Toshkent tibbiyot akademiyasi biotibbiyot muhandisligi, informatika va biofizika kafedrasi



Yüklə 39,14 Kb.
səhifə4/6
tarix11.12.2023
ölçüsü39,14 Kb.
#147885
1   2   3   4   5   6
Hakimova Sevinch Mustaqil ish

Video o‘qish qurilmalari:
Film kadrlari harakatini shakllantirish – harakat taassurotini uyg‘otuvchi rasmlar, kadrlar ketma-ketligini, tasvirlarni tayyorlash va joylashtirish. Videotasvirlar oqimini o‘qish qurilmasi – videooqim formatlari avi, mpeg v.b.ni o‘z ichiga olgan o‘qish qo‘rilmasini shakllantirish, shundan keyingina ushbu oqimni boshqarish imkoniyati tug‘iladi (masalan, videofaylni ishga tushirish, pauza, video boshiga tez o‘tish kabi buyruqlarni ishlatish).
Multimedia-galereyalar:
Tasvirlarning kadrlarda almashishi – tasvirlarning belgilangan vaqt oralig‘ida almashish tartibi. Panorama – katta ochiq maydonni erkin tomosha qilishga imkon beruvchi keng va katta plandagi manzara. " Interfaol galereya – foydalanuvchiga boshqarish imkonini beradigan galereya (tasvirlar bo‘yicha harakat).
Tovush o‘qish qurilmalari:
Bitta ovozli fayl o‘qish qurilmasi – wav, mp3 va boshqa formatdagi ovozli faylni multimedia ilovaga qo‘shish va uni qaytadan eshitish.
Turli ovozli fayllarni o‘qish qurilmasi – bitta ovozli fayl o‘qish qurilmasiga o‘xshash, lekin bajarish ketma ketligini o‘zgartirish imkoniyati qo‘shilgan holda." Virtual musiqa instrumentlari – haqiqiy musiqa instrumentlari imitatsiyasi.
Web uchun ilovalar:
Bannerlar – internetdagi reklama xarakteridagi tasvir yoki matn bloki. U reklama beruvchining Veb-saytiga yoki mahsulot yoxud xizmat turi atroflicha bayon qilingan sahifalarga giper murojaatdan iborat.
Bannerlar tashrifchilarni jalb etish uchun, imidjni shakllantirish yoki shu resursni siljitish uchun turli Internet resurslarda joylashtiriladi. Ma‘lumot uzatish ilovalari (masalan, mehmonlar kitobi).

MULTIMEDIA MA‘LUMOTLARNI TAYYORLASH VA SAQLASH
Yaratuvchi gipermatn sahifalarini yaratishda ishlatiladigan dasturni tanlab olishi kerak. To‘liq funksional multimedia dasturlarini yaratishga imkon beruvchi bir qator kuchli multimedia yaratish vositalari mavjud. Macromedia Director, Macromedia Flash yoki Authoware Professional kabi paketlar yuqori darajadagi professonal va qimmat vositalar hisoblanadi, shu bilan birga FrontPage, mPower 4.0, HyperStudio 4.0 va Web Workshop Pro ularning oddiyroq va arzonroq analoglari hisoblanadi. PowerPoint va matn muharrirlari (masalan, Word) kabilardan ham chiziqli va chiziqsiz multimediali resurslar yaratishda foydalanish mumkin. Borland Delphi ham multimediali ilovalar ishlab chiqish vositasi hisoblanadi. Sanab o‘tilgan vositalar oson o‘qish va tushunish mumkin bo‘lgan to‘liq hujjatlar bilan ta’minlangan. Albatta, yana ko‘plab boshqa ishlab chiqish vositalari borki, sanalganlar o‘rniga ulardan foydalanib ham bir xil natijaga erishish mumkin. Hozirgi kunda multimedia ilovalari yaratish texnologiyalarini o‘rgatuvchi avtomatlashtirilgan tizimlar juda kam, ularni topishning iloji ham yo‘q. Ushbu mavzuda darslar, kitoblar va maqolalar to‘plamiga ega bo‘lgan Internet tarmog‘i sahifalari ham shunday tizimlarga o‘xshaydi. Bunday saytlarning asosiy qismi "Multimedia elementlari yaratish uchun flash darslari" yoki Macromedia Directorda multimedia yaratish" mavzulariga yo‘naltirilgan.
Maktabda foydalanilayotgan multimedia vositalari ta’rifiga rasmiy yondashuv shundan darak beradiki, har xil turdagi axborotlarni ta’limiy faoliyatga olib kirishi mumkin bo‘lgan har qanday vosita multimedia vositasi bo‘lishi mumkin. Biroq ko‘p hollarda multemida vositalari to‘g‘risida so‘z borganda kompyuter va uning atrofidagi jihozlar tushuniladi. Shuningdek, maktabda o‘qituvchilar va o‘quvchilar tomonidan nafaqat matnlar yoki tasvirlar uchun qo‘llaniladigan, balki audio- yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri boshqa axborotlar bilan ishlash imkonini beradigan multimedia vositalarini sanab o‘tish joizdir. Turli yillarda maktab ta’limida mutaxassislarni samarali tayyorlash maqsadini ko‘zlovchi, umumiy o‘rta ta’lim tizimida sifatli axborot ta’minotiga erishishga yo‘naltirilgan har xil vositalar kirib keldi. Bugungi kunda maktablarda quyidagilarni uchratish mumkin:
- Ovoz yozib olish va ularni tinglash uchun vositalar (elektrofonlar, magnitofonlar, CDdan o‘quvchilar);
- Telefon, telegraf va radio aloqa vositalari va tizimlari (telefon apparatlari, faksimil apparatlari, teletayplar, telefon stansiyalari, radioaloqa tizimlari);
Televidenie, radioeshitirish (tele- va radiopriyomniklar, o‘quv televidenie va radio, DVD) tizimi va vositalari, optik va proeksion kino va fotoapparaturalar (fotoapparatlar, kinokameralar, diaproektorlar, kinoproektorlar, epidiaskoplar), axborotlarni va hujjatlarni ko‘paytirish va saqlash uchun mo‘ljallangan poligrafiya, nusxa olish, ko‘paytirish va boshqa texnikalar (rotaprintlar, kserokslar, rizograflar, mikrofilmlar olish tizimi), axborotlarni qayta ishlash va saqlash, elektron ko‘rinishini taqdim etishga mo‘ljallangan kompyuter vositalari (kompyuterlar, printerlar, skanerlar, grafiklar hosil qiluvchi), aloqa kanallari orqali axborotlarni uzatishni ta’minlovchi telekommunikatsion tizimlar (modemlar, o‘tkazish tarmoqlari, sputnik, optik to‘lqinlar, radioreleylar va axborotlarni uzatishga mo‘ljallangan boshqa turdagi aloqa kanallari). Texnik vositalarning ta’lim tizimiga kirib kelishi ta’limiy faoliyatda axborotlarni ovozli, matnli, foto va video tasvirlar tarzida taqdim etish imkonini yaratdi. Bunday vositalarga ko‘p hollarda murakkab texnik va texnologik jihatlari tufayli multimedia vositalari sifatida qaraladi.
Kompyuterning ta’lim sohasiga kirib kelishi axborotlarni qayta ishlashning universal vositasi sanaladi. Uning universalligi bir tomondan har xil tipdagi axborotlarni qayta ishlash imkoniga egaligi bilan belgilansa (multimedia axborotla-rini), boshqa tomondan bir xil tipdagi axborotlar bilan bir qator operatsiyalarni bajaradi. Shu tufayli kompyuter o‘zining atrofidagi qator vositalar bilan ta’limdagi multimedia-vositalarining barcha funksiyalarini ta’minlash imkoniyatiga ega. Maktab ta’limida qo‘llanilayotgan kompyuterlar markasi, modeli, yaratilgan vaqti va qo‘llanilishi sohasidan qat’i nazar quyidagilardan iborat umumiy xususiyatga ega:
- Yagona foydalanuvchi kompyuter vositasidan ish jarayonida faqat bir kishi foydalanadi; shunday bo‘lsa-da, axborotlarni qayta ishlashda bir necha operatsiyalarni bir vaqtning o‘zida qo‘llanish imkoniyati cheklanmaydi;
- Matn, raqamli ma‘lumotlar, grafik tasvirlar, ovoz va boshqalar (multimedia axborotlar)dan iborat axborotlarni qayta ishlash, saqlash, taqdim etish va uzatish imkoni;
- Foydalanuvchi bilan yagona muloqot tilining mavjudligi;
- Multimedia qurilmalarining har xil turdagi apparatlar bilan birgalikda qo‘llanilishi shaxsiy kompyuterlarning har xil tipdagi axborotlarni qayta ishlash, saqlash, taqdim etish va uzatish imkoniyatlarini oshiradi;
- Axborotlarni qayta ishlashni maxsus kompyuter dasturlari orqali amalga oshirish kompyuterni har xil tizimli vazifalar, amaliy topshiriqlarni hal etish, inson faoliyatini axborotlashtirish uchun yo‘naltirishga mo‘ljallangan. Multimedia texnologiyasi har xil turdagi axborotlarning mazmun va uyg‘unligi ta’minlangan holda integratsiyalashuvini ta’minlaydi. Bu kompyuter yordamida har xil shakldagi axborotlarni taqdim etish imkonini beradi:
- rasmlar, chizmalar, kartalar va slaydlardan nusxa olish orqali hosil qilingan tasvirlar;
- ovoz yozish, ovoz effektlari va musiqalar;
- video, murakkab videoeffektlar;
- animatsiyalar va animatsiyali imitatsiyalar.
O‘z navbatida zamonaviy kompyuter multimedia vositalari jadal rivojlanayotgan kompyuter telekommunikatsiyalari bilan bog‘liq. Barcha kompyuter tarmoqlarida e’lon qilingan axborot resurslari amaliy jihatdan multimedia resurslari sanaladi. Aksariyat multimedia resurslari va texnologiyalar telekommunikatsion tartibda ishlashga mo‘ljallanmoqda. Maktabda multimedia resurslari va texnologiyalaridan foydalanishda telekommunikatsiya tarmoqlarini qo‘llash bir qator imkoniyatlarni yuzaga chiqarishga olib kelmoqda:
- o‘quv-uslubiy multimedia axborotlariga kirish imkonini kengaytiradi;
- o‘quvchilarda kommunikativ malakalarni, muomala madaniyatini, multimedia axborotlarini izlash uquvini shakllantiradi;
- tezkor maslahat yordamini tashkil etadi;
- mustaqil ta’lim olish uchun individual ta’lim bazasini rivojlantiradi;
- aniq vaqt birligida virtual o‘quv mashg‘ulotlari (seminarlar, ma’ruzalar) o‘tkazilishini ta’minlaydi;
- masofaviy ta’limni tashkillashtiradi;
- hamkorlikdagi tadqiqot loyihalarini tashkil etishni uyushtirish;
- ilmiy tadqiqot faoliyatini modellashtirish;
- o‘qituvchilarning tarmoqdagi o‘zaro hamjamiyatini shakllatirish;
- o‘quvchilarning tarmoqdagi uyushmasini shakllantirish.

Xulosa
Multimedia sizga og'zaki va vizual-sensorli ma'lumotlarni birlashtirishga imkon beradi, bu o'quvchilarni rag'batlantirishga, o'rganish uchun haqiqiy muhitni yaratishga yordam beradi.
Multimedia texnologiyalaridan foydalangan holda sinf darslarini tashkil etish vaqtni tejashga imkon beradi va shu bilan o'quv materialini taqdim etishni har qanday talaba uchun juda oddiy vositalardan foydalangan holda kuchaytiradi. Dars davomida talabalar o'zlari vizualizatsiya qilingan rang-barang o'quv va o'yin muhitini cheklab qo'yishlari mumkin, bu maktab o'quvchilari tomonidan "Informatika" fanini anglashda tom ma'noda inqilobiy ta'sir ko'rsatadi.
Multimediali kompyuter texnologiyalari o'qituvchiga o'rganilayotgan materialni chuqurroq va ongli ravishda o'zlashtirishga yordam beradigan turli xil vositalarni tezda birlashtirish, dars vaqtini tejash va ma'lumot bilan to'ldirish imkoniyatini beradi.
Zamonaviy informatika kursini o'qitishda multimedia texnologiyalarini joriy etish bir qator ijobiy jihatlarni va bir nechta qiyin jihatlarni ochib berdi. Shunday qilib, maxsus proektor yordamida multimedia texnologiyalaridan foydalangan holda darslarni tashkil etish o'rganilayotgan dasturiy ta'minotning imkoniyatlarini aniq namoyish etishga va vaqtni tejashga imkon beradi va shu bilan o'quv materialining taqdimotini kuchaytiradi. Shu bilan birga, multimedia materiallarini tayyorlash va darsni tashkil etish uchun qo'shimcha talablar paydo bo'ladi.


Yüklə 39,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə