Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika universiteti Tabiiy fanlar fakulteti kechki Geografiya oʻqitish metodikasi


Bob. Hududning geologik tuzilishi



Yüklə 270,82 Kb.
səhifə17/29
tarix13.12.2023
ölçüsü270,82 Kb.
#149113
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   29
Bob. Hududning geologik tuzilishi

V.I. Popov ta’biri bilan aytganda Olmaliq hududi Qurama tog‘ining janubiy qismida joylashgan bo‘lib, o‘rta Tyon-Shonga mansubdir. Bu hududda paleozoy, mezozoy, kaynozoy davr yotqiziqlari keng tarqalgan (rasm 3.1.). Asosiy qismi magmatik tog‘ jinslaridan iborat. Shuningdek cho‘kindi jinslar ham mavjud. Hududdagi tog‘ jinslari uchta strukturali qavat bo‘yicha ajratiladi:


- birinchi strukturali qavat (O-D1) sardob svitasi qumtosh-slanesli qatlamlari (O-S), katranga va qalqonota svitalari vulkanogen jinslaridan (D1) tashkil topgan;
- ikkinchi strukturali qatlam (D2-P1) jivet, fran va famen yaruslari (D2-S1) terrigen karbonatli jinslaridan va mingbuloq, aqcha, nadak svitalari (S) va shurabsoy svitasi (P) vulkanogen jinslaridan tashkil topgan;
- uchinchi strukturali qavat qizg‘ish rangli qumtoshlardan, chig‘anoqli ohaktoshlardan, qumlar va mergellardan (KZ), daryo terassalari (Q) qatlamlaridan iborat. Ular hududning salkam 60% qismini egallaydi.
3.1 Stratigrafiya
Hududning gegologik tuzilishida yuqori paleozoy, mezozoy va kaynazoy davrlariga tegishli bo‘lgan cho‘kindi va vulqonogen xosilalari ishtirok etadi. Bunda ushbu joyda ko‘proq qatlamlarda paleozoy va dastlabki mezozoy davriga tegishli qatlamlar va shuningdek mezakaynazoy davriga tegishli bo‘lgan dengiz va kontinental xosilalar keng tarqalgan.

Rasm 3.1. Olmaliq ma’dan maydonining geologik haritasi


Paleozoy yotqizig‘i
Tavsiflanayotgan hududda paleozoy yotqizg‘i xosil bo‘lishi o‘rta-yuqori toshko‘mir davriga tegishli vulqonogen va intruziv jinslardan tashkil topgan.
Toshko‘mir davri – S
Hududda toshko‘mir tizimi qatlamlari asosan o‘rta karbon davridan boshlangan va biroz tanaffuz bilan dastlabki perm davrigacha davom etgan vulqon hodisalari maxsulotlaridan tashkil topgan.
S.N.Zadorina (1975 yil) tomonidan formatsion-fatsial usuldan foydalangan holda, hududning vulqonitlari hududda bo‘linishini o‘rganishda an’anaviy-stratigrafik yondashuv saqlanib qolganligini kuzatishimiz mumkin.
S.N.Zadorina ma’lumotlariga ko‘ra, bunda o‘rta-yuqori-karbon davriga tegishli xosilalar qatlamining umumiy yig‘indi qalinligi hududda 3120-4240 metrni tashkil qiladi. Bu yerga uchta svitaning qatlamlari kiritilgan: aqcha, nadak va oyasoy sivitalari. Ular o‘zaro jinslarining tarkibi bilan farqlanib, tarkibidagi jinslari o‘zining vulqon faolligi va vulqonlarning otilishining susayish sikllari bilan bog‘liq holatdagi bloklarning siljishlari, suvli cho‘kindilarning denudatsiya va akkumulyatsiyasi kabi xususiyatlari bilan tavsiflanadi.

Yüklə 270,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə