Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika universiteti Tabiiy fanlar fakulteti kechki Geografiya oʻqitish metodikasi


-Rasm Prizedentimizning konga tashrifi



Yüklə 270,82 Kb.
səhifə8/29
tarix13.12.2023
ölçüsü270,82 Kb.
#149113
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   29
2-Rasm Prizedentimizning konga tashrifi.
Prezidentning 2017 yil 1 martdagi qaroriga muvofiq boshlangan ushbu loyihaning qiymati 4 mlrd 894 mln dollarni tashkil etadi. O‘tgan 4 yil mobaynida zarur geologik tadqiqotlar va 83 mln kub metrdan ortiq hajmdagi qazish ishlari bajarilgan.
«Yoshlik I» konini o‘zlashtirish» investitsion loyihasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-martdagi PQ-2807-sonli «Yoshlik I» koni negizida «Olmaliq KMK» AJ ning ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish chora tadbirlari to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq amalga oshirib kelinmoqda.«Yoshlik I» konini o‘zlashtirish» investitsion loyihasini amalga oshirish uchun yangi kon transport uskunalarining kelishi, shuningdek, «Yoshlik I» konida kon kapital qazib olish, kon ochish ishlari hajmining oshishi munosabati bilan hamda kon ishlarini sifatli boshqarishni ta'minlash uchun konda ikkita kar'er tashkil etildi.«Shimoliy-g‘arbiy Baliqti» va «Barakali» kar'erlari «Olmaliq KMK» AJning boshqaruv raisi A. Xursanovning 2021-yil 13-avgustdagi 001020-sonli buyrug‘iga asosan tashkil etildi.
“Yoshlik-1” koni kon-transport kompleksi va infratuzilma ob'yektlarini qurilishi bo‘yicha direksiyasi tog‘-kon bo‘limi boshlig‘i Alisher Turdiyevning ma'lumotiga ko‘ra, bugungi kunda tog‘-kon va transport uskunalarini yetkazib berish bo‘yicha umumiy qiymati 293,7 mln. dollar miqdoridagi import shartnomalari asosida 550 dan ortiq uskunalar yetkazib berildi. Shuningdek mamlakatimizning mahalliy ishlab chiqaruvchi korxonalari bilan umumiy qiymati 83,9 mlrd. so‘mlik shartnomalar tuzilib, 112 dona transport uskunalari yetkazib berildi.
Hozirda «Yoshlik I» konining 830-595 gorizontlarida kapital qazib olish va ustki qatlamni ochish ishlari olib borilib, konni o‘zlashtirish boshlangandan buyon 106,7 mln. m kubdan ortiq tashish ishlari bajarildi.
Kon amalga oshirilayotgan ishlarga 2 dona EKG-10, 15 dona EKG-15M, 6 dona EKG-20 va 1 dona EKG-20KM 25 m3li ekskavatorlar, burg‘ulash ishlarini olib borish uchun 18 dona SBSh-250 burg‘ulash uskunalari 3 dona kompressor bilan jihozlangan SBU-100 burg‘ulash uskunalari, tog‘ jinslarini tashish uchun 29 dona 220 t BelAZ 75307 va 54 dona 130 t BelAZ 75131 rusumli avtosamosvallari jalb etilgan.
Shuningdek, konda 3 dona suv sepish mashinalari, 60 dan ortiq yo‘l qurilish texnikalari, 5dona TEM teplovozlari 116 dona 2VS 105t dumpkarlar, 96ta 115t dumpkarlar, 3 dona zaryadlash va aralashtirish mashinalaridan foydalanib kelinmoqda.Hozirgi kunda konda kon-kapital qazib olish ishlari olib borilayapti.2021- yilda reja ko‘rsatkichi 40,0 mln. m3 belgilangan edi. Amalda 40,3 million m3 kon-kapital qazib olish ishlari amalga oshirilib, bashorat ko‘rsatkichi 100,7 % ni tashkil etdi.
Konni o‘zlashtirish boshlangandan buyon 108,0 mln. m3 reja ko‘rsatkichiga nisbatan 96,3 mln m3 hajmda kon-kapital qazib olish ishlari amalga oshirilgan holda ko‘rsatkich bajarilishi 112,1% ni tashkil etganini alohida ta'kidlash joiz.
2022-yilda 45,0 mln. m3 reja belgilangan bo‘lib, joriy yil boshidan buyon 14-fevral holatiga 4,2 mln m3 ortiq kon kapital qazib olish ishlari bajarildi. Kunlik reja ko‘rsatkichi esa 109,6 ming m3 etib belgilangan.


Yüklə 270,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə