Toshkent tibbiyot akademiyasi biotibbiyot muhandisligi,informatika va biofizika



Yüklə 255,94 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/11
tarix19.12.2023
ölçüsü255,94 Kb.
#151094
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
ruxsora didline

Element qiymatini o’zgartirish
List ro’yxatidagi istalgan element qiymatini o’zgartirish mumkin. Buning uchun 
uning indeksi orqali murojaat qilib, yangi qiymatni biriktiramiz. Hozir ro’yxatdagi 
birinchi elementni o’zgartiramiz:
meva = ["olma", "banan", "apelsin", "nok", "uzum"]
meva[0]="anor"
print(meva) 
['anor', 'banan', 'apelsin', 'nok', 'uzum'] 
Elementning mavjudligini tekshirish


15 
Biror elementning ro’yxatda mavjudligini tekshirish uchun in operatoridan 
foydalaniladi. Hozir ro’yxatda nok borligini tekshiramiz: 
meva = ["olma", "banan", "apelsin", "nok", "uzum"] 
if "nok" in meva: 
print("Ha, nok bor")
else: print("Nok yo'q") 
 
Ro’yxat uzunligi
Ro’yxatda nechta element borligini aniqlash uchun len() funksiyasi ishlatiladi. 
meva = ["olma", "banan", "apelsin", "nok", "uzum"]
print(len(meva))
Element qo’shish 
append() funksiyasi bilan ro’yxat oxiridan yangi element qo’shish mumkin: 
meva = ["olma", "banan", "apelsin", "nok", "uzum"]
meva.append("anor") 
print(meva) 
['olma', 'banan', 'apelsin', 'nok', 'uzum', 'anor'] 
Agar elementni ro’yxat oxiriga emas, balki uning ma’lum bir o’rniga qo’shmoqchi 
bo’lsak insert() funksiyasini ishlatamiz. Buning uchun qo’shmoqchi bo’lgan 
o’rnimizning indeksi ham kiritiladi. Masalan hozir ro’yxatning boshiga yangi 
elemetni qo’shamiz:
meva = ["olma", "banan", "apelsin", "nok", "uzum"]


16 
meva.insert(0, "anor")
print(meva) 
['anor', 'olma', 'banan', 'apelsin', 'nok', 'uzum'] 
 Elementni o’chirish 
Ro’yxatdan elementni o’chirishning bir nechta usullari bor. remove() funksiyasi 
belgilangan elementni ro’yxatdan o’chiradi. Bunda uning indeksi emas balki o’zi 
ko’rsatiladi:
meva = ["olma", "banan", "apelsin", "nok", "uzum"]
meva.remove("banan")
print(meva) 
['olma', 'apelsin', 'nok', 'uzum']
pop() funksiyasi ko’rsatilan indeks bo’yicha elementni ro’yxatdan o’chiradi. Agar 
indeks ko’rsatilmasa avtomatik tarzda ro’yxat oxiridagi elementni o’chiradi:
meva = ["olma", "banan", "apelsin", "nok", "uzum"] 
meva.pop()
print(meva) 
['olma', 'banan', 'apelsin', 'nok'] 
del kalit so’zi bilan ko’rsatilgan indeks bo’yicha element ro’yxatdan o’chiriladi. 
Agar shunchaki ro’yxat nomi ko’rsatilsa, butun ro’yxat o’chiriladi. Hozir 
misolimizda, avvalo, bir elementni o’chiramiz, so’ngra ro’yxatning o’zini 
o’chiramiz: meva = ["olma", "banan", "apelsin", "nok", "uzum"]
del meva[1]


17 
print(meva)
del meva
print(meva)
clear() funksiyasi ro’yxat elementlarini tozalaydi, ya’ni ro’yxat bo’m-bo’sh bo’lib 
qoladi: 
meva = ["olma", "banan", "apelsin", "nok", "uzum"] 
meva.clear() 
print(meva) 

Yüklə 255,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə