Toshkent tibbiyot akadeiyasi


Klinik materiallarning umumiy xarakteristikasi



Yüklə 367,93 Kb.
səhifə4/7
tarix20.10.2023
ölçüsü367,93 Kb.
#128589
1   2   3   4   5   6   7
услубий тавсиянома Авезмуратова Г — копия

Klinik materiallarning umumiy xarakteristikasi.
Ilmiy tadqiqotda RIOaRIATM shifoxonasida davolangan 126 sut bezi saratoni bilan og‘rigan bemorlarning 2010 yildan 2017 yilgacha bo‘lgan kasallik tarixi retrospektiv tahlil qilindi. Sut bezi saratoni bilan bemorlarni 5-ftoruratsil bilan kimyoterapiya davolash jarayonida toksik belgilarning yuzaga chiqishi (nazorat guruh, n=60) va chiqmasligiga (asosiy guruh, n=66) qarab bemorlar guruhlarga bo‘lindi (rasm 1). Tadqiqot retrospektiv va istiqbolli ma’lumotlarni aks ettiradi.

Rasm 1. Solishtiruv guruhlar buyicha bemorlar taqsimoti
Tadqiqot manbalari sifatida: bemorning yoshi, o‘smaning tarqalish darajasi, kasallik bosqichi, gistologik va farmakogenetik tadqiqotlar, tizimli davolash turi, klinik va instrumental ma’lumotlarni saqlagan ambulatoriya yozuvlari, kasallik tarixi, operatsiyalar protokollari, klinik hisobotlar xizmat qilgan. Shuningdek, quyidagi ma’lumotlar ham o‘rganilgan: instrumental tadqiqotlar, jarrohlik davolash hajmi, yo‘ldosh kasalliklar, bemorning holati (remissiya, rivojlanish, qayt qilish, metastaz, bemorning o‘limi).
Umumiy yashovchanlik va residivsiz yashovchanlik to‘g‘risidagi ma’lumotlar Saratonni ro‘yxatga olish ma’lumotlari bazasidan, bemorlarni dinamik tekshirish va monitoringidan (olingan davo, nazorat tekshiruvlar, umumiy tekshiruvlar, metastazlar sanasi, asoratlar va keyingi davolanish to‘g‘risida) olingan.
Bemorlar quyidagicha taqsimlandi: 26 yoshdan 73 yoshgacha asosiy guruhda 66ta bemor, nazorat guruhida 24 yoshdan 72 yoshgacha bo‘lgan 60 bemor, asosiy guruhdagi bemorlarning o‘rtacha yoshi 50,5 ± 1,45 yosh, nazorat guruhiniki esa 48,7 ± 1,67 yoshni tashkil etdi (t=0.81, df=120 p=0.42)
Kimyoterapiya davomida taqqoslov guruhlarida kimyopreparatning toksikligi quyidagicha namayon bo‘ldi (jadval 1).
Jadval 1
5-Ftoruratsilning asosiy va nazorat guruhlardagi toksikligi belgilari


Yüklə 367,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə