Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika universiteti Tabiiy fanlar fakulteti kechki Geografiya oʻqitish metodikasi



Yüklə 270,82 Kb.
səhifə19/29
tarix13.12.2023
ölçüsü270,82 Kb.
#149113
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   29
Nadak sitasi (S2-3na)
Aqcha svitasi shakllanishida nadak svitasining bazal qatlamlari bilan kesishadi (S2-3na), bu qatlamlar Go‘shtsoy, Yong‘oqli va Nishbosh daryolari vodiylarida xaritaga tushirilgan. Nadak sviasi qatlami nomutanosib tarzda turli xil gorizontlar bo‘ylab aqcha svitasi qatlamlariga tutashadi. Nadak svitasining qoplama va cho‘kindi-vulqonomikt xosilalari o‘zining tarkibiga ko‘ra va tarqalish sharoitlariga ko‘ra, cho‘kindilarning xususiyatlari bo‘yicha ikkita kenja svita qatlamlariga ajratiladi: quyi va yuqori. Barcha svitaning umumiy qatlam qalinligi 1300-1920 metrni tashkil qilish qiladi.
Quyi nadak kenja svitasi (S2-3na1) maydonlarning janubi-sharqiy va markaziy qismlarida xaritaga tushirilgan. Quyi kenja svitasining bazal qatlamlari uncha katta bo‘lmagan qiymatdagi azimutda va yaqqol ifodalangan burchak ostida nomutanosiblikda aqcha svitasi qatlamining shamol ta’sirida yemirilgan vulqonitlar qatlamiga kirib boradi. Bunda kirib borish bir tekisda emas, qavariq relef xosil qiladi, bunda konglomeratlar va qumoqlarning bazal qatlami bukilishi kuzatiladi. Konglomeratlar shag‘alli ko‘tarilib turuvchi porfiritlar bilan to‘lgan holatda va g‘arbiy yo‘nalishda cho‘kindi materiallarning kamayib borishi kuzatiladi, shuningdek qatlamda tufflarga o‘tish yuz beradi. Bu pachka qatlamida ko‘p miqdordagi yaxshi kuzatiladigan o‘simlik qoldiqlari mavjud bo‘lib, ular asosida qatlamning yoshi va shakllanish sharoitlarini aniqlash mumkin. Bu vulqonogen-cho‘kindi qatlam qo‘ng‘ir tusli va yashil-kulrang tusli traxiandezitlar-datsitli va andezitli porfiritlardan tashkil topgan. Aynan ushbu pachka qatlami tarkibida Semgran eksturuziv qoplam sohalari joylashgan bo‘lib, uning tag qismida yashil-kulrang tusdagi yirik maydalanuvchi, ba’zi joylarda kanglomeratli lavabrekchiya qatlamlari uchraydi. Pachkaning umumiy qatlam qalinligi 100 metrni tashkil qiladi.
PERM DAVRI R (Oyasoy svitasi P11O5)
Oyasoy svitasi tarkibini tashkil qiluvchi va stratigrafik jihatdan ushbu svitasiga tegishli bo‘lgan vulqonitlar qatlami Ko‘chbuloq qazilma koni joylashgan hududda yaxshi rivojlangan. Bu yotqiziq qatlamlangan tuflar, o‘rtacha nordonlikdagi lava va kesim bo‘yicha pastki qatlamda lavali brekchiya qavatining vulqonomikt konglomeratlar, qumoq va alevrolitlardan tashkil topgan.
Oyasoy svitasi jinslari uncha katta bo‘lmagan burchak ostida (20-25o) va azimut bo‘yicha nomutanosiblik asosida turli xil fatsiyalarning shamol ta’siriga uchragan porfiritlari bilan tutashadi. Oyasoy svitasi uchta kenja svitalarga ajratiladi (qatlam).
Quyi kenja svita P11O. Bu qatlam tarkibi vulqonogen-cho‘kindili jinslardan tarkib topgan: palaxsali-aglomeratli vulqonomikt konglomeratlarning tufli qumoq qavatlari. Bu jinslar uchun qo‘ng‘ir va qizg‘ish rang tusi xarakterli belgi xisoblanadi, shuningdek ko‘tarilib turuvchi jinslarda siniqlarning tarkibi bir xilligi kuzatiladi. Ushbu kenda svitning qatlam qalinligi 150 metrni tashkil qiladi.
O‘rta kenja svita qatlamiP11O. Bu qatlam litokristalloklast tuflar, kvarsli porfirlarning oqish tusli lavabrekchiya, kvarsli porfir gorizontlari bilan birgalikdagi qatlamlaridan tashkil topgan. Ushbu kenja svitasning qatlam qalinligi 500-600 metrni tashkil qiladi.
Yuvorigi kenja svita qatlamiP11O. Bu kenja svita qatlami litoklast tuflarning liparit-datsitli tarkibga ega bo‘lib, qatlamda kanglomeratlarning tufli qumoqli linzalarigacha yirik maydalanuvchi jinslar uchraydi. Kenja svita qatlamining qalinligi 100-300 metrni tashkil qiladi.
Svita qatlami yoshini aniqlashda aniq ma’lumotlar hudud bo‘yicha ma’lum emas. Bunda kechki karbon davriga tegishli qatlamlar taxmin qilinadi.



Yüklə 270,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə