Toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti "tasdiqlayman"



Yüklə 5,36 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/87
tarix27.12.2023
ölçüsü5,36 Kb.
#163029
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   87
1-kompyuter-grafikasi-asosiy-majmua3


(men uchun yangi) 

(menga tushunarsiz) 
 
7- mavzu: “Размер” paneli buyruqlari va ulardan foydalanish algoritmlari 
O‘quv mashg‘ulotining maqsadi:
Talabalarga O‘lchamlar qo‘yishga tayyorgarlik ko‘rish 
bosqichini o‘rgatish. «Размер »-O‘lcham qo‘yish paneli buyruqlari va ulardan foydalanib o‘lchm 
qo‘yishni o‘rgatish. 


33 
 
 
«O‘lchamlar» qo‘yishga tayyorgarlik ko‘rish bosqichi 
Bu mashg‘ulotda o‘lcham qo‘yish buyruqlari o‘rganiladi. O‘lchamlar qo‘yish uchun 
chiqarish nuqtalari va o‘lcham chizig‘ining o‘rni ko‘rsatilsa, o‘lcham qiymatlari va strelkalarini 
kompyuter avtomatik o‘zi chizmaga qo‘yadi. Chizmada biror chiziqni nuqta bilan uzish, ikki nuqta 
oralig‘ida uzish va burchak faskalarini olish zaruriyati bo‘lib turadi. Bunday amallarini 
kompyuterda bajarishni mo‘ljallab, ushbu mashg‘ulotninig shakli va mazmunini quyidagicha ishlab 
chiqdik. 
«Размеры»-«O‘lchamlar» qo‘yishga tayyorgarlik ko‘rish, «Razmerы»-«O‘lchamlar» 
qo‘yish buyruqlari va ulardan foydalanish algoritmlari. «Razmerы»-«O‘lchamlar» buyrug‘idan 
foydalanib geometrik figuralar, detallar va buyumlarning kerakli o‘lchamlari chizmada qo‘yiladi. 
Buning uchun, avval kerakli ko‘rsatkichlarning o‘lchamlari kompyuterga kiritiladi, ya’ni 
o‘lcham 
qo‘yishning tayyorgarlik ko‘rish bosqichi
bajariladi. 
Bu bosqich quyidagi tartibda amalga oshiriladi: 
1. «Sichqon» yordamida tushuvchi menyular qatoridan «Format» buyrug‘i yuklanib, undagi 
«Razmernыe stili...» qo‘shimcha buyrug‘iga kiriladi. Shunda, ekranda «Dispetcher razmernыx 
stiley» darchasi paydo bo‘ladi, 3-rasm. 
3-rasm 
2. Bu darchadagi o‘ng tomonda joylashgan buyruqlar orasidan «Izmenit» (yuqoridan 
uchinchi) tugmasi yuklanadi. Ekranda «Izmenenie razmernogo stilya: ISO-25» darchasi paydo 
bo‘ladi, 52-rasm.
 

Avval, undagi «Linii» vkladka-qo‘yilmasi yuklanadi va darchaning pastki o‘ng tarafida 
joylashgan «Udlinenie za razmernыe» va «Otstup ot ob’ekta» yacheykalariga tegishlicha, chiqarish 
chizig‘ini o‘lcham chizig‘idan chiqib turish uzunligi va chiqarish chizig‘i bilan kontur chiziq 
oralig‘i tanlab kiritiladi, 4-rasm. Agar, bu qiymatlar tegishlicha 2-3 va 0 bo‘lsa, davlat standartiga 
muvofiq bo‘ladi.
So‘ngra, vkladkada ikkinchi bo‘lib joylashgan «Символы и cтрелки » buyrug‘i yuklanadi, 
(5-rasm).
Talabalarning e`tiborini jalb etish va bilim darajalarini
aniqlash uchun tezkor savollar
- O‘lcham qo‘yishda chiqarish va o‘lcham chiziqlari, o‘lcham qiymati AutoCAD dasturi qanday 
bajaradi? 
- o‘lcham balandligi va strelkalar uzunligini qanday o‘zgartiriladi?


34 
 
4-rasm 5-rasm 
Bu darchadan foydalanib, strelkaning turlari, kattaligi, markaz o‘rnining belgisi o‘lchami, 
yoy uzunligining ramziy belgisi va siniq radiusli o‘lchamning burchaklarini chizma o‘lchamlaridan 
kelib chiqqan holda o‘zgartirish mumkin. Bunda, darchada taklif etilgan o‘lchamlarni 
o‘zgartirmagan holda chizmada kuzatib ko‘ramiz va o‘zgartirilishi lozim bo‘lgan kattaliklarga 
o‘zgartirish kiritiladi. 
Endi, bu darchadagi «Tekst» vkladka-qo‘yilmasi yuklanib, «Vыsota Teksta» va «Otstup ot 
razmernoy linii» yacheykalariga, matndagi shrift balandligi va harf, hamda raqamlar bilan o‘lcham 
chiziqlari orasidagi masofalar kiritiladi. Bu kattaliklar chizma o‘lchamlaridan kelib chiqqan holda 
qo‘yiladi. Masalan, kichik o‘lchamli chizmalarda bu qiymatlar tegishlicha 5 yoki 7 va 2 yoki 3 
bo‘ladi. Agar, o‘lchamlar katta bo‘lsa tegishlicha 100, 120 va 50, 60 ham bo‘lishi mumkin. 
«Orientatsiya teksta»-matnni tekislashdagi «Standart ISO» tugmasi yuklanib, so‘ngra «OK» 
tugmasi yuklanadi, 6-rasm. 
6-rasm 
7-rasm 
Shunda ekranda, dastlabki «Диспетчер размерных стилей» darchasi paydo bo‘ladi va 
undagi «Закрыть» tugmasi yuklanib chizmaga qaytiladi:
3. O‘lcham qiymatlarini va chizmadagi yozuvlarni DST (GOST)ga muvofiq yozilishi 
uchun menyular qatoridagi «Format» menyusiga kiriladi va undagi «Tekstovыe stili» buyrug‘i 
yuklanadi. Shunda, ekranda «Tekstovыe stili» darchasi paydo bo‘ladi, 55-rasm. Undagi «Stepen 
rastyajeniya» va «Ugol naklona» yacheykalariga harf va raqamlar enining balandlikka nisbatan 
koeffitsienti va ularni qatorlar asosiga og‘ish burchagi, vertikal chiziqqa nisbatan kiritiladi. Agar, bu 
qiymatlar tegishlicha 0.6 va 15 bo‘lsa, yozuvlar 75
0
ga og‘gan holda standartga mos yozilish 
holatiga o‘tib qoladi. 
O‘lchamlar belgilangandan so‘ng, «Zakrыt» tugmasi bosiladi, «Tekstovыe stili» darchasi 
yopiladi va o‘lchamlar qo‘yishga tayyorgarlik ko‘rish bosqichi yakunlanadi. So‘ngra, berilgan 
chizmaga qaytib o‘lchamlar qo‘yishga kirishiladi. 

Yüklə 5,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   87




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə