Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika universiteti Tabiiy fanlar fakulteti kechki Geografiya oʻqitish metodikasi


-Rasm OKMK yangi ‘Yoshlik-1’ konida ishlarini boshlagani



Yüklə 270,82 Kb.
səhifə16/29
tarix13.12.2023
ölçüsü270,82 Kb.
#149113
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   29
9-Rasm OKMK yangi ‘Yoshlik-1’ konida ishlarini boshlagani
“Toshkentdagi changlarning asosiy sababi — bu OKMK yangi ‘Yoshlik-1’ konida ishlarini boshlaganidir. U yerda har kuni portlash ishlari amalga oshirilmoqda. Bir necha yuz ming tonna tog‘ massasi havoga ko‘tarilmoqda, asosan quruq tuproq va gips. Va shamol bularning barchasini Toshkentga uchiryapti”, — deyiladi Nikita Makarenkoning postida.
Qayd etilishicha, “Yoshlik-1” konida ustki qatlam ishlarini amalga oshirish va ruda qazib olish maqsadida burg‘ilash va portlatish ishlari meʼyoriy talablarga muvofiq amalga oshirilmoqda.

Reklamani yopish


“Shu bilan birga, kon ochish ishlari tog‘ jinslarini, dioritlar va siyenito-dioritlar tub joylashuvlari, shuningdek, rudalarni qazib olish uchun amalga oshirib boriladi. Shu o‘rinda taʼkidlab o‘tish zarurki, tub jinslarining qattiqligi Protodyakonov shkalasi koeffitsiyenti bo‘yicha kon maydonida IX dan XIV gachani tashkil qiladi”, — deyiladi OKMK xabarida.
Bundan tashqari, korxona bayonotida keltirilishicha, SanPinning №0350-17-sonli “O‘zbekiston Respublikasining aholi yashaydigan hududlarida atmosfera havosini muhofaza qilishning sanitariya normalari va qoidalari”, “Rangli metallarni qazib olish uchun chiqindi to‘plash omborlari va shlamyig‘gichlar” (6.1.3-band) nizomlariga muvofiq, 500 metrlik sanitariya muhofazasi zonasiga rioya qilinishi taʼminlangan.“‘Yoshlik-I’ koni Olmaliqning janubiy qismida, Toshkent shahridan 61,4 kilometr masofada (azimut yo‘nalishi 333 gradus), undan shimolroqda joylashgan. Shamolning o‘rtacha yillik tezligi hududda 1,2 metr/sekundga teng, uning ortib ketish ehtimoli 5 foiz va 5 metr/sekundgacha teng bo‘lishi mumkin. Shamolning asosiy yo‘nalishi — ustunligi sharqda (azimut 90 daraja) va janubiy-sharqda (azimut 120-135 daraja)ni ko‘rsatishi Toshkent shahri geografik jihatdan shamol esadigan hududda joylashmaganini isbotlaydi”, — deyiladi kombinat munosabatida.
Ta’kidlanishicha, konlarni o‘zlashtirish uchun loyiha oldi loyiha hujjatlarida ekologik xavflarning yuzaga kelishi va atrof-muhitga taʼsirining oldini olish choralari hisobga olingan va bajarilayotgan ishlarning atrof-muhitga taʼsirining oldini oluvchi choralar ko‘rilgan.
Eslatib o‘tazmi, 2022-yil oktabrda O‘zbekistonda atmosferaga zararli tashlanmalarning 58 foizi (1,4 million tonna) avtotransport vositalariga to‘g‘ri kelishi ma’lum qilingandi. O‘shanda Toshkent shahrida bu ko‘rsatkich 93 foiz (397 ming tonna)ni tashkil etishi aytilgan edi.
Xulosa
Hozirda «Yoshlik I» konining 830-595 gorizontlarida kapital qazib olish va ustki qatlamni ochish ishlari olib borilib, konni o‘zlashtirish boshlangandan buyon 106,7 mln. m kubdan ortiq tashish ishlari bajarildi.
Kon amalga oshirilayotgan ishlarga 2 dona EKG-10, 15 dona EKG-15M, 6 dona EKG-20 va 1 dona EKG-20KM 25 m3li ekskavatorlar, burg‘ulash ishlarini olib borish uchun 18 dona SBSh-250 burg‘ulash uskunalari 3 dona kompressor bilan jihozlangan SBU-100 burg‘ulash uskunalari, tog‘ jinslarini tashish uchun 29 dona 220 t BelAZ 75307 va 54 dona 130 t BelAZ 75131 rusumli avtosamosvallari jalb etilgan.
Shuningdek, konda 3 dona suv sepish mashinalari, 60 dan ortiq yo‘l qurilish texnikalari, 5dona TEM teplovozlari 116 dona 2VS 105t dumpkarlar, 96ta 115t dumpkarlar, 3 dona zaryadlash va aralashtirish mashinalaridan foydalanib kelinmoqda.Hozirgi kunda konda kon-kapital qazib olish ishlari olib borilayapti.2021- yilda reja ko‘rsatkichi 40,0 mln. m3 belgilangan edi. Amalda 40,3 million m3 kon-kapital qazib olish ishlari amalga oshirilib, bashorat ko‘rsatkichi 100,7 % ni tashkil etdi.

Konni o‘zlashtirish boshlangandan buyon 108,0 mln. m3 reja ko‘rsatkichiga nisbatan 96,3 mln m3 hajmda kon-kapital qazib olish ishlari amalga oshirilgan holda ko‘rsatkich bajarilishi 112,1% ni tashkil etganini alohida ta'kidlash joiz. 2022-yilda 45,0 mln. m3 reja belgilangan bo‘lib, joriy yil boshidan buyon 14-fevral holatiga 4,2 mln m3 ortiq kon kapital qazib olish ishlari bajarildi. Kunlik reja ko‘rsatkichi esa 109,6 ming m3 etib belgilangan. O‘tgan davrda “Shimoliy-g‘arbiy Baliqti” kar'yerida 1,6 mln m3, “Barakali” karyerida 2,6 mln m3 kon kapital qazib olish ishlari amalga oshirildi. O‘tgan davrda “Shimoliy-g‘arbiy Baliqti” kar'yerida 1,6 mln m3, “Barakali” karyerida 2,6 mln m3 kon kapital qazib olish ishlari amalga oshirildi. Tog' jinslarini transport vositalariga yuklash- to'g'ridan-to'g'ri mexanik belkurak tipli siklik ekskavatorlar tomonidan amalga oshiriladi. Olmaliq kon-metallurgiya kombinati faoliyatiga foyda keltiradigan ilmiy-texnik loyihalarning 50 foizini moliyalashtiradi.


Кириллчада20 iyun 2019, 12:31 Iqtisodiyot
18 iyun kuni Innovatsion rivojlanish vazirligi tashabbusi bilan Chirchiq shahrida Olmaliq kon-metallurgiya kombinatiga qarashli «Nodir metallar va qattiq qotishmalar» bo‘yicha ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasida «Ishlab chiqarishni rivojlantirishda innovatsion ilmiy-texnologik markazlarining roli va ahamiyati» mavzusidagi ilmiy amaliy anjumani bo‘lib o‘tdi. Seminarda Innovatsion rivojlanish vazirligi va Olmaliq kon-metallurgiya kombinati mutasaddilari, ilmiy-tadqiqot muassasalari olimlari, mutaxassislari qatnashdilar. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.
— Korxonamiz oldiga Olmaliq va Navoiy kon-metallurgiya kombinatlarining chiqindilari tarkibidagi nodir metallarni ajratib olish vazifasi qo‘yilgan, — dedi Olmaliq kon-metallurgiya kombinati bosh muhandisining ilm-fan bo‘yicha o‘rinbosari. — Hozirda mana shu ikki yirik korxona faoliyati davomida yig‘ilib qolgan 1,5 milliard tonna, ularda 20 xil nodir metall borligini bilamiz. Rudiy, palladiy, indiy, rutin kabi nodir metallarni ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishda Ilmiy-texnologik markaz olimlari, mutaxassislari tadqiqotlar olib borishadi. Bu ishlarni amalga oshirish uchun 10 nafar mutaxassisimizning Koreyada bilimlarini oshirish uchun ta’lim olishlari rejalashtirilgan.
Nodir metallar televizor, mobil telefonlar, kompyuter ishlab chiqarishda zarurdir. Nodir metallar shu jihozlarni yaratishda juda kam miqdorda ishlatiladi, ammo ular o‘z nomiga yarasha — nodir bo‘lgani uchun ham tabiatda kam uchraydi. Bir tonna rudadan 100 gramm nodir metall olinadi, shuning uchun ham nodir metallar ko‘p miqdorda olinadigan metallarning qoldiqlaridan ajratib olinadi. nnovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov kombinat olimlarning tadqiqotlari natijalarini amalda sinash uchun katta poligon ekanini aytib, vazirlik ishlab chiqarishga innovatsiyalarni joriy qilish, ilmiy-texnik loyihalarni shakllantirishda hamkorlik qilishga tayyor ekanini ta’kidladi. “Olmaliq tog‘-metallurgiya kombinati” AJ bosh direktori Aleksandr Farmanov 2015 yilda kombinatning faoliyatiga jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi kuchli ta'sir qilganini ma'lum qildi, deb yozmoqda Olmaliq kon metallurgiya kombinatining rasmiy sayti.
“Bu inqirozning oqibatlarini nafaqat bizning kombinat, butun jahon metallurgiya sohasi korxonalari, balki boshqa jahon ishlab chiqaruvchilari ham his qilmoqda. Jahon bozorida umuman va jumladan bizning mahsulotga narxlarning pasayishi sababli biz o‘tgan yil yakunlariga ko‘ra ko‘zlaganimizdek foyda ololmadik. Biroq biz shunga qaramay foyda ko‘rdik. Buning uchun mahsulot tannarxi masalasida ko‘p ishlashga to‘g‘ri keldi. Men kombinat buning uddasidan chiqdi, deb hisoblayman. Afsuski, inqiroz cho‘zilib ketdi va u yaqin orada tugashiga umid yo‘q. Biroq biz bunga tayyormiz va tannarxni kamaytirish, ishlab chiqarish hajmlari va ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar turini yanada ko‘paytirish yo‘nalishida ishlashni davom ettirmoqdamiz”, deb aytmoqda Farmanov.
Farmanovning aytishicha, kombinatda strukturaviy o‘zgartirishlarni ta'minlash, ishlab chiqarishni modernizatsiyalash va diversifikatsiyalash bo‘yicha 2015-2019 yilga mo‘ljallangan chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqilgan. Dasturda yangi qurilishlarni amalga oshirish, mavjud ishlab chiqarishlarni modernizatsiyalash va rekonstruksiyalash bo‘yicha investitsion loyihalarni amal oshirish ko‘zda tutilgan.
Kombinatda 2015 yilda sulfat kislota sexi ishga tushirildi, kislorod blokining texnik qayta jihozlanishi yakunlandi. Shuningdek, “Misni boyitish fabrikasining maydalash va yanchish bo‘limlari rekonstruksiyasi” loyihasini amalga oshirish yakuniga yetmoqda, bu yiliga qo‘shimcha yana 7 mln tonna misni qayta ishlashga imkon beradi.
Kombinatda, shuningdek, eksport salohiyatini oshirishga qaratilgan faoliyat muhim jihatlardan bo‘ldi. Kombinat mis quvurlari bilan jahon bozoriga chiqdi, mis simi eksport qilinmoqda. 2015 yilda bu mahsulotdan 1000 tonnadan ko‘proq ishlab chiqarilib, xorijga eksport qilingan. Shuningdek, kombinatning eng yosh bo‘limlaridan biri – sement zavodi yaxshi natijalar ko‘rsatmoqda. Tsement mahsulotining bir qismi ham eksportga chiqarilgan.
Farmanov kombinat bo‘limlarining faoliyatiga yakun yasab, barcha qiyinchiliklarga qaramasdan, kombinat barqaror ishlagani va kelgusida barqaror ishlash uchun asos yaratganini hamda bu eng asosiysi ekanligini ta'kidlab o‘tdi. Olmaliq ma’danli maydoni geologik jihatdan juda yaxshi o‘rganilgan. Birinchi tadqiqot ma’lumotlari XIX asrning 70-80 yillariga ta’luqli bo‘lib, I.V. Mushketov, N.A. Seversev, V.N. Veber va boshqalar tomonidan o‘rganilgan. Bu tadqiqotlardan keyin hududda o‘tgan asrning 20-yillariga qadar hech qanday muntazam geologik ishlar olib borilmagan. 1925-1928 yillarda S.F. Mashkovsev birinchi geologik tasvirga tushirish ishlarini olib borgan. Bu paytda Qoramozor tog‘larining geologik tuzilishining sxemasi ishlab chiqilgan va birinchi marta mis konlari borligi haqida ma’lumot berilgan edi. 1927-1928 yillarda B.N. Nasledov tomonidan geologik qidiruv ishlari olib borildi, ular natijasida Qoramozor maydoni tuzilishining muhim tafsilotlari aniqlandi.
1928 yilda G.G. Gudalin tomonidan maydonda mis ma’dani borligi haqida aytilgan, lekin baholash ishlari natijasida ijobiy bo‘lib chiqmadi. Natijada Olmaliq konida baholash to‘htatildi. 1931 yilda A.V. Korolyov va B.N. Nasledov boshchiligida qidiruv ishlari yo‘lga qo‘yildi. Natijada hududda mis, molibden, ruh, oltin kabi konlarning borligi haqida ma’lumot berilgan. 1940 yilda B.N. Nasledov va A.A. Petrenko boshchiligida 1:50000 miqyosda geologik tasvirga olish ishlari o‘tkazildi. 1953 yilda I.B. Fyodorov 1:10000 miqyosda geologik tasvirga olish ishlari o‘tkazdi. 1957-1960 yillarda F.Sh. Rajabov, B.I. Sigalovlovlar tomonidan yangi geolgik sur’atga olish ishlari o‘tkazilgan.
Hududdagi ma’danli zonalarini aniqlashda V.A.Arapov, J.N.Kuznesov, I.V. Fedorova va boshqalar ish olib borgan. 1963 yilda Olmaliqning dastlabki xaritasi tuzildi. 1956 yildan Olmaliq ma’dan maydoni bo‘yicha mis-porfir konlari ustidan tadqiqotlar o‘tkazila boshlandi. Natijada bir qator mis-porfir va oltin ob’ektlari ochildi, jumladan bunga “Dalnee” koni misol bo‘la oladi. 1959 yilga kelib Achkasova tomonidan Qouldi koni aniqlagan.
1960-1973 yillarda Dabija, Madaminovlar tomonidan tekshirish ishlari olib borildi. Shu davrda 16 ta ma’danli zona mavjudligi aniqlangan. Shulardan bittasi Qouldi konidir.
1961-1980 yillar davomida Ye.R. Butev boshchiligida Qalmoqir konida katta hajmli geologik qidiruv ishlari olib borildi: (to‘rt ming pagonometrli burg‘ulash ishlari o‘tkazildi) oltingugurtning taqsimlanish miqdori o‘rganildi, elementlarning ma’dandagi aralashuvi va mineral tarkibi mufassal tekshirildi va 01.01.1971 yil xolati bo‘yicha olingan ma’lumotlarga asosan 1973 yilda tasdiqlangan umumiy zaxiralar hisobi berildi.
Keyingi yillarda (1980-1986) Qalmoqir konining yon qanotlari va chuqur gorizontlari bo‘yicha geologik qidiruv ishlari davom ettirildi. 1987 yildan 1996 yilga qadar B.A. Dyo boshchiligida mufassal qidiruv ishlari olib borildi va 01.06.1996 yilda O‘zbekiston DZQ tomonidan tasdiqlangan eng oxirgi zaxiralar hisobi berildi. Tasdiqlangan zaxira Qalmoqir kar’erining yana 80-100 yil tanaffussiz ishlashini ta’minlaydi.
Qalmoqir koni o‘zlashtirilishining katta hajmli ishlari 60 yil davomida Olmaliq GRE kollektivi (Ye.R. But’ev, V.F. Viktorov, I.I. Dabija, S.A. Denisov, B.A. Dyo, G.M. Zamorin, V.N. Petrov, A.A. Kulakov, Ye.Z. Meshanikov va boshqalar), va Qalmoqir konchilari kollektivi (V.M. Proxorov, V.Yu. Dedi, A.F. Golovin, S.I. Dabija, M.Ye. Morozova, S.A. Kashirskiy va boshqalar) tomonidan olib borildi. A.V. Korolyov, Z.A. Korolyova, M.I. Moiseeva, T.Z. Zokirov, S.T. Badalov, R.A. Musin, M.S. Kuchukova, I.M. Golovanov, V.Yu. Dedi, V.N. Azin, T.Sh. Shoyaqubov, A.X Turesebekov, Ye.I. Nikolaeva, M.A. Kajixin, J.N. Kuznesovlar tomonidan tematik va ilmiy tadqiqot ishlari olib borildi.
Qalmoqir konini ekspluatatsiya qilish Olmaliq hududidagi boshqa mis-porfirli konlar uchun zahiralarni hisoblash metodlarini tadbiq qilish imkoniyatini va o‘rganilgan zahiralarga yuqori ishonchlilikni ko‘rsatdi.



  1. Yüklə 270,82 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə