Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika universiteti Tabiiy fanlar fakulteti kechki Geografiya oʻqitish metodikasi



Yüklə 270,82 Kb.
səhifə18/29
tarix13.12.2023
ölçüsü270,82 Kb.
#149113
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   29
Aqcha svitasi (S2ak)
Aqcha svitasi (S2ak) qatlamlari hudud maydonlari bo‘ylab asosan janubiy-sharqiy qismlarida qo‘shilib ketadi. Bu svita qatlamida effuziv-piroklastik va subvulqon fatsiyalar guruhi ajratib ko‘rsatiladi. Bu jinslar tarkibiga ko‘ra katta qismi o‘rtacha tarkibga ega: biotit-amfiboli, andezitli va datsitli-andezitli porfiritlar va tuflar. Ularning tus rangi kulrang va qo‘ng‘ir-kulrang tusda. Aqcha svitasi shakllanishida ikkita kenja svita – quyi va yuqorigi kenja svitalar ajratib o‘rganiladi.
Quyi kenja svita (S2akI) ikkita pachkaga bo‘linadi: birinchisi effuziv jinslar fatsiyasidan tashkil topgan bo‘lib, ikkinchisi tarkibida esa piroklastlar dominantlik qiladi. Quyi kenja svitaning qatlam qalinligi 350 metrni tashkil qiladi. Quyi kenja svita qatlamlari andezitli porfiritlar, ularning lava oqimlari va turli xildagi maydalanuvchi tuflar, tufli qumqlar va tufli konglomeratlardan tashkil topadi. Ular Go‘shtsoy va Guldurma daryolari havzasi bo‘ylab xaritaga tushirilgan.
Yuqori aqcha kenja svitasi qatlami beshta vulqonitlar pachkasini o‘z ichiga olib ular o‘zaro tarkibiga ko‘ra farqlanadi. Tavsiflanayotgan maydonlarda faqat yuqori aqcha svitsiga tegishli to‘rtlamchi pachka xaritaga tushirilgan.
Yuqori kenja svita tarkibiga kiruvchi to‘rtlamchi pachka mayda-o‘rtacha porfirlar, ko‘proq zich tarqalgan traxiandezitli, andezitli va datsit-andezitli porfiritlardan tashkil topgan bo‘lib, ba’zida esa kanglomeratli tuflar qatlami xam uchraydi. Yuqori aqcha kenja svitasi tarkibida subvulqon fatsiya hududda bir tekisda tarqalgan traxiandezitli va datsit-andezitli ksenolit tarkibli porfiritlardan tashkil topgan, ko‘pincha ular intruziv ko‘rinishni yuzaga tasvirlaydi va xartada o‘rta karbon davriga tegishli granodioritlar singari tasvirlanadi. Quyi kenja svita qatlamlari yuqori kenja svitaning subvulqon va gipabissal intruziv jinslari qatlami bilan qoplanib turadi. Quyi nadak kenja svitasi jinslari qatlami shakllanish sharoitlariga ko‘ra, to‘rtta pachkaga ajratiladi va yoshiga ko‘ra quyi moskva kenja yarusi o‘rta karbon davriga tegishli xisoblanadi. Bu kenja svita qatlamining qalinligi 315 metrdan 710 metrgacha yetadi.

Yüklə 270,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə