Toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti yaxshimbekova sayyora kamalovna



Yüklə 0,79 Mb.
səhifə17/34
tarix18.07.2023
ölçüsü0,79 Mb.
#119680
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   34
Магистрлик ИШИ охирги

Ichki shaxsiy stress. Ushbu xolati kutilgan natijalarga erisholmaslik, amalga oshmagan extiyojlar, tushunmovchilik va maqsadsiz xarakatlar, og’riqli xotiralar, voqealarga xaqqoniy baxo bermaslik natijasida va boshqa xolatlarda yuzaga keladi.
Ishdagi stress. Odatda og’ir mexnat faoliyati bilan bog’liq, ishdagi natijalarga nazoratni yo’qligi, bajaradigan ishlarni aniq belgilanmaganligi va ish taqsimlashdagi noroziliklar. Ishda xavfsizlikni yaxshi ta’minlanmaganligi, mexnat faolyatiga to’g’ri baxo bermaslik, ishni noto’g’ri tashkil etish stress xolatini keltirib chiqarishi mumkin.
Ijtimoiy stress. Katta guruxdagi odamlar boshdan kechiradigan muammo sirasiga kiradi, bunga misol iqtisodiy inqiroz, kambag’allik, ajratib qo’yish va taxqirlashlar.
Ekologik stress. Atrof muxitning turli ekstremal sharoitlarida yuzaga keladi, xavo va suvni ifloslanishi, og’ir ob-havo sharoitlari, yaxshilikni ravo ko’rmaydigan qo’shnilar, tiqilinch, baland shovqinlar va shunga o’xshash oqibatlarni kutish yoki uning oqibatlari va boshqalar sabab bo’lishi mumkin.
Moliyaviy stress. Qilingan xarajatlarni daromadlar bilan qoplashni iloji yo’qligi, qarzdorlikni to’lash yoki uni olishdagi muammolar,to’lanadigan oylik maosh ish xajmiga mos kelmasligi, moliyaviy kam ta’minlanganlik va boshqa sabbalar stressni keltirib chiqaruvchi omil bo’lishi mumkin.33
O‘smirlik davriga destruktiv xulq ko‘rinishlarini shakllanishini oldini olish o‘smir tarbiyaisda dolzarb bo‘lib, psixolog, psixiatr, sotsiolog va pedagog mutaxassislarning hamkorlikdagi oilaga yordam ko‘rsatish harakatlari asosida amalga oshirilishi mumkin va zarur bo‘lgan kompleks chora-tadbirlar qo‘llanishini talab qiladi.
O‘smirlarda detsruktiv xulq ko‘rinishlarini shakllanishi oila, maxalla, jamoatchilik xayotida ko‘plab ijtimoiy muammolarni kelib chiqishiga sabab bo‘ladi.
Bu borada mutaxassislar, ta’lim mavqeini pasayishi, ma’naviy-ahloqiy qadriyatlarning uno‘tishi kabi salbiy sifatlarni namoyon bo‘lishini oldini olish va bartaraf etish zarur deb xisoblaydilar. Ushbu muammolarni hal etilishida pedagoglar, psixologlar ijtimoiy xizmat xodimlari faoliyatlarni birlashtirishni taqozo etadi Bu borada shaxsni ijtimoiy munosabatlarga moslashuvini ta’minlash, ijtimoiy xulq me’yorlaridan og‘ish va deviatsiya holatlarini namoyon etuvchi, shuningdek, spirtli ichimliklar hamda giyohvand moddalarni iste’mol qiluvchi bolalar va o‘smirlar o‘rtasida psixoproflaktik ishlarni olib borish ijtimoiy-pedagogik faoliyatning muhim yo‘nalishlari hisoblanadi.
Zamonaviy psixologiya fanida o‘smirlar davridagi destruktiv xususityalarga sabab bo‘luvchi xulqiy og‘ishlar muammosini o‘rganishga doir ahamiyatli nazariy va amaliy tajribalar to‘plangan.
Jumladan, Kovalev V.V., Lichko A.E., Ambrumova A.G., Vrono E.M, Kononchuk N.V., E. G‘oziev, V. Karimova, SH. Baratov, Z. Nishonova, B. Umarov G. Sog‘inov, G. To‘laganova va boshqalar o‘smirlarda destruktiv xulq ko‘rinishlarini namoyon bo‘lish sabablarini oldini olishning ijtimoiy psixologik usul va vositalari o‘rganib, amaliy tavsiyalar ishlab chiqishgan.
O‘smir fiziologik va psixologik jixatdan etiladi, unda yangi xissiyotlar, hoxishlar, qarashlar, hayotga yangicha yondashuv paydo bo‘ladi. U insonlarning o‘zlari haqidagi fikrlariga qiziqadi. SHu bilimlarning to‘planishi o‘smirlarga o‘zining real oilasi va jamiyat bilan solishtirganda mukammal emasligi namoyon bo‘ladigan xayolan ideal oila, jamiyat yaratadi.
Bu qarshiliklarni yo‘qotish uchun u ideal bilan amaldagi haqiqatni unga to‘g‘ri keladi deb tushungan nazariya va dunyoqarashni o‘zlashtiradi. Natijada unga amalda ideal yaratish uni nazariyada faraz qilishdan ham mushkul emasdek tuyuladi.
Umumlashtirish qobiliyatiga ega bo‘lgan sari o‘smir o‘zi haqidagi obrazni umumlashtirishga ya’ni o‘zi haqida maktab o‘quvchisi sifatida, o‘g‘il yoki qiz, o‘rtoq va h.k. sifatidagi tasavvurini butun qilib yaratib, o‘zini kelajakdagi yo‘lini belgilaydi.
Agar u individualliklarini anglash vazifasini bajara olayotgan bo‘lsa (psixosotsial identifikatsiyalash), unda o‘smir o‘zining kimligini, rivojlanishning kaysi bosqichida ekanligini va u nimaga intilishi kerakligi hakida tasavvur paydo buladi.
O‘smir o‘z shaxsiy xususiyatlari va o‘z xatti-xarakatlari o‘rtasida aloqani o‘rnatgan bo‘lsa ham, o‘z xarakteri va xatti-xarakatlaridagi muhim xususiyatlarni nomuhim xususiyatlardan ajrata olmaydi. Kichik o‘smirlik yoshida bolaning o‘z-o‘zini baxolashi juda nomuhim va qarama-qarshiliklarga boy bo‘ladi, shuning uchun “Men” obrazi butunligini yo‘qotadi. Bir tarafdan o‘smirlarda boshqalar tomonidan o‘zini tan olinishiga bo‘lgan hoxish katta bo‘ladi, boshqa tarafdan esa o‘zini guyoki mustaqil ekanligini ko‘rsatishga harakat qiladilar. YAna bir tarafdan tan olingan avtoritetlar, qabul qilingan tartib va intizom hamda keng tarqalgan ideallarga qarshi kurashadilar (negativizmning namoyon bo‘lishi), boshqa tarafdan o‘zining tan olgan insonlarini Xudo darajasiga ko‘taradilar. O‘ta egoistlik - o‘ziga dunyo markaziga qaragandek qarash ularda sadoqat, o‘zini qurbon qilish bilan birgalikda uchraydi. Masalan, ular boshqa inson foydasi uchun o‘zlariga qimmatli bo‘lgan narsalardan beg‘araz voz kechishlari mumkin. Ular qattik sevishi va bu munosabatni qanday bexosdan boshlagan bo‘lsalar, shunday tez tugatishi mumkin. O‘smirlarda jamoat ishiga intilish, yolg‘izlikka undan kam bg‘lmagan kuchli intilish bilan birga uchrashi mumkin. Ulardagi ruhiy ta’sirchanlik boshqalarga nisbatan qupollik va betakalluflik bilan birga uchrashi mumkindir. Ular yo o‘ta optimist yo o‘ta pessimist bo‘lib qoladilar. O‘smirlarga o‘ta marginallik, ya’ni ikki olam - bolalar va kattalar olami oralig‘ida, chegarasida mavjud bo‘lishlik xos. Bunda mana shu ikki olam ularni teng huquqli ishtirokchi sifatida qabul qilmaydi. O‘smirlar endilikda “bola” bo‘lish uchun juda katta, katta bo‘lish uchun esa juda kichik bo‘lib qolgan bo‘ladilar. Bu yo‘nalishda G.G.Bochkaryova quyidagi xulosalarga keladi:
1. O‘smirlarda yuksak talablar sust ifodalangan. Huquqbuzarlar o‘z ehtiyojini qoniqtirish bilan chegaralangan. SHuning uchun huquqbuzarlarning etika tomonidan rivojlanishi kambag‘allik va uning ruhiy talablar bilan bog‘langan.
2. G.G.Bochkaryova shuni ta’kidlaydiki, o‘smir “Birtiplik” emas. YA’ni bir xil o‘smirlar o‘zini o‘tmishidan gap chiqganda uyaladi. Bu mavzu ularga yoqimsiz bo‘lib, qilmishlari uchun aybdorligini his qiladi. Boshqalar esa, o‘tmishlarini uyalmay tortinmay gapirib o‘tirishadi. Vijdoni qiynalgan o‘smirlar, pushaymon eydilar va bu yo‘lga boshqa kirmaslikka harakat qiladilar.
SHuning uchun huquqbuzarlarni 3 ta guruhga ajratadi:
1). “Pushaymon” qilganlar boshqa bu ishlarni qilmaslikka so‘z beradilar. (masalan, o‘g‘rilik mumkin emas) O‘smirlarning 55% ikkinchi marotaba takrorlamayman”, “O‘g‘rilash yomon illat”, “pulni halol yo‘l bilan topish kerak” degan javoblari, ahloqiy harakterini ko‘rsatadi. O‘smir bu holatga bilmagan holda yokiy ichib, mastligida qilganligini, pushaymon bo‘lib izohlaydi.
2) Ikkinchi guruhga shunday o‘smirlar, qilgan ishlariga pushaymon qilsa ham, irodasi etmay ikkinchi marotaba takrorlagan o‘smirlar kiritiladi, Uchinchi guruhga shunday o‘smirlar kiradiki, qanchalik og‘ir bo‘lmasin, o‘tmish bilan ongli ravishda hayrlashadilar.
3). “Konfliktsiz” ularni vijdoni qiynalmaydi. Jinoyat qilib, jazodan qo‘rqishadi. Jinoyat ochilmasa hursand bo‘lishadi. Ularning fikricha aqil bilan o‘g‘rilik qilish kerak, qo‘lga tushmaslik uchun. “O‘g‘rilikni qilish mumkin agar guvohlar bo‘lmasa”. Faqat o‘zing bilsang boshqalar bu haqida bilmasalar, agar daromad kelsa. SHu boylikda hech bo‘lmasa bir necha kun yashasam degan iboralar bu toifaga mansub.
3. “Siniklar”, shunday o‘smirlarni o‘zini jamiyat, ahloqiy talablariga qarama-qarshi, ongli ravishda, qo‘yadi. Bu toifadagi odamlar jinoyatga osonlikcha qo‘l uradilar va shu yo‘l bilan o‘zlarini talablarini osonlikcha qoniqtiradilar. Uchinchi guruhga shundaylar kiradilarki: “men hech qachon pushaymon qilmayman”, “men pushaymon qiladigan hech narsa qilmadim”, “men o‘z qilmishlarim bilan fahirlanaman”, degan jinoyatchilar. Bundaylarning eng iflos, jirkanch ishlarga jalb qilish oson. Qoida bo‘yicha oldin ichkilik, keyin mayda o‘g‘rilik, keyin esa katta jinoyatlar.
Stress – og’ir, mushkul yoki murakkab sharoitlarda yuzagakeluvchi psixikaning zo’riqishidir. Stressning vujudga kelish sabablari quyidagicha: inson shug’ullanadigan faoliyatining turi, mazmuni, mavjud shart-sharoitlar, faoliyatning tashkiliy qismi va ekstremal omillar, shuningdek, tashqi muhit insonning bor imkoniyatlaridan ortig’ini talab qilishi. Masalan, xizmatfaoliyatida talabning ko’payishi ham kuchli stressor hisoblanadi. Stressning yuzaga kelish sabablari ilmiy nuqtai nazardan turlicha izohlanadi. Jumladan, eng mashhur qarash sifatida G. Selening stress nazariyasini olish mumkin. Unga ko’ra, dunyodagi jamiki biologik mavjudotlar muhim mexanizm –muvozanatni ta’minlovchi qurilmaga ega. Ichki va tashqi stressorlarning kuchli hamda davomiy ta’sirlari muvozanatning buzilishiga olib keladi. Organizm ushbu vaziyatda o’zining yuqori darajadagi himoya – moslashuv reaksiyasini namoyon qiladi. Qo’zg’alish yordamida organizm tashqi ta’sirga moslashishgaurinadi. Aynan shu ta’sir stress holati hisoblanadi. Ta’sir yo’qolmasa, stress kuchayadi, rivojlanadi va organizmda bir qancha o’zgarishlarga olib keladi. Xavotirlikning turg’unligi hamda davomiyligi inson xatti-harakatida quyidagi holatlarni keltirib chiqaradi:
– ishtahaning buzilishi;
– uyqusizlik;
– xatti-harakatlardagi sustlik.
Bunday fiziologik buzilishlarning davomiyligi shaxsda stressni paydo qiladi. Organizm esa o’zini himoyalashga, ta’sirni so’ndirishga harakat qiladi. Ammo, ma’lumki, organizmning kuchi cheksiz emas va jiddiy stress vaziyati vujudga kelganda, shaxs buni ko’tara olmaydi. Natijada turli xastaliklar paydo bo’ladi, stress o’ta kuchli bo’lganda, insonlarni xayotdan ko’z yumushiga ham olib kelishi mumkin.
Tadqiqotchilar o’tkazgan tadqiqotlar natijasi shuni ko’rsatadiki, falokat, hayotiy o’zgarishlar, kundalik tashvishlar ko’proq stressli hisoblanadi. Bularning barchasi inson ruhiy holatiga juda katta salbiy ta’sir ko’rsatadi. Qattiq er qimirlashi, katta suv toshqinlari, yong’in kabi falokatlarning inson ruhiyatiga salbiy ta’sir ko’rsatishi natijasida, xavotirlanish darajasi yuqori bo’lishi kuzatiladi.
Hayotiy o’zgarishlar - bu insonning shaxsiy hayotida yuz beradigan voqea va hodisalardir. Masalan, yaqin kishisining halok bo’lishi, kutilmaganda ish o’rnini yo’qotish, ajralishlar va hokazo. Agarda, inson bir qancha inqirozli (keskinlik) vaziyatni boshidan o’tkazsa, qattiq kasallanishi va hattoki o’limga ham olib kelishi mumkin.
Kundalik tashvishlar - bu ish joylarida sodir bo’ladigan kelishmovchiliklar, o’qish joylarida o’qituvchilarning o’quvchilarga noto’g’ri munosabatda bo’lishlari, imtihonlarni muvafaqqiyatsizlik bilan yakunlanishi, oilada farzandlarning dars tayyorlashi va oilaviy yumushlarga yordam bermasligi kabilarda namoyon bo’ladi. Kundalik tashvishlar mayda stresslarni kelib chiqishiga sabab bo’lishi mumkin. Mayda stresslar to’planib borib, inson sog’ligiga ta’sir ko’rsatadi. Jumladan, qon bosimining oshishi, yurak faoliyatining buzilishi, oshqozon yallig’lanishiga olib kelishi mumkin. Surunkali tarzda yuz berib turadigan kundalik tashvishlar insonni aqliy, jismoniy, emotsional va ruhiy zo’riqishga, organizmni holdan toyishiga olib kelishi mumkin.
Falokat - hayotiy o’zgarishlar, kundalik tashvishlar ta’sirida yuz beradigan stress bo’lib, umuman olganda bu ba’zi bir insonlarda engil kechishi bilan, ya’ni stressdan chiqib ketishi oson ekanligi bilan xarakterlansada, ba’zi bir insonlarda esa salbiy asoratliligi va juda uzoq muddat davom etishi (kechishi) bilan xarakterlanadi.
Bu bevosita stressli vaziyatga qay darajada munosabatda bo’lishimizga bog’liqdir, ya’ni bu holatni qay tarzda baholashimiz va u bilan kurashishishga ham bog’liqdir. Lekin, ta’kidlash lozimki ba’zi insonlarning organizmi bu holatlarga shunchaki kundalik bir hol sifatida munosabatda bo’ladi. Shu bilan birga individual xususiyatlarni ham inobatga olish lozim. Masalan, optimist insonlar stress holatini taqdirning bir sinovi deb qabul qilsa, pessimist insonlar uni hayotimga xavf - xatar tug’ildi deb qabul qiladilar. Pessimistlarda xavotirlanish darajasi yuqori bo’ladi va ular vaqtida ovqatlanmasalar ham stress holatiga tushib qolaveradilar. Psixologlar M. Shayer va Ch. Karverlarning fikricha optimist inson eng og’ir, qiyin vaziyatda ham yaxshi deb oldinga intiladi, o’z organizmida stressni moslashib olishiga yo’l qo’ymaydi va bu ijobiy xususiyat hisoblanadi. SHuning uchun kundalik hayotimizda yuzaga keladigan turli muammolarga nisbatan munosabat bildirishda mazkur xususiyatlarni esda tutib ish ko’rishimiz lozim.
G.Sele o’zinining 40 yillik ilmiy izlanishlari natijasida U.Kenon nazariyasiga qo’shimchalar kirgizib, stress psixologiya va tibbiyotda qo’llaniladigan asosiy tushunchalardan biri ekanligini ko’rsatib o’tdi. G.Sele tadqiqotining natijalari asosida stress inson organizmi uchun har doim ham zararli emasligini, ba’zida inson organizmiga «foyda» berishi mumkinligini isbotladi. Chunki ayrim hollarda stressga tushib qolgan inson yashash uchun kurashish davomida o’z ehtiyojini qondirish uchun faollashib, o’zi «bilmagan» holda zahiradagi energiyasini ishga solishi mumkin. Buni olimlar tomonidan o’tkazilgan tadqiqotlarning natijalari ham ko’rsatadi. G.Sele tirik organizmning noqulay tashqi sharoitlarga moslashuvchanlik muammosini ham tadqiq etgan. U 1936 yilda «Nature» jurnalida «Turli nosozliklarni vujudga keltiruvchi sindrom» nomli maqolasini nashr ettirgan. Uning fikricha, agarda organizmga sovuq, jarrohiy jarohat yoki turli zararli omillar ta’sir ettirilsa, unda shu sindrom kelib chiqadi. G.Sele ta’kidlashicha, shu sabablar muhim va nomuhim stress natijasini keltirib chiqaradi. Bu vaziyatlar bir-biriga bog’liqdir.
Bunda 3 bosqichni ajratib ko’rsatish mumkinki, ular o’zining tavsifi bilan xarakteralanadi:

Yüklə 0,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə