Toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti "tasdiqlayman"


Uzaytirish buyrug‘i va undan foydalanish algoritmi



Yüklə 5,36 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/87
tarix27.12.2023
ölçüsü5,36 Kb.
#163029
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   87
1-kompyuter-grafikasi-asosiy-majmua3

 
Uzaytirish buyrug‘i va undan foydalanish algoritmi 
Bu buyruqdan yuqori aniqlikda grafik yasashlar bajarishda foydalaniladi. Masalan, 
berilgan aylanani AV va SD vatarlarining kesishgan E nuqtasini topish masalasi qo‘yilgan bo‘lsin. 
Bu nuqtani uzaytirish buyrug‘idan foydalanib quyidagicha topiladi: 
1. Izlanayotgan nuqtadan uzoqroqda bu vatarlar bilan kesishadigan ihtiyoriy to‘g‘ri chiziq 
o‘tkaziladi. 
2. Buyruq tugmasi 
«Sichqon» bilan yuklanadi va «Enter» bilan qayd etiladi. Shunda, 
ekrandagi barcha to‘g‘ri chiziqlarni uzaytirish holati qayd etiladi.


30 
3. Shunda, ekranda kvadrat nishoncha paydo bo‘ladi va uni AV vatarni V uchiga keltirib 
qo‘yib, «Sichqon»ning chap tugmasi bilan yuklansa, V uchidan
 
boshlab AV kesma o‘tkazilgan 
ihtiyoriy to‘g‘ri chiziqqacha uzayib qoladi. Bu amalni qayta-qayta SD to‘g‘ri chiziq uchun bajarib

AV va SD to‘g‘ri chiziqlarning kesishuv E nuqtasi aniqlanadi, 9-rasm. 
9-rasm 
Nuqtada uzish buyrug‘i va undan foydalanish algoritmi 
Ba’zi hollarda to‘g‘ri chiziqni ikkiga ajratish kerak bo‘lib qoladi. Bunday hollarda bu
buyruqdan quyidagicha foydalaniladi: 
1. Buyruq 
tugmasi «Sichqon» bilan yuklanadi va muloqotlar oynasida ob’ekt so‘raladi. 
Unga javoban to‘g‘ri chiziq ekranda paydo bo‘lgan kvadrat nishoncha bilan ko‘rsatiladi. 
1-rasm 
2. Muloqotlar oynasida navbatdagi «Uzish nuqtasini ko‘rsating» so‘rovi paydo bo‘ladi, unga 
javoban uzilish nuqtasi kiritiladi. Shunda, to‘g‘ri chiziq ko‘z ilg‘amas ikki bo‘lakka ajralib qoladi. 
58-rasmda shunday to‘g‘ri chiziq tasvirlangan. To‘g‘ri chiziqning birinchi yarmi 30 
mm
yo‘g‘onlikda va qizil rangda, ikkinchi yarimi 50 
mm
yo‘g‘onlikda hamda, qora rangda tasvirlangan. 
Ikki nuqtada uzish buyrug‘i va undan foydalanish algoritmi
Agar, biror chiziqni ikki nuqta oralig‘ida ajratilmoqchi bo‘lsa, quyidagi amallar bajariladi: 
1. Buyruq 
tugmasi «Sichqon» bilan yuklanadi va muloqotlar oynasida ob’ekt so‘raladi. 
Unga javoban to‘g‘ri chiziq ekranda paydo bo‘lgan kvadrat nishoncha bilan ko‘rsatiladi. Kompyuter 
to‘g‘ri chiziqni kvadrat nishoncha bilan ko‘rsatilgan nuqtasini, birinchi uzilish nuqtasi deb qayd 
etadi.
2. Muloqotlar oynasida navbatdagi «Ikkinchi uzish nuqtasini ko‘rsating» so‘rovi paydo 
bo‘ladi, unga javoban ikkinchi uzilish nuqtasi kiritiladi. Shunda, to‘g‘ri chiziq bu nuqtalar 
oralig‘ida uzilib, ikki bo‘lakka ajralib qoladi. 1-rasmda shunday to‘g‘ri chiziq tasvirlangan. To‘g‘ri 
chiziqning birinchi yarmi 30 
mm
yo‘g‘onlikda va qizil rangda, ikkinchi yarimi 60 
mm
yo‘g‘onlikda 
hamda qora rangda tasvirlangan. 

Yüklə 5,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   87




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə