Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika universiteti Tabiiy fanlar fakulteti kechki Geografiya oʻqitish metodikasi



Yüklə 270,82 Kb.
səhifə20/29
tarix13.12.2023
ölçüsü270,82 Kb.
#149113
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   29
Mezozoy yotqizilari
Mezozoy xosilalar tavsiflanayotgan hudud bo‘ylab yura va bo‘r davriga tegishli qatlamlardan tashkil topgan.
Yura davri - J
Yura davriga tegishli qatlam nomutanosib tarzda yuqorigi paleozoy davriga tegishli shamol ta’siriga uchragan effuziv jinslar qatlamiga kirib boradi va sezilarsiz burchak ostida bo‘r davriga tegishli yuqorigi sohalarda nomutanosib tarzda kesishadi. Maydonlar bo‘ylab bu qatlam tarqalishining biroz cheklanishi bilan tavsiflanib, Angren daryosining chap qirg‘og‘i hududida, Shaug‘oz alp siljishi yaqinida yuzaga chiqishi kuzatiladi. Yura davriga tegishli qatlam tarkibiga ko‘ra ikkita svitasiga bo‘linadi: angren-ko‘mir saqlovchi svitasi va jigariston-kaolin svitalari.
Angren svitasi
Angren svitasi o‘z navbatida uchta qatlam komplekslaridan tashkil topgan bo‘lib, bu komplekslar pastdan yuqoriga qarab quyidagicha joylashgan:
1. Bazal kompleks – qumoq, alevrolitlar, shag‘alli va gilli-botqoqli tuproqlar qatlamidan tashkil topgan bo‘lib, qatlam qalinligi 3-5 metrdan 50 metrgacha yetadi;
2. Qalin ko‘mirli kompleks – sanoat miqyosidagi ko‘mir qatlamining ahamiyati kam qatlamlar va 45 metrgacha qalinlikdagi ko‘mir qatlamlaridan tarkib topgan;
3.Yuqori ko‘mirli kompleks – seriyasi ko‘mir qatlami, 1-3 metr qalinlikdagi qumoqlar, alevrolit va gilli qatlamlaridan tashkil topgan bo‘lib, qalinligi 40 metrdan 120 metrgacha yetadi.
Angren svitasining yoshi uning tarkibida uchrovchi o‘simliklar qoldiqlari asosida aniqlangan.
Jigariston svitasi
Jigariston svitasi Angren qo‘ng‘ir ko‘mir qazilma koni hududida tavsiflangan. Uning qatlami nomutanosib tarzda angren svitasi jinslari qatlamiga kirib boradi, ba’zi joylarda esa yuqorigi paleozoy davriga tegishli, shamol ta’siriga uchragan effuziv jinslar qatlamida uning ko‘tarilishlari kuzatiladi. Svita qatlami ola-chipor tusli alevrolitlar, gillar, turli xil donadorlikka ega bo‘lgan qumli jinslar, kaolinli gillli fraksiyalardan tarkib topgan. Uning umumiy qalinligi 60 metrgacha yetadi. Jigariston svitasi qatlami shartli ravishda qavatlarining joylashishi bo‘yicha bo‘lib chiqiladi va bunda uning yoshi “batt” davriga tegishli deb topilgan.
Bo‘r davri - K
Tavsiflanayotgan hududda bo‘r davri yotqizig‘i (K) faqat yuqori sohalarda (K2) namoyon bo‘ladi, bunda yuza qatlamda bu yotqiziq Cho‘chqabuloq hududida ochilma holida uchraydi. Bu yerda ushbu qatlam transgressiv holatda yura davrga tegishli qatlamlar bilan kesishadi va o‘z navbatida paleogen cho‘kindilari bilan tutashadi, ular o‘rtasida o‘tish sohalarini xosil qiladi.
Angren vodiysining yuqori bo‘r davriga tegishli qatlamlari uchun ola-chipor tarzdagi terrigen cho‘kindilarga xos xususiyat hisoblanadi, bunda ushbu jinslar oxaktoshli, qumli gillar, mergel va dolomitlardan tashkil topgan bo‘lib, umumiy qalinligi 40 metrgacha yetadi.
Qatlamning yoshi foraminiferalar qoldiqlariga binoan aniqlanadi.

Yüklə 270,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə