Toshkent sharidagi yeoju texnika instituti “moliya” kafedrasi “moliya bozori” fani


TAVSIYA ETILADIGAN ADABIYOTLAR RO‘YHATI



Yüklə 1,59 Mb.
səhifə2/5
tarix28.11.2023
ölçüsü1,59 Mb.
#136487
1   2   3   4   5
2-mavzu

TAVSIYA ETILADIGAN ADABIYOTLAR RO‘YHATI
Asosiy adabiyotlar:
  • S.Elmirzayev, Moliya bozori. Darslik – T.: “IQTISOD-MOLIYA”, 2019. - 324 b.
  • Frederic S. Mishkin., Stanley G. Eakins Textbook. Financial Markets and Institutions, 9 th Edition, ISBN 978-0-13-451926-5. Pearson Education © 2018. – 688 p.
  • Ширшов, Петрик: Финансовый рынок. Учебное пособие. ISBN: 978-5-392-21141-8.

Qo‘shimcha adabiyotlar
  • Alimardonov E. va boshq. Global moliyaviy-iqtisodiy inqiroz sharoitida moliya bozori barqarorligini taʼminlash: nazariy-konseptual va amaliy jihatlar. Monografiya. – T.: “Akademnashr”, 2012. – B. 132.
  • K. Dowd. An Introduction to Market Risk Measurement. J. Wiley Hoboken, NJ, 2002.

Mavzu doirasida o‘rganiladigan savollar:
  • Moliya bozori instrumentlari tasnifi va tavsifi
  • Pul bozorining iqtisodiy mohiyati va xususiyatlari
  • Pul bozori tuzilishi
  • Pul bozori ishtirokchilari va instrumentlari

XXI ARSNING ENG QUDRATLI KUCHI – MOLIYAVIY KUCHDIR!
A.A.B.
Moliya bozori instrumentlari tasnifi va tavsifi
Moliya bozori instrumentlari mazmun-mohiyati ularning bozori bilan hamohang birlikda ko’rib chiqilishi lozim bo’lgan instrumentariy (terminologiya) va metodologiya bilan aniqlanadi.
Instrumentariy – bu moliyaviy instrumentlarning mazmunini to’liq ifodalovchi maxsus tizimlashtirilgan terminologiya bo’lib, bazaviy (tayanch) bo’lgan kontseptual (nazariy) tushunchalar majmuasi sifatida namoyon bo’ladi.
Moliyaviy instrument monetizatsiyalashgan real bazisga ekvivalent (“egiz-analog”) qiymatga va xossalarga ega bo’lgan, maxsus iqtisodiy-huquqiy mexanizm bilan ta’minlangan, moliya bozoridagi munosabatlarni belgilovchi, shakllantiruvchi va rivojlantiruvchi, moliyaviy resurslarni samarali taqsimlanishi va qayta taqsimlanishini ta’minlovchi, muayyan hollarda ma’lum shakllarda daromad keltiruvchi vosita sifatida har xil turlarda, shakl va mazmunlarda namoyon bo’ladigan ham investitsion kapital (aktiv, jamg’arma), ham to’lov vositasi, ham alohida moliyaviy tovardir.
Moliyaviy instrumentlar yordamidagi resurslar harakati quyidagi omillarga bog’liq:
- moliyaviy instrumentlarning daromadlilik va risk darajasi;
- moliyaviy instrumentlarni soliqqa tortish shart-sharoitlari;
- moliyaviy instrumentlarning real bazis bilan ta’minlanganligi va shu asosda iqtisodiyot va moliya bozorini ekvivalentligi;
- jamiyatning mentaliteti va tanlab olgan rivojlanish modeli;
- makro- va mikroiqtisodiy barqarorlik;
- tashqi kuchlar va hodisalarning moliyaviy instrumentlar bozoriga ta’siri va boshqalar.

Yüklə 1,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə