Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika universiteti Tabiiy fanlar fakulteti kechki Geografiya oʻqitish metodikasi



Yüklə 270,82 Kb.
səhifə13/29
tarix13.12.2023
ölçüsü270,82 Kb.
#149113
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   29
Olmaliq Mis boyitish fabrikalari -"Olmaliq KMK" AJning dastlabki boyitish fabrikalaridan bo'lib, Qalmoqqir mis-molibden rudasi, 2-mis boyitish fabrikasi mis-molibden konsentrati, Rux zavodi keklari hamda Angren kon boshqarmasi va Kovuldi konining flyus rudalarini qayta ishlaydi.

7-Rasm Sanoat korxonalari orqali ifloslanishi
Fabrika maydoni Piskent tumanidan 28 km uzoqlikda, Olmaliq shahriga nisbatan esa 5,2 km uzoqlikda joylashgan. Fabrika Mis eritish zavodi bilan bir maydonda joylashgan.
Mis-molibden rudalarini o‘rganish jarayoni 1932-yilda boshlangan. 1947-yilda “Giprosvetmet” (Moskva) instituti tomonidan kombinat qurilishi uchun loyiha tuzish ishlari boshlangan.
1949-yilda “Giprosvetmet” (Moskva) instituti tomonidan Olmaliq tog‘-kon rudalarini tajribadan o‘tkazish ishlari amalga oshirildi.
1950-yilda Olmaliq shahrida yirik kombinat qurilishi ishlari boshlandi.
1953-yili “Mexanobr” (Leningrad) instituti tomonidan boyitish fabrikasini qurish uchun loyihaviy topshiriq ishlab chiqilgan va keyinchalik ushbu loyiha bir necha marotaba o‘zgartirishlarni o‘z ichiga olib 1956-yilda tasdiqlandi.
1958-yilda “Mexanobr” (Leningrad) instituti tomonidan texnik pasport ishlab chiqilgan.
1961-yil iyun oyida Mis boyitish fabrikasining birinchi seksiyasi ishga tushirilgan, keyinchalik 1962-yil mobaynida to‘rtta seksiya ishga tushirildi. Beshinchi seksiya 1970-yilda, 6-9 seksiyalar 1965-1967-yillar mobaynida foydalanishga topshirildi.
1973-1974-yillarda 1-4 seksiyaning rekonstruksiya ishlari tugatilib, ishlab chiqarish quvvati 3,7 million tonna rudani qayta ishlashga tenglashdi.
6-9-seksiyalarning rekonstruksiya ishlari 1983-yilga to‘g‘ri kelgan[2].
1986-1988-yillarda “Mexanobr” (Leningrad) instituti tomonidan 8,8 mln tonna rudani qayta ishlashga mo‘ljallangan 2,5 seksiya hajmida sulfidli va oksidli rudalarni qayta ishlash maqsadida 2-maydalash va boyitish majmuasi foydalanishga topshirildi. Biroq keyinchalik oksidlangan rudalarni qayta ishlashga mo‘ljallangan texnologik kompleksning qurilish ishlari yakuniga yetmagani sabab, tarkibida 2 ta tegirmon bilan yarim seksiya sulfidli rudalarni qayta ishlashga topshirildi.
1992-yilda 1-monoseksiya, 1995-yilda 2-monoseksiya foydalanishga topshirildi. 1-uchastka flotoparki rekonstruksiyasi vaqtida FMR–6,3 flotomashinalari FPM–16 flotomashinalariga almashtirildi.
2004-yilning may oyidan 2005-yilning dekabr oyiga qadar 2-uchastkada texnik qayta jihozlanish ishlari amalga oshirildi. 6-,7-,8- va 9- seksiyalarning hisobiga 3- va 4-monoseksiyalar vujudga keldi hamda FPM-12,5 flotomashinalari SP ZAO “IVS” RIF-45 va RIF-25 flotomashinalariga almashtirildi.
2010-yilning sentabr oyidan dekabr oyigacha 10-12-seksiyalarda texnik qayta jihozlanish ishlari amalga oshirildi. Ushbu seksiyalarning birlashishi natijasida 5-monoseksiya vujudga keldi[3].
1-uchastkaning avvalgi 5-seksiyasi maydonida 6-monoseksiya foydalanishga topshirildi. Rekonstruksiya vaqtida SP ZAO «IVS» RIF-45 va RIF-25 flotomashinalari ishga tushirildi.
Yangi monoseksiyalarning foydalanishga topshirilgan sanalari:
- 5-monoseksiya 2010-yilning noyabr oyida;
- 6-monoseksiya 2010-yilning dekabr oyida.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori asosida “MBF maydalash va yanchish bo‘linmalarining rekonstruksiyasi” ishlari amalga oshirildi.
2013-yil fevral oyida birinchi bosqich yakuniga kelib, 2-MBM 11-seksiyasida 2 ta 2-bosqich tegirmonlari foydalanishga topshirildi.
Keyinchalik ishlab chiqarish quvvatlarini bir me'yorga keltirish va sarf harajatlarni kamaytirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlangan “Olmaliq KMK” AJni 2009-2015-yillar mobaynida modernizatsiyalash, texnik va texnologik qayta jihozlash dasturi” asosida qator chora-tadbirlar amalga oshirildi.
2016-yil dekabr oyida loyihaga asosan, yanchish va flotasiyalash sexi tarkibida maydalash va yanchish bo‘linmasi jag‘li maydalagich PEJ 1521 (ShDP 15x21), yarim o‘zi yanchuvchi tegirmon MMPS-9500x5400 va 2 ta MShS-5800x8100 sharli tegirmonlari bilan foydalanishga topshirildi.
2016-yil oktyabr oyidan mis-molibden konsentratlarini saralash va quritish sexi filtrlash va quritish bo‘linmasini qayta jihozlash maqsadida 3 ta KA400/1600-Z1.1 press-filtrlarining montaj ishlari amalga oshirildi. 100 tn/soatiga ishlab chiqarish quvvati bilan filtr-presslash uchastkasi 2017-yil fevral oyida foydalanishga topshirildi

Yüklə 270,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə