Toshkent tibbiyot akademiyasi biotibbiyot muhandisligi,informatika va biofizika



Yüklə 255,94 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/11
tarix19.12.2023
ölçüsü255,94 Kb.
#151094
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
ruxsora didline

Pythonda satrlar
Satrlar – bu belgilar ketma-ketligi. Ko'p hollarda satrlar so'zlar jamlanmasidan 
tashkil topadi. Pythonda satrlar bilan ishlash juda qulay. Bir qancha satr literallari 
mavjud. Pythonda satrlar qo’shtirnoq yoki bittalik tirnoqlar bilan ifodalanadi. Ularni 
print() funksiyasi bilan ekranga chiqaramiz.
print ("Salom")
print ('Python')
Apostrof va qo`shtirnoqdagi satrlar bir narsa. Uni ikki xil variantda 
keltirilishiga sabab literallarga apostrof va qo`shtirnoq belgilarini maxsus xizmatchi 
belgilardan foydalanmasdan kiritish mumkinligi deb hisoblanadi. 
Ism = "San'atbek" 
Gap = 'Men "Python dasturlash tili" nomli kitob yozdim 
Satr – bu massiv
Satrni alohida belgilar ketma-ketligidan tashkil topgan massiv deb hisoblash 
mumkin. Pythonda belgini ifodalovchi ma’lumot turi yo’qligi uchun bitta belgi deb, 
bitta elementdan tashkil topgan satrga aytiladi. Satrning istalgan elementiga 
murojaat qilish mumkin. Buning uchun kvadrat qavslardan foydalanamiz va 
elementning satrdagi o’rnini kiritamiz.


12 
Eslatma: Elementning satrdagi o’rnini ifodalash uchun sanoq o dan 
boshlanadi. Ya’ni satrdagi birinchi elementning o’rni 0 ga, ikkinchi elementning 
o’rni 1 ga teng va hokazo.
Quyidagi misolimizda biz ikkinchi elementni ekranga chiqaramiz:
a = "Dasturlash"
print(a[1])
Maxsus belgilar
Ekran bilan ishlash ketma-ketliklari- klaviatura yodamida kiritish murakkab 
bo`lgan belgilarni yozishga imkon beradi. Ayrim belgilar borki, ularni satr ichida 
to’g’ridan to’g’ri qo’llab bo’lmaydi. Ularni satr ichida qo’llanganda doimo \ 
(backslash) belgisi ham bo’lishi shart. Masalan, qo’shtirnoqni satr ichida shunchaki 
qo’llasak, dasturda xatolik yuz beradi:
txt = "Akam bilan "Paxtakor" metrosida ko'rishamiz"
print(txt) 
Dasturda xatolik bo’lmasligi uchun qo’shtirnoqni \” ko’rinishida belgilaymiz.
txt = "Akam bilan \"Paxtakor\" metrosida ko'rishamiz" print(txt)
Satr ichida qo’llanadigan boshqa maxsus belgilardan namuna:

\’ bittalik qo’shtirnoq 

\\ backslash belgisi 

\n yangi qatorga o’tish

\t tabulyatsiya (so’zni bir harf kengligida surish)


13 

Yüklə 255,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə