Toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti yaxshimbekova sayyora kamalovna


O’smirlar xulqi bilan stressli vaziyatlar o’rtasida munosabatlarni emperik o’rganish



Yüklə 0,79 Mb.
səhifə15/34
tarix18.07.2023
ölçüsü0,79 Mb.
#119680
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   34
Магистрлик ИШИ охирги

2.3. O’smirlar xulqi bilan stressli vaziyatlar o’rtasida munosabatlarni emperik o’rganish
Kanadalik fiziolog olim G. Sele stressni ikki turga ajratadi: fiziologik (eustress) va psixologik (distress).
Fiziologik stresslar (eustresslar “foydali stresslar”) me’yordan ortiq jismoniy zo’riqish, baland yoki past harorat, og’riq va shunga o’xshashlar sabab bo’ladi.28
Psixologik stresslar (distresslar “zararli stresslar”) xavf-xatar hissi, tahdid, qo’rquv, vahima, nizo, qo’yilgan jangovar vazifa yuzasidan axborotning yo’qligi yoki juda ko’pligi, komandir (boshliq)ning nizomga zid xatti-harakati keltirib chiqarishi mumkin.29
Ko’pincha stress xolatlariga qarshi tura olishimiz aniq bir xolatga va unga shaxsan qarshi tura olishimizga bog’liq. Distress xolati kutulmaganda ma’lum bir vaziyat ta’sirida ro’y beradi, lekin ko’pgina xollarda ushbu xolat ortib (kuchayib) boradi: boshlanishida organizmning kurashuvchanligi susayadi, keyin esa asta-sekinlik bilan so’nib boradi, natijada eustress distressga aylanadi.
Distress ko’pincha uzoq muddatli stressga ta’luqli, bunda ham “yuzadagi” va chuqur moslashuvchi zahiralar safarbar etiladi va sarflanadi. Bunday stress somatik (tanadagi) yoki psixik kasallikka (nevroz, psixoz) o’tishi mumkin.
Psixologik stress o’z navbatida informatsion va emotsional stress turlariga ajratiladi.
Informatsion stress - insonda haddan tashqari axborotlarni ko’p qabul qilish, inson oldiga qo’ygan vazifalarni bajarishda bir qancha echimlar bo’lganda va ulardan qaysi birini tanlash, yuqori darajadagi shiddat bilan qaror qabul qilishda ikkilanadi. Bu holat inson psixologiyasini qattiq zo’riqishga olib keladi.
Axborotlarni haddan tashqari ko’p qabul qilinishi oqibatida inson psixikasi zo’riqadi (charchaydi) va buyrak usti bezlaridan stressli garmonlar ko’p ishlab chiqila boshlaydi. Haddan tashqari zo’riqish natijasida miyada tormozlanish yuz beradi va faqatgina tanglik holatiga olib kelgan axborotgina miyada aks etaveradi. Miya boshqa axborotlarni, tashqi ta’sirni qabul qila olmay qoladi. Bu ba’zi hollarda salbiy oqibatlarga ham olib kelishi mumkin. Miyada stressga olib kelgan axborot tormozlanib, saqlanib qolib tanglik holatini yuqori nuqtasiga chiqqanida inson tanglik holatidan chiqolmay qoladi va bu o’z joniga qasd qilish holatigacha olib kelishi mumkin.
Emotsional stress - ta’qiq qilish, falokat, hayotiy o’zgarishlar (oilaviy mojoralar, to’satdan ishdan bo’shatish, yaqin kishisini yo’qotish, uzoq muddatli sevgidan qutila olmaslik) xavfi ostida qolganda, atrofdagilar tomonidan noto’g’ri munosabat qilinganda va hokazolarda ifodalanadi.30
K. Izardning fikriga qaraganda, «asosiy hissiyotlar»ni alohida ajratib ko’rsatish mumkin bo’lib, bular:

Yüklə 0,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə