Toshkent tibbiyot akadeiyasi


Ishtimoiy-iqtisodiy samaradorlik va uni xisoblash usuli



Yüklə 367,93 Kb.
səhifə6/7
tarix20.10.2023
ölçüsü367,93 Kb.
#128589
1   2   3   4   5   6   7
услубий тавсиянома Авезмуратова Г — копия

Ishtimoiy-iqtisodiy samaradorlik va uni xisoblash usuli
Ko‘krak bezi saratonida morfologik va immunogistokimyoviy ko‘rsatkichlariga qarab farmakogenetik davolash choralari to‘grisida biror bir adabiyotlarda to‘liq ma’lumot keltirilmagan. Afsuski, mavjud bo‘lgan jahon standartlari, alohida bemordagi o‘smaning farmakogenetik molekulyar-genetik xususiyatlarini hisobga olmasdan, kimyoviy terapiya preparatlarini tayinlashni nazarda tutadi. Shu bilan birga, so‘nggi paytlarda o‘tkazilgan ko‘plab tadqiqotlar genomik ma’lumotlardan saraton va boshqa murakkab kasalliklar uchun klinik prognostik omillar sifatida foydalanish istiqbolini namoyish etdi. Hozirgi vaqtda farmakogenomika va farmakogenetikani personallashtirilgan tibbiyot asoslari sifatida ishlatish mumkinligi to‘g‘risida ko‘plab dalillar va hatto ba’zi kasalliklarni davolash usullari ham mavjud. Farmakogenetikadan olingan bilimlar mavjud muolajalar va kasalliklarning aniq turlarini davolash uchun yangi dori vositalarini yaratishda ishlatilmoqda. Farmakogenetika tushunchalarining kiritilishi bilan tibbiyot amaliyotida ro‘y bergan muhim o‘zgarishlar shundan iboratki, shifokorlar bemorlarni farmakoterapiyani tanlash va muayyan genotip asosida davolash rejimlarini individual tanlashda o‘z aksini topadi. Ushbu yondashuvni qo‘llash bemorga quyidagicha ifodalanadigan aniq foyda keltiradi: samarali va o‘ziga xos terapevtik ta’sir; nojo‘ya ta’sirlar xavfini kamaytirish; samarasiz dori-darmonlarni qo‘llash natijasida yuzaga keladigan xatolar tufayli vaqtni yo‘qotmaslik; davolanishning arzonligi va xokazo.
Shunday qilib, shaxsiylashtirilgan tibbiyotning maqsadi - ma’lum bir bemor uchun to‘g‘ri dori-darmonlarni topish va ba’zi hollarda, hatto uning genotipiga muvofiq bemorni davolash rejimini ishlab chiqish (Jain et al., 2002). Bu ma’lum bir kasallikni davolash uchun yaratilgan an’anaviy dori-darmonlar bemorlarning 30-60% uchun samarasizligi va yuqori darajadagi nojo‘ya ta’sirlari bilan bog‘liq. Keng ma’noda shaxsiylashtirilgan tibbiyot - bu shaxsiylashtirilgan genomikaga asoslangan davolash usullarini ishlab chiqish, kasalliklarga moyillikni tekshirish, profilaktika, diagnostika va davolashni integrasiyalash va muolaja monitoringini o‘z ichiga olgan integral tibbiyotdir.
Shaxsiylashtirilgan tibbiyotni rivojlantirishdagi asosiy to‘siq, zarur tadqiqotlarning hali ham qimmatligi bilan bir qatorda, mutaxassislarning yetarli malakaga ega emasligi, u taqdim etayotgan yangi qimmatli diagnostika va terapevtik imkoniyatlar bilan amaliyotchilarning ulardan foydalana olishlari o‘rtasidagi katta farq mavjudligidadir Sanab o‘tilgan omillar ushbu istiqbolli yo‘nalishni ijtimoiy ahamiyatga ega kasalliklar, jumladan KBS bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar shaklida rivojlantirish zarurligini ko‘rsatadi.
Bunday kashfiyotlarni amaliy tatbiq etish imkoniyati bemorlarni yanada samarali davolashga, shuningdek, yuqori xavf guruhiga mansub bemorlar orasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan jiddiy oqibatlarning oldini olishga yoki oldindan bilishga imkon beradi, natijada KBS bilan kasallanish va o‘lim holatlarini, shuningdek, davolash xarajatlarini kamaytiradi.
Ko‘krak bezi saratonida 5-ftoruracil bilan ximioterapiya oladigan bemorlrni tekshiruv Algoritmi

Ko‘krak bezida hosila bilan murojat qilgan bemorlar





Mammografiya, UTT (Ko‘krak bezida )






Ko‘krak bezi saratoniga gumon




UTT (qorin bo‘shlig‘I a’zolari, kichik chanoq a’zolari)

Biopsiya

MRT(Bosh miya )

MSKT(ko‘krak qafasi, qorin bo‘shlig‘I a’zolari)








N1-2-3

T 3-4

M 1 (os, pul,hep)





Gistologik va Immunogistoximik tekshiruv




G 1, G 2, G 3 differencirofkasi

G 1,







DPYD ( DPYD_14) geni tekshiruvi


XULOSA
1. 5-Ftorurasil bilan kimyoterapiya o‘tkizilgan O‘zbek populyatsiyasi bemorlarida G alleli 92,4% holatda, A alleli 7,7% ni tashkilgan bo‘lsa, toksiklik belgilari yuzaga chiqqan bemorlarda bu holat 85% va 15% ni tashkil edi (χ2= 3,51; p=0,061), genotiplar o‘rganilganda GG 84,8% bemorda va GA 15,2% holatda kuzutilgan bo‘lsa bu ko‘rsatgich toksiklik belgilari yuzaga chiqqan bemorlarda 70% va 30% ni tashkil qildi (χ2= 4.01; p=0,045). Ya’ni sut bezi saratoni bilan bemorlarda DPYD genining polimorfizmi ishonchli ravishda toksiklikka ta’sir ko‘rsatdi.
2. O‘zbek populyatsiyasida sut bezi saratoni bilan bemorlarda kimyoterapiyaga sezgilik kuchli aniqlandi (54 (81,8%), allelar bo‘yicha bu ko‘rsatgichlar o‘rganilganda GG 48 (72,7%) ta va GA 6 (9,1%) ta bemorda aniqlandi. Toksiklik belgilari yuzaga chiqqan bemorlarda kimyoterapiyaga sezgirlik bo‘yicha (umumiy -25 (41,7%)) GG 17 (28,3%) ta va GA 8 (13,3%) ta ni tashkil qildi (χ2= 5.11;p= 0.024), ya’ni DPYD genining polimorfizmi sut bezi saratoni bilan bemorlarda kimyoterapiyaga ishonchli ravishda tashkil etadi.
3. Rezistentlik bo‘yicha bu ko‘rsatgich sut bezi saratoni bilan umumiy - 12 (18,2%)), GG 8 (12,1%) va GA – 4 (6,1%) tashkil etgan bo‘lsa toksiklik belgilari yuzaga chiqqan bemorlarda umumiy - 35 (58,3%)), GG – 25 (41,7%) va GA 10 (16,7%) ni tashkil qildi (χ2= 0.097;p= 0.76), ya’ni garchi DPYD genining polimorfizmi toksiklik keltirib chiqishga ishonchli ravishda tasir ko‘rsatsa ham, 5-Ftorurasil kimyopreparatiga rezistentlikka olib kelmaydi.
4. O‘zbek populyatsiyasida sut bezi saratoni bilan bemorlarda DPYD genining polimorfizmini o‘rganish asosida 5-ftoruratsil bilan shaxsiylashtirilgan va standart kimyoterapiya qilish umumiy yashovchanlikni 5 yilllikda 40,3% gacha oshirgan bo‘lsa, o‘lim ko‘rsatgichini 38,3%dan 16,7% gacha pasaytirdi (χ2= 7.49, p= 0.0062).

Yüklə 367,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə