Toshkent shahar Yunusobod tumanidagi dagi 354-sonli umumta’lim maktabining boshlang’ich sinf o’qituvchisi Fozilova Komola Qodir qizining 3-sinflar uchun tabiiy



Yüklə 4,06 Mb.
səhifə3/5
tarix16.12.2023
ölçüsü4,06 Mb.
#149605
1   2   3   4   5
Tabiiy fandan ochiq dars dars ishlanma 3-sinf (1)

I.Tashkiliy qism. Salomlashish.
-Assalomu alaykum.
Salom mening aziz o’quvchilarim,
Ko’zlari munchoqdek boquvchilarim.
Hamma sog’mi-omonmi,
Darsga hamma tayyormi?
-Bizlar sog’miz-omonmiz,
Darsingizga tayyormiz.
-Bugun kimlar navbatchi,
Darsda menga ko’makchi?
-Bugun bizlar navbatchi,
Darsingizga ko’makchi.
-Juda yaxshi. Hozir darsimiz TABIIY FAN.
Bizning shior:
Tabiatjon, sen onamiz,
Atrofingda parvonamiz.
Tabiatni o’g’il-qizlar,
Asragaymiz doim bizlar.
-Bugungi sanani navbatchilar aytsinchi?
-O’lkamizda qaysi fasl hukm surmoqda?
-Bahor oylarini sanab bering.
-Bahor faslida qanday bayramlarni nishonlaymiz?
-Bahor faslida tabiatda qanday o’zgarishlar bo’ladi?
-Ofarin, bolajonlar.Biz sizlar bilan darsimizni boshlashdan oldin guruhlarga bo’lib olamiz. “Oy”, “Yer” va “Quyosh” guruhlari.Har bir guruh o’zlariga ta’rif berishadi.
O Y GURUHI
Tunda osmon yoritgan
Men Yer yo’ldoshi- Oyman.
Uch xilda mening shaklim,
T o’lin, yarim, hilolman.
YER GURUHI
Quyoshdan uzoqlikda
Uchinchida turaman.
Faqat menda hayot bor,
S hundan yashnab turaman.
QUYOSH GURUHI
Quyosh sistemasida
Men markazda turaman.
Sakkizta sayyorani
O’zim tortib turaman.
-Juda yaxshi, bolajonlar. Bugun biz sizlar bilan “Samoga sayohat” qilamiz.Sayohat qilish uchun har bir topshiriqni bajarganingizdan so’ng, sizlarning raketalaringiz samoga parvoz qiladi.Sardorlar esa ballarni hisoblab borishadi.
II.Uyga vazifani so’rash.
-Aziz bolajonlar, tabiiy fandan o’tgan darsimizda “Oy va Yer “mavzusini o’tgan edik. Sizlarning mavzuni qay darajada tushunganliklaringizni tekshirish uchun “Mozaika” metodidan foydalanamiz.Buning uchun sizlar har bir bo’lakda berilgan savollarga javob berib , raqamlar asosida shaklni hosil qilishingiz kerak bo’ladi.

1.Oy Yer atrofini qancha vaqtda aylanib chiqadi.


2.Oy necha xil shaklda bo’ladi?
3.Yer Quyosh atrofini qancha vaqtda aylanib chiqadi?
4.1 yil necha kundan iborat?
1.Kraterlar nima?
2.Yer sayyorasida “ko’rpa” vazifasini nima bajaradi?
3.Nechanchi yilda Oyga birinchi inson qadam qo’ygan?
4.Oydagi haroratni ayting.
-Ofarin ,bolajonlar. O’tilgan mavzumizni juda yaxshi tushunibsiz.Demak, berilgan shaklni hosil qilishingiz natijasida har bir guruhning raketasi bir qadam parvoz qilishdi.

Yüklə 4,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə