Toshkent pediatriya tibbiyot instituti



Yüklə 2,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə81/182
tarix14.04.2022
ölçüsü2,97 Mb.
#85436
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   182
umumiy va xususiy sitologiya

Sekretor xujayralar. 
Bu hujayralarni turli xususiyatlariga ko‘ra turli xillarga bo‘linadi.  
1.  Sekretsiya  qilish  va  joylashishiga  ko‘ra  quyidagi  xillarga  bo‘linadi, 
ya'ni:  
•  Ekzokrinotsit (29-rasm. Qadahsimon xujayra.)  
•  Endokrinotsit 
•  Diffuz tarqalgan hujayrarlar.  
 


 
71 
 
29-rasm. Qadahsimon xujayra 
 
Ekzokrinotsitlar  har  doim  epiteliy  to‘qima  hosilasi  bo‘lib,  doim 
bazal  membranada  joylashadi.  Endokrinotsitlar  endokrin  bezlarning 
stromasini  tashkil  etsa,  diffuz  joylashgan  sekretor  xujayralarga  Leydig 
hujayralarini kiritish mumkin.  
2.  Morfologik  tuzilishiga  ko‘ra  quyidagi  xususiyatlarga  ega  bo‘ladi, 
yani:  
•  Bazal membranada joylashadi.  
•  Bazal va apikal qutublarining tafovut etilishi.  
•  Sitoplazmada gomogen va zimogen zonalarni tafovut etilishi.  
•  Yadrosi xujayrani pastki 1/3 qutbida joylashishi.  
•  Endoplazmatik  to‘r,  Golji  kompleksi  va  mitoxondriyasi  yaxshi 
rivojlangan bo‘ladi.   
3. Sekret moddasiga ko‘ra quyidagilarga bo‘linadi ya'ni:  
•  Shilliq ishlab chiqaruvchi- mukotsitlar 
•  Oqsil ishlab chiqaruvchi -serotsitlar 
•  N ionlarni ishlab chiqaruvchi hujayralar 
4.  Sekretor  jarayonlarini  kechishiga  ko‘ra  quyidagi  bosqichlarga 
bo‘linadi, ya'ni:  


 
72 
•  Sekret   uchun   zarur   moddalarni hujayraga kirishi 
•  Endoplazmatik   to‘rda   sekretni sintezlanishi.  
•  Golji kompleksiga to‘planishi va yetilishi.  
•  Sekret donalarini zimogen zonaga to‘planishi.  
•  Sekretni xujayradan chiqarilishi.  
•  Hujayrani qayta tiklanishi. (27-rasm)  
Bu  bosqichlar  konveer  holida  uzluksiz  kechib  1,5-2  soat  ichida 
qaytarilib turadi.   
5. Sekret moddani xujayradan chiqarilishiga ko‘ra bo‘linadi:  
  Galokrin-
  bunda  sekretni  chaqarish  jarayoni  hujayrani  batamom 
parchalanib  ketishi  bilan  boradi.  Bunday  holatni  yog‘  bezlarida 
kuzatiladi.  Bunda  nobud  bo‘lgan  hujayra  o‘rnini  periferik  qismida 
joylashgan kam differensiallashgan hujayralar hisobiga to‘ldirib turiladi. 
Masalan: yog‘ bezlari. 

Yüklə 2,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə