Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika universiteti Tabiiy fanlar fakulteti kechki Geografiya oʻqitish metodikasi



Yüklə 270,82 Kb.
səhifə22/29
tarix13.12.2023
ölçüsü270,82 Kb.
#149113
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   29
To‘rtlamchi davr
Bu davr qatlamlari asosan hududning shimoliy-g‘arbiy past tog‘li mintaqasida tarqalgan bo‘lib, shuningdek barcha suv oqimlari vodiylarini egallaydi. Bu qatlam shag‘alli-toshli, gil va lessli qatlamlardan tashkil topgan. Bunda qatlamdagi lessli jinslar vodiylarning nishabliklari va hududning suv ayirgich hududlarida asosiy jinslarni kesib joylashadi. Shunga bog‘liq holatda to‘rtlamchi shakllanishlarning qatlam qalinligi nisbatan keng miqyosdagi oraliqlarni o‘z ichiga oladi: 1 metrdan boshlab Angren daryosi vodiysi hududida bir necha 100 metrgacha yetadi.
Tavsiflanayotgan hududda to‘rtlamchi xosilalar uchta kompleksga ajratiladi.
Toshkent kompleksi
Toshkent kompleksining qatlamlari tavsiflanayotgan hududda nisbatan keng maydonlar bo‘ylab tarqalganligini ko‘rish mumkin. Genetik jihatdan bu kompleks asosan prolyuvial lessli jinslardan, allyuvial tosh qotishmalar va konglomeratlardan tashkil topgan. Toshkent kompleksining cho‘kindi qatlami qalinligi bir tekisda emas. O‘rganilayotgan hududda lessli jinslar qatlami qalinligi 30 metrgacha yetadi. Daryolar vodiysi hududlarida ko‘tarilib turuvchi, lessli jinslardan tashkil topgan konglomerat va toshli qotishmalar qatlami katta oraliqda o‘zgarib turadi. Vodiylar bo‘ylab bu o‘zgarishlar oralig‘i 20-40 metrni tashkil etadi.


Mirzacho‘l kompleksi
Mirzacho‘l kompleksi qatlamlari asosan allyuvial va dellyuvial-prolyuvial cho‘kindilar qatlamidan tashkil topgan. O‘rganilayotgan hududlarda bu qatlamlar shimoliy maydonlarda tarqalgan.
Vodiylar bo‘ylab shag‘alli maydonlarda, lessimon gillar qatlami mirzacho‘l kompleksi tarkibida tor yo‘lakchalar holida, zamonaviy vodiylarning nishabliklari hududlarida saqlanib qolgan bo‘lib, qayir oldi terassasi maydonlarining uchdan bir qismini tashkil etadi. Qatlam qalinligi 15-20 metrni tashkil qiladi.
Sirdaryo kompleksi
Sirdaryo kompleksi tarkibiga nisbatan yosh terassalarning cho‘kindi qatlamlari kiritiladi. Bu kompleksning qatlamlari uchun qavatlar xosil qilish xususiyati yaqqol namoyon bo‘lgan. Ular litologik jihatdan shag‘alli va qumoq lessimon jinslardan tashkil topgan. Qatlam qalinligi 10 metrni tashkil etadi.


    1. Magmatizmi

Olmaliq hududining 70% ini intruziv magmatik jinslar egallagan. Ular yirik intruziv massivlar va kichik porfirli intruziyalar shaklidagi batolit, dayka ko‘rinishida yotadi. Ularning yuzaga kelish davri kaledon va gersin sikllari tektonomagmatizmiga teng deb belgilangan.


Kaledon davri magmatizmi quyidagi intruziv jinslarga bo‘linadi׃
  1. Gabbro, gornblendit;


  2. Plagiogranit, granit va alyaskit;


  3. Dayka, granodiorit-porfir va boshqa kam tarqoq (aksessor) minerallardan apatit, magnetit, sirkon va boshqa minerallar uchraydi.


Ushbu keltirilgan intruziyalar maydonning g‘arbiy qismida, Olmaliq va Qoraqiya daryolari havzalarida uchraydi. Hududdagi asosiy sanoatbop konlar (oltin, mis, polimetall) gersin davri magmatik jinslari bilan bog‘liq. Shu davrdagi intruziv jinslar Qalmoqir konida ham kuzatiladi. Olmaliq hududidagi konlarining asosini diorit, sienit-diorit, o‘rta va yuqori devonning karbonatli jinslari tashkil etadi. Yirik intruziv jinslardan tashqari hududda turli yoshdagi daykali hosilalar keng tarqalgan. Bulardan felzit porfirlar, dioritli va diabazli porfiritlar, granodiorit-porfirlar va boshqalar. Ular deyarli ma’danlashishdan keyin yuzaga kelgan.


V.F. Viktorov (1965) tomonidan kaledon davri magmatizmi ikkita bosqichga ajratiladi. Birinchi bosqich – magmaning ajralishidagi gabbro, gornblendit, monsodiorit, ikkinchi bosqichda esa kvarsli dioritlarning yuzaga kelishidir. Gersin davri intruziyalari quyidagi magmatizmni yuzaga kelishidagi bosqichlarga ajratiladi: batolit, porfirli intruziv jinslar va dayklarning hosil bo‘lish bosqichlari.



Yüklə 270,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə