Toshkent tibbiyot akademiyasi biotibbiyot muhandisligi, informatika va biofizika kafedrasi



Yüklə 39,14 Kb.
səhifə1/6
tarix11.12.2023
ölçüsü39,14 Kb.
#147885
  1   2   3   4   5   6
Hakimova Sevinch Mustaqil ish


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI SOG‘LIQNI SAQLASH VAZIRLIGI
TOSHKENT TIBBIYOT AKADEMIYASI
BIOTIBBIYOT MUHANDISLIGI, INFORMATIKA VA BIOFIZIKA KAFEDRASI

1-son Davolash fakulteti 1-kurs 119-guruh talabasi
Hakimova Sevinchning “Tibbiyotda axborot texnologiyalari” fanidan
Multimediya vositalari. Ovozli maʼlumotlar bilan ishlash qurilmalari” mavzusida bajargan
MUSTAQIL ISHI


Qabul qildi: Ulug’bek Qarshiboyevich


Toshkent – 2023
MUNDARIJA

Kirish……………………………………………………………………3


Multimedia texnologiyalaridan
foydalanish………………….……………………………….……….…….....5
Multimediali ma‘lumotlar turlari………………………………………11
Multimedia ma‘lumotlarni tayyorlash
va saqlash………………………………………………………………15
Xulosa……………………………………………………………….….19
Mavzu bo’yicha test savollari ……………………………………….....20
Glossari…………………………………………………………………22
Foydalanilgan adabiyotlar ……………………………………………..23


KIRISH
Mutimediali taqdimot – bugungi kunda axborot taqdim etishning yagona va eng zamonaviy shakli hisoblanadi. Bu matnli ma‘lumotlar, rasmlar, slayd-shou, diktor jo‘rligidagi ovoz bilan boyitilgan, videoparcha va animatsiya, uch o‘lchamli grafika tarzidagi dasturiy ta’minot bo‘lishi mumkin. Taqdimotning ma‘lumot taqdim etishning boshqa shakllaridan asosiy farqi ularning mazmunan boyitilganligi va interfaolligidir, ya’ni belgilangan shaklda o‘zgarishga moyilligi va foydalanuvchi faoliyatiga munosabatini bildirishidir. Bundan tashqari, taqdimot Sizning saytingiz kaliti ham bo‘lishi mumkin. Ya’ni Internetga chiqish imkoniyati mavjud bo‘lgan paytda sichqonchani bir martagina bosish orqali taqdimotni ko‘rib, kompaniya saytidan eng yangi ma‘lumotni olish mumkin.
Multimediali texnologiya (multi – ko‘p, media – muhit) bir vaqtning o‘zida ma‘lumot taqdim etishning bir necha usullaridan foydalanishga imkon beradi: matn, grafika, animatsiya, videotasvir va ovoz.
Multimediali texnologiyaning eng muhim xususiyati interfaolik – axborot muhiti ishlashida foydalanuvchiga ta’sir o‘tkaza olishga qodirligi hisoblanadi.
So‘nggi yillar davomida ko‘plab multimediali dasturiy mahsulotlar yaratildi va yaratilmoqda: ensiklopediyalar, o‘rgatuvchi dasturlar, kompyuter
taqdimotlari va boshqalar.
Kompyuter taqdimotlari (Kompyuter vositasida tayyorlangan taqdimotlar) Ma’ruza, doklad yoki boshqa chiqishlarda odatda ko‘rgazmali namoyish etish vositasi sifatida plakatlar, qo‘llanma, laboratoriya tajribalaridan foydalaniladi. Bu maqsadda diaproektorlar, kodoskoplar, grafik tasvirlarni ekranda namoyish etuvchi slaydlardan foydalaniladi. Kompyuter va multimediali proektorning paydo bo‘lishi ma’ruzachi nutqini ovoz, video va animatsiya jo‘rligida sifatli tashkil etishning barcha zaruriy jihatlarini o‘zida mujassam qilgan ko‘rgazmali materiallarni taqdimot sifatida tayyorlash va namoyish etishga imkon berdi.
Ma’lumki, inson ma‘lumotning ko‘p qismini ko‘rish (~80%) va eshitish (~15%) organlari orqali qabul qiladi (bu avvaldan aniqlangan va kino hamda televidenieda undan samarali foydalaniladi). Multimediali texnologiyalar ushbu muhim sezgi organlarining bir vaqtda ishlashiga yordam beradi. Dinamik vizual ketma-ketlik (slayd-shou, animatsiya, video)ni ovozli tarzda namoyish etish orqali insonlarning e’tiborini ko‘proq jalb qilamiz. Shundan kelib chiqib, ultimediali texnologiyalar axborotni maksimal samarali tarzda taqdim etishga imkon beradi.


Yüklə 39,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə