Toshkent Tibbiyot Akademiyasi Davolash fakulteti ichki kasalliklar propedevtikasi, kasb kasalliklari, gematologiya va X d. t., oliy ma’lumotli hamshira fanlari kafedrasi Ichki kasalliklar propedevtikasi fani



Yüklə 61.05 Kb.
tarix05.03.2018
ölçüsü61.05 Kb.
: uum2 -> uum-ikp-davolash -> 3.amaliy qism -> 3.amaliy mashg'ulotlar -> yams2011
yams2011 -> Toshkent Tibbiyot Akademiyasi Davolash fakulteti ichki kasalliklar propedevtikasi, kasb kasalliklari, gematologiya va X d. t., oliy ma’lumotli hamshira fanlari kafedrasi Ichki kasalliklar propedevtikasi fani
uum2 -> Toshkent tibbiyot akademiyasi uash pediatriya kafedrasi r. B. Qodirova, F. M. Xodjieva, F. D. ShAdmanova mavzu: sariqlik sindromi pedagogik taqriz
uum2 -> O’zbekiston respublikasi o’rta maxsu va oliy ta’lim vazirligi
yams2011 -> Toshkent Tibbiyot Akademiyasi Davolash fakulteti ichki kasalliklar propedevtikasi, kasb kasalliklari, gematologiya va X d. t., oliy ma’lumotli hamshira fanlari kafedrasi Ichki kasalliklar propedevtikasi fani
yams2011 -> Toshkent Tibbiyot Akademiyasi Davolash fakulteti ichki kasalliklar propedevtikasi, kasb kasalliklari, gematologiya va X d. t., oliy ma’lumotli hamshira fanlari kafedrasi Ichki kasalliklar propedevtikasi fani
yams2011 -> Toshkent Tibbiyot Akademiyasi Davolash fakulteti ichki kasalliklar propedevtikasi, kasb kasalliklari, gematologiya va X d. t., oliy ma’lumotli hamshira fanlari kafedrasi Ichki kasalliklar propedevtikasi fani
yams2011 -> Toshkent Tibbiyot Akademiyasi Davolash fakulteti ichki kasalliklar propedevtikasi, kasb kasalliklari, gematologiya va X d. t., oliy ma’lumotli hamshira fanlari kafedrasi Ichki kasalliklar propedevtikasi fani
yams2011 -> Toshkent Tibbiyot Akademiyasi Davolash fakulteti ichki kasalliklar propedevtikasi, kasb kasalliklari, gematologiya va X d. t., oliy ma’lumotli hamshira fanlari kafedrasi Ichki kasalliklar propedevtikasi fani
yams2011 -> Toshkent Tibbiyot Akademiyasi Davolash fakulteti ichki kasalliklar propedevtikasi, kasb kasalliklari, gematologiya va X d. t., oliy ma’lumotli hamshira fanlari kafedrasi Ichki kasalliklar propedevtikasi fani
3.amaliy qism -> 1 – po’stloq qavati

Toshkent Tibbiyot Akademiyasi

Davolash fakulteti ichki kasalliklar propedevtikasi, kasb kasalliklari, gematologiya va x.d.t., oliy malumotli hamshira fanlari kafedrasi

Ichki kasalliklar propedevtikasi fani

Tasdiqlayman ”

Toshkent Tibbiyot Akademiyasi

o’quv ishlari bo’yicha prorektor

professor O.R. Teshayev__________________

____”_________________2010 yil



Yagona metodik tizimga asosan tuzilgan amaliy mashg’ulot

uslubiy ishlanmasi III kurs talabalariga mo’ljallangan



52 Mavzu: Jigar va o’t yo’llari kasalliklarida bemorlarni tekshirish.

Sorabsurishtirish, kozdan kechirish, jigarni tukillatish (kurlov

bo’yicha), paypaslash

T.T.A. M.U.X. tomonidan tavsiya etilgan

____”_____________2010 yil





2010-2011 o’quv yili

52 Mavzu: Jigar va o’t yo’llari kasalliklarida bemorlarni tekshirish.

So’rab – surishtirish, ko’zdan kechirish, jigarni tukillatish (kurlov

bo’yicha), paypaslash

1. Mashg’ulot o’tkazish joyi: auditoriya, palatalar, labaratoriya.

2. Mashg’ulotning davomiyligi - 2 soat.

3. Maqsadi va vazifalari.

Talabalarga turli hil labarator tekshirishlar yordamida jigar va o’t yo’llaridagi xastaliklarni aniqlashni o’rgatish.

Tarbiyalovchi maqsad: Qoshimcha tekshiruv usullariga talabalarda tog’ri differensiallashgan yondashuvni rivojlantirish.

Rivojlantiruvchi maqsad: Talabalarda klinik fikrni, mantiqiy fikrlashni rivojlantirish.



4. Motivasiya.

Umum amaliyot shifokori va mutaxassis faoliyatida jigar xastaliklariga to’g’ri diagnoz qo’yishda jigar va o’t qopi kasalliklarida labarator tekshiruvlari, berilgan analizlarni interpretasiyasini o’rganish va talabalarni labarato’riyada mustaqil tayyorgarligiga asoslanadi.



5. Fanlararo bogliqlik.

Vertikal integracia

Gorizontal integracia

Kuyidagi fanlar bilan integraciya kilinadi:



    1. Vertikal boyicha

      1. Normal anatomiya

      2. Normal fiziologiya

    2. Gorizontal boyicha A) Patologik fiziologiya

Normal anatomiya

Jigar -hepar,eng yirik hazm bezi hisoblanib,u qorin boshligining yuqori qismida diafragmaning pastki ong tomonida joylashgan. Jigarning olchamlari -togridan ong tarafga 26-30 sm,orqa ong tarafdan 20-22 sm,ong qismi 15-16 sm.Jigarda yuqorigi,qabariq diafragmaga oid,pastki ostki otkir qirrali tomonlari tafovut qilinadi.

Jigarning pastki qirrasida yumaloq oyma bolib u incisura ligamenti tertis deyiladi .Yuqori tarafdan diafragma yizasiga jigar ozining oroqsimon boylami orqali boglam- lig.falsiformi hepatis.

Bu oroqsimon boglam jigarni yuqori tarafdan 2-qismga -ong bolak -lobus hepatis dextra va chap bolak -lobus hepatis sinistra.ga ajratiladi.O'ng bo'lak diafragma gumbazining o'ng qismida joylashgan.Jigar tashqi tarafdan deyarli butunlay qorin parda bilan qoplangan bo'lib uni mezoparietal organ deyiladi.Tashqi qoplami seroz parda bilan tunica serosa,undan keyin seroz usti parda bilan o'ralgan.

O't pufagi. Vesica fellia.Qopsimon tuzilma bo'lib unda jigardan ajralgan o't suyuqligi yig'iladi uzunligi 8-14 sm,eni 3-5 sm hajmi 40-70 sm3-.0't pufagida tub -fundus vesica fellia, tana-corpus vesica fellia ,bo'yin-collum vezica fellia qismlariga bo'linadi o't pufagi jigarning yuza qismidagi chuqurchada-fossa vesica fellia joylashgan.

O't yoli. Vasa billifera 3 ga bo'linadi



  1. Umumiy jigar yo'li ductus hepaticus communis.

  2. Pufakli yo'l ductus cyticus

  3. Umumiy o't yo'li ductus choledochus

Umumiy jigar yo'llari o'ng va chap jigar umumiy yo'llariga bo'linadi.

NORMAL FIZIOLOGIYA

Jigarning fiziologik ro'li juda murakkab/jigar avvalam bor zaxuradagi qo'shimcha oziq hazm vazifasini bajaradi bundan tashqari jigar orglnizmdagi muxim biokimyoviy reaksiyalardagi protseslarda ishtirok etadi va nixoyat jigar bezlari gemolitik funksiyani va boshqa retikulo endothelial bo'limdagi aparat (yani kupfer bezlari sifatida namoyon bo'ladi) faoliyatini boshqarib to'ldirib turadi. Uglevodlar almashinuvida birinchi o'rinda turadi ya'ni monosaxaridlardan glikogen zaxiralashda,ikkinchidan oqsillardan glyukoza sintezlashda,yog'lar va murakkab uglevodlar bilan bog'lab turadi.Yog'lardan lipidlar almashinuvidagi axamiyatlisi o't suyuqligi sintezidadir ayrim yog' moddalar sintezlashda yog' kislotalari va xolestirin leysitindan foysdalanadi.Xolestirindan es a o't suyuqligi sintez qiladi.

Jigar o't pigmentlari sintezida ya'ni urobilinogen,bilirubin,urobilin,kabilarning sintezida muxim axamiyatga ega.Yana bir muxim funksiyasi jigarning baryerlik funksiyasidadir.Buning asosida ayrim radioaktiv moddalarni ushlkab qolib ularni zararsizlantirish yotadi bu vazifani kupfer xujayralari bajaradi.

PATOLOGIK FIZIOLOGIYASI.

Xolecistit.Alimentar giper xolesterinemiya bilan bo'g'langan bo'lib buning asosida jigarning xolestirinning hujayradagi almashinuvi buzilishi yotadi bunga xar xil vitaminlar garmonlar almasinuvi buzilganligigipovitaminozlar oqibatida organizmning garmonal boshqaruvi o'zgarishiga bog'liq bo'ladi. Jaroxatlanish ya'ni parenxima xujayralarida В12 vitamin yetishmasligi nikotin pantotenat kislotalar retinol almashinuvi o'zgarishi sabab bo'ladi.Buning natijasida o't suyuqligi, kam ishlab chiqariladi.Natijada yog'da eruvchi vitaminlar so'rolishi buzilishiga olib keladi jigar kasalliklarida ayrim vitaminlarni fermentlarga aylanishi buziladi. Jigardagi bu o'zgarishlar garmonlar va fermentlarning qonda ushlanib qolishi va endokkrenopatiyaga olib keladi. Kuzatiladigan mexanik sariqlik - geperxalisterimiya nafaqar xalesterinning nafaq qonda kamayishi, balki o't suyuqligidagi yog' kislatalarini sentiziga xam bog'liq.



6. Darsning mazmuni.

6.1 Nazariy qism

Qonni umumiy tekshirish, qonni bioximik tekshirish.



Qonning umumiy analizida lekositoz va ECHT ning ortishi aniqlanadi. (O’tkir xoletsistit,alkogolli gepatit) qonning bioximik analizida bilirubining o’zgarishi va ayrim fermentlarning faolligining ortishi kuzatiladi. Transaminazalar-AST,AZT faolligining ortishi gepatotsitlarning shikastlanishidan (tsitolizdan) dalolat beradi.

AST ning ortishi jigar patalogiyasi uchun xos. Alkogolli shikastlanishda AST ko’proq bo’ladi. J-glutamil transpeptidaza(GGTP)-faolligi jigar o’t qopi, me’da osti bezi shikastlanishlaridada ortadi. Xolestaz bo’lganda ishqoriy fosfataza fermentining faolligi ortadi.

Bundan tashqari jigar patologiyasida oqsil va uning fraksiyalari o’zgaradi. Disproteinemiya va j-globulinlar oshganda gipergammaglobulinemiya kuzatiladi. Jigar faoliyati chuqur o’zgarganda gipoproteinemiya va gipoalbuminemiya aniqlanadi. O’t ushlanib qolganda (xolestaz) xolesterin miqdori keskin ortadi.

Immunologik testlar.

Jigarning har xil patologiyalarida o’ziga xos immunologik testlar aniqlanadi. Masalan, jigarni alkogolli shikastlanishida immunoglobulin “A” (igA) qon zardobida ko’payadi, autoimmun gepatitda antinuklear antitela (AT) va silliq muskul xujayrali antitela (AT SMX) titri yuqori bo’ladi. Antimitoxondrial antitela (AT)- birlamchi biliar tsirrozga xos.

Keyingi vaqtda “A”, “B”, “S”, “D” gepatitlarining viruslari va ularning replikatsiya bosqichlarini aniqlash keng ko’lamda olib borilmoqda. Ayniqsa gepatit “B” va “S” to’g’risida. (HBV),(HSV).

“B” virusli gipatetning replikatsiyasi quydagi markyorlar bilan aniqlanadi.

(HBV-DNK, Dnk- polimeraza; HBc –AT igm klassi; Hbe –Ag. Xozirgi vaqtda (“virus yuklamasi”) ko’rsatgichlari va “B” va “S” viruslarning genotipini aniqlash katta axamiyatga ega. Bu ko’rsatgichlar jigar kasallikini etiologiyasini aniqlashda muxim bo’lib qolmasdan, balki virusga qarshi davo choralarini ko’rishda ham katta axamiyatga ega.

Asbobiy tekshirish usullari

Jigar patalogiyasini tekshirish uchun rentgenologik (KT), radionuklid, YZI, endoskopiya, duodenal zondlash, laparoskopiya va biopsiya usullari qo’llaniladi. Rentgenologik, kontrast yordamida qizilo’ngachning varikoz kengaygan venalari, xolegrafiya, xolangiografiya ( o’t yo’llari va o’t qopi) tekshiriladi.

Radionuklid va kompyuter tomografiya usuli avvalo jigar parenximasining o’choqli va diffuz ( tsirroz va yog’li distrofiya) o’zgarishlarini aniqlash uchun qo’llaniladi. Endoskopik usuli ( FEg DS) qizilo’ngach va me’da venalarini o’zgarishini ( portal gipirtenziyada) aniqlash maqsadida qo’llaniladi.

Duodenal zondlash.

12 barmoq ichak maxsuloti o’t, me’da shirasi, me’da osti bezi sekreti, ichak shirasi aralashmalaridan iborat. Fraksion zondlash usuli bilan o’t, o’t yo’llaridan, ot qopidan va jigar ichi o’t yo’llaridan bioximik, mikroskopik tekshirish uchun olinadi. Bu vaqtda o’t qopi va o’t yo’llarining funktsional xolati ham aniqlanadi.

Tekshirishni ikki kanalli zond bilan o’tkazgan yaxshi. Zond uchida metallik oliva bo’ladi. Zondlash ertalab naxorga o’tkaziladi. Zondlash vaqtida umumuiy o’t yo’lidan va o’t qopidan 3 portsiya o’t olinadi. Ular mikroskopik va bakteriologik tekshiriladi.

Mikroskopik tekshirishda sodda ( lyambliya) va gelmint (gijja) tuxumini topish axamiyatga ega. Yallig’lanish jarayoni bo’lsa o’tning “B”, va “S” portsiyalarida tsilindrik xujayralar va o’t qopi epiteliyalari ko’payadi. Bioximik ko’rsatgichlar xolesterin, o’t kislotalari o’t-tosh kasalligi diagnostikasida axamiyatga ega. O’t kislotalari kamayganda xolesterin kristallari cho’kib tosh hosil bo’ladi.
Laparaskopiya va biopsiya.

Quydagi xolatlarda biopsiya qilinadi. Sababi aniqlanmagan gepatomegaliya. AST,AZT,GGTP fementlarining turg’un oshib turishi. Jigar to’qmasida “B”, “S”, “D” gepatiti viruslarining markyorlari borligi.

Jigarning dorilar bilan shikastlanishi, alkogol bilan Yuqumli va sistemali kasalliklar, irsiy kasalligi borligi, o’choqli shikastlanishlar.

Laparoskopiya jigar surunkali kasalliklarini bosqichlarini aniqlashga imkon beradi.

Jigar va o’t yo’llari kasalliklari tashxisida fermentlar faolligini aniqlash muxim axamiyatga ega. Ayniqsa asparagin (AST), alanin (AZT) transaminazalar j- glutamil- transpeptidaza (j- TTP), ishqoriy fosfataza (Uf), xolinesterazalar (X) faolligini aniqlash muxim diagnostik rol o’ynaydi. Transaminazalar faolligini ortishi o’tkir va surunkali jigar kasalliklariga, j- TTP ortishi xolestaz, alkogol gepatiti va tsirrozlarda, ishqoriy fosfataza faolligi xolestaz va o’smalarda, xolinesteraza faolligini kamayishi jigar gepatotsitlarini og’ir shikastlanishiga xosdir.

3- Immunologik usullar. T-xujayra va uning subpopulyasiyalari (SD3/ T3; SD4/ T4; SD5 /T5) B- xujayrasi, A, G, M, -immunoglobulinlar immun komplekslar, tsitokinlar va ά- fetoproteinlarni aniqlash tashxis uchun muxim axamiyatga ega.

Jigarni virusli kasalliklarida immunoferment va radioimmun usulida A, B, S, D, gepatit viruslarni replikasiya davridagi antigenni aniqlash va polimeraza zanjir jarayoniga asoslangan xolda, B4 virusli gepatitda DNK, “C” virusli gepatitda RNK miqdorini aniqlanadi.



6.2.Analitik qism.

6.3 Amaliy qism.

Mashg’ulotning bu qismi uning yo’naltirilganlig i zaruratini asoslash,tibbiy anjomlar bilan ishlash,tibbiy xujjatlar yuritish,bemor bilan m u loqat, maslaxat, a m al i y ko’nikmalar va malakalarni egallash nuqtai nazaridan izoxlanadi.



7. Malaka, ko’nikma va bilimni tekshirish usullari.

Interaktiv usul:

Interaktiv metod "qopda mushuk"

Mashgulot mavzusiga o’tish uchun"qopda mushuk" interaktiv o’yin o’tkaziladi. Buning uchun shu mavzu bo’yicha konvertga solinadigan savollar tayyorlanadi. Xar bir talaba 1 ta savoldan oladi va 2 minut davomida javob yozadi. Keyin o’qituvchi yordamida javoblar muxokama qilinadi.

Ushbu mashgulotni o’tkazishdan oldin anatomiya va fiziologiya fanidan olgan bilimlarini tekshirish kerak. Buning uchun savol - javob tariqasida bir necha daqiqada masalani yechish kerak. Masalan:

- Normada bilirubin almashinuvini ayting

- Normada qopdagi bilirubin konsentrasiyasini ayting.

Shu savollarga asoslanib kichik gruppachalarga bulish. (kuchli + kuchsiz)

Bundan keyin mashgulot mavzusiga o’tish uchun"qopda mushuk" interaktiv o’yin o’tkaziladi.

Savollar: 1.Qonning umumiy analizida qanday o’zgarishlar bo’ladi.(lekositoz va ECHT ning ortishi aniqlanadi.)

2.Transaminazalar-AST,AZT faolligining ortishi nimadan dalolat beradi?(gepatotsitlarning shikastlanishidan (tsitolizdan) dalolat beradi.)

3.Jjigar patologiyasida oqsil va uning fraksiyalari qanday o’zgaradi ?

4. Mikroskopik tekshirishda nimalar topiladi?(sodda jonivorlar ( lyambliya) va gelmint (gijja) tuxumini topiladi.)

5. Duodenal zondlashning diagnostik ahamiyati?

6.Rentgenologik, kontrast yordamida nimalar topiladi ? (qizilo’ngachning varikoz kengaygan venalari, xolegrafiya, xolangiografiya ( o’t yo’llari va o’t qopi) tekshiriladi.)

7.Jigarni virusli kasalliklarida immunoferment va radioimmun usulida nimalar aniqlanadi?(A, B, S, D, gepatit virus turlari)

8.Laparaskopiya va biopsiyada nimalar aniqlanadi?(tsirrozga xarakterli gistomorfologik o’zgarishlar)

8. Joriy nazoratni baxolash mezoni




O’zlashtirish (%)va ballarda

Baho

Talabaning bilim darajasi

1.

86-100

A’lo «5»




2.

71-85

Yaxshi «4»




3.

55-70

Qoniqarli «3»




4.

0- 54

Qoniqarsiz «2»






9. Joriy nazoratni baxolash mezoni




Mashgulot bosqichlari

Mashgulot ko’rinishi

Davomiyligi

1.

O’qituvchining kirish so’zi




5 min

2.

Mavzuning o’rgatilishi

slaydlar va o’yinlar bilan. Talabalar bilimini baxolash



Surov va tushuntirish

25 min

3.

Mavzu yakuni




5 min

4.

O’qituvchi amaliy mashgulotlarni ko’rsatib, usullarini urgatishi. Bu usullarni talabalar o’zlarida,keyin esa bemorlarda o’rganishadi.

Talabalar,valantyorlar, kasallik tarixi, analizlar, UTT, rentgen sur’at

25 min

5.

Amaliy va nazariy ko’nikmalarni o’zlashtirshni baxolash va guruxning baxosini e’lon qilish.

Ogzaki surov,

testlar, vaziyatli

masalalar,

diskussiya.



20 min

6.







10 min

10. Tekshiruv savollari.

1.Qonning umumiy analizida qanday o’zgarishlar bo’ladi.(lekositoz va ECHT ning ortishi aniqlanadi.)

2.Transaminazalar-AST,AZT faolligining ortishi nimadan dalolat beradi?(gepatotsitlarning shikastlanishidan (tsitolizdan) dalolat beradi.)

3.Jjigar patologiyasida oqsil va uning fraksiyalari qanday o’zgaradi ?

4. Mikroskopik tekshirishda nimalar topiladi?(sodda jonivorlar ( lyambliya) va gelmint (gijja) tuxumini topiladi.)

5. Duodenal zondlashning diagnostik ahamiyati?

6.Rentgenologik, kontrast yordamida nimalar topiladi ? (qizilo’ngachning varikoz kengaygan venalari, xolegrafiya, xolangiografiya ( o’t yo’llari va o’t qopi) tekshiriladi.)

7.Jigarni virusli kasalliklarida immunoferment va radioimmun usulida nimalar aniqlanadi?(A, B, S, D, gepatit virus turlari)

8.Laparaskopiya va biopsiyada nimalar aniqlanadi?

11.Foydalanilgan adabiyotlar:

Asosiy:

1. "Ichki kasalliklar propedevtikasi" Kasimov E.Y., 1996 yil

2.”Ichki kasalliklar propidevtikasi” kitobi.Vasilyenko V.X va Grebeneva A.L..,nashri ostida 1989-y.

3. Ichki kasalliklar propidevtika amaliyot mashg’ulotlari uchun qo’llanma.Dovgyallo.O.G. va b.sh.,1986-y.

4. Shelagurov A.A “Ichki kasalliklar propidevtikasi”.

5. ShishkinA.N “Ichki kasalliklar.O’rganish.Simiotika.Diagnostika”.2000-y.,Sankt-Peterburg.

6. Strutinskiy A.V.,Baranov A.P., “Ichki organlar kasalliklari semiotika asoslari.Atlas”.1997-y.,Moskva.

7.M.V Muxin, V.A.Moiseyev. ”Ichki kasalliklar propidevtikasi”. 2000-2005-y.



Qo’shimcha:

1."Rukovodstvo k prakticheskim zanyatiyam po propedevtike vnutrennix bolezney" O.G.Dovgyallo, Minsk, 1989.





Dostları ilə paylaş:


Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2017
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə