Toshkent pediatriya tibbiyot instituti


-rasm.  Endotsitoz  jarayoni rasmda ko‘rsatilgan



Yüklə 2,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə79/182
tarix14.04.2022
ölçüsü2,97 Mb.
#85436
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   182
umumiy va xususiy sitologiya

 
25-rasm.  Endotsitoz  jarayoni rasmda ko‘rsatilgan 
 
Endotsitoz – moddalarning xujayra ichiga ichiga o‘tishi pinotsitoz, 
fagotsitoz,  retseptor  orqali  bo‘ladigan  endotsitoz  usullarida  bo‘ladi. 
So‘ruvchi  hujayralarda  asosan  endotsitozning  pinotsitoz  va  retseptorlar 
orqali bo‘linadigan endotsitoz shakli kuzatiladi. (25- rasm)  
Retseptorlar  yordamida    so‘rilish  bo‘lganida,  retseptor  modda  bilan 
xujayra ichiga kiradi va so‘rilgan moddani xujayra ichida qoldirib, yana 
sitolemmaga  qaytib  keladi  va  yana  so‘rilishda  ishtirok  etadi. 
Adabiyotlarda  bir  retseptorning  o‘n  martadan  ko‘p  so‘rilishda  ishtirok 
etgani ma'lum.  
Bunday  xujayralar  asosan  -  ichak  so‘rg‘ichlarida,  nefronni 
proksimal,  distal  qismlarida  joylashib,  ularga  "jiyakli"  prizmatik 
hujayralar,  qadahsimon  va  endokrin  xujayralari  kiradi.  Ular  tuzilishiga 
ko‘ra  quyidagicha  tuzilishga  ega  bo‘ladi,  ya'ni:  jiyakli  yoki  hoshiyali 
prizmatik  xujayralarga  enterotsitlar  ham  deyiladi,  ular  baland, 
silindrsimon  shaklga  ega  bo‘lib,  yadrosi  cho‘zinchoq  va  hujayralarni 
pastki  1/3  qismida  joylashadi.  Bu  xujayralarning  apikal  qismida  jiyak 
ya'ni  hoshiya  ko‘rinadi.  Elektron  mikroskopda  bu  jiyaklar 


 
69 
mikrovorsinkalardan  tashkil  topganligini  ko‘rishimiz  mumkin.  Har  bir 
hujayrada  2-3  ming  mikrovorsinka  bo‘lib  ularni  uzunligi  1,5  mkm,  eni 
0,1  mikrometrga  teng.  Mikrovorsinkalarning  xususiyatlari  so‘rilish 
yuzasini  30-40  marta  oshiradi.  Mikrovorsinkalar  devori  3  qavatdan 
tuzilgan  plazmatik  membrana  bilan  qoplapib,  uning  matriksi 
sitoplazmaga  nisbatan  zich  bo‘lib  mikronaychalar  va  fibrillalar  tutadi. 
(26-rasm) 
Mikrovorsinkalar 
turli 
fermentlar, 
ya'ni 
fosfotaza, 
aminopeptidaza,  laktaza,  saxaraza  va  boshqalarni  tutadi.  Buni  evaziga 
ularni  so‘rish  yuzasini  kattalashtiribgina  qolmasdan  balki  so‘riladigan 
moddalarni parchalashda ham faol qatnashadi.  

Yüklə 2,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə