Toshkent shahar Yunusobod tumanidagi dagi 354-sonli umumta’lim maktabining boshlang’ich sinf o’qituvchisi Fozilova Komola Qodir qizining 3-sinflar uchun tabiiy



Yüklə 4,06 Mb.
səhifə5/5
tarix16.12.2023
ölçüsü4,06 Mb.
#149605
1   2   3   4   5
Tabiiy fandan ochiq dars dars ishlanma 3-sinf (1)

IV.Yangi mavzuni mustahkamlash.
-Aziz bolajonlar. Ana endi, sizlarning matematik savodxonligingizni aniqlab olamiz. Buning uchun “Kim zukko?” metodi orqali she’riy topishmoqlarga javob berishingiz kerak bo’ladi.
Har bir guruhga bittadan topshiriq beriladi.Marhamat, diqqat bilan tinglang.
“OY” guruhiga savol:
Sayyoralar Quyoshning
Atrofida aylanar.
365 kunda
Yer bir marta aylanar.
Quyoshning atrofida
Aylandi 4 marta Yer.
Hisoblagin, necha kun
Sarf bo’ladi, ey Daler?
“QUYOSH” guruhiga savol:
Sayyoralar kichigi
Merkuriydir, bolalar.
88 kunda u
Quyoshni bir aylanar.
6 marta aylandi
Quyoshbobo atrofin.
Hisoblagin, ey o’rtoq,
Qancha kundir hisobin?
“YER” guruhiga savol:
Bir yilda bor to’rt fasl,
Qish fasli to’qson kundir.
Yarmisi qor-yomg’irli,
Yarmi oftobli kundir.
Qordir qishning ziynati
Gohida yomg’ir yog’ar.
Toping, qani bolalar
Necha kun yog’in yog’ar?
She’riy topishmoqlarni to’g’ri topgan guruhlarga ball beriladi va ularning raketalari samoga parvoz qilib ,manzilga yetib borishadi.
V.Dars yakunini chiqarish.
Ballar hisoblanib ,g’olib bo’lgan guruh rag’batlantiriladi. Har bir guruhning raketasi bosib o’tgan yo’li tahlil qilinadi.Dars davomida faol ishtirok etgan o’quvchilar baholanadi.
VI.Uyga vazifa berish.
Uyga vazifa “Quyosh sistemasi” mavzusini o’qib-o’rganib kelish topshiriladi.Mustaqil ish sifatida “Quyosh sistemasi” maketini yasab kelish topshirig’i beriladi.

Yüklə 4,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə