impuls tezligi 1-2 m/sek
bo‘lsa, mielinli tolalarda impuls tezligi 5-120 m/s bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: