Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika universiteti Tabiiy fanlar fakulteti kechki Geografiya oʻqitish metodikasi



Yüklə 270,82 Kb.
səhifə15/29
tarix13.12.2023
ölçüsü270,82 Kb.
#149113
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   29

Asosiy mahsulotlari


Mis boyitish fabrikasi mis va molibden mahsulotini ishlab chiqaradi va ushbu mahsulotlarga qo‘yiladigan talablar har yili tashkilot rahbari tomonidan tasdiqlanadigan TIK (texnik iqtisodiy ko‘rsatkichlar) asosida belgilanadi. Mis konsentrati MBF tayyor mahsuloti hisoblanadi va mis eritish zavodiga qayta ishlash maqsadida yuboriladi.
Mis boyitish fabrikasining birlamchi ishlab chiqarish quvvati yiliga 39600 ming. tonnani tashkil qilgan, jumladan 1-sonli maydalash sexi (1-9 seksiyalar) – 29800 ming.tonna, 2-maydalash va boyitish majmuasi (10-12 seksiyalar) – 9800 ming. tonna.
1990-yilda rudalarni yanchilish darajasi 20% ga salbiylashgani sababli yillik ishlab chiqarish quvvati 29120 ming.tonnaga o‘zgartirilgan (yanchilish darajasi bo‘yicha tajriba ishlari “Mexanobr” instituti tomonidan amalga oshirilgan)
Hozirgi kunga kelib MBF yillik ishlab chiqarish quvvati 37,5 mln tonnani tashkil qilmoqda.
Yakuniy tayyor mahsulot Ts 00193950-013 “Mis konsentrati. Texnik talablar” (rus tahrirda) va Ts 00193950-050 “Molibden sanoat mahsuloti. Texnik talablar” (rus tahrirda) tashkilot standartlari asosida ishlab chiqarilgan konsentratlar hisoblanadi
MOF-2 Mis boyitish fabrikasining asosiy faoliyati Sari-Cho‘qqi konining mis-molibden rudalarini qayta ishlash hisoblanadi. Bundan tashqari, u Mis eritish zavodining otval va konvertor shlaklarini qayta ishlaydi, so‘ngra mis konsentrati ishlab chiqaradi.
Fabrika Olmaliqning g‘arbiy qismida, Toshkentdan 69 km janubda joylashgan. Fabrika O‘zbekiston Respublikasi umumiy temir yo‘l tarmog‘i bilan bog‘langan. “Olmaliq tog‘-metallurgiya kombinati” AJ bosh direktori Aleksandr Farmanov 2015 yilda kombinatning faoliyatiga jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi kuchli ta'sir qilganini ma'lum qildi, deb yozmoqda Olmaliq kon metallurgiya kombinatining rasmiy sayti.
“Bu inqirozning oqibatlarini nafaqat bizning kombinat, butun jahon metallurgiya sohasi korxonalari, balki boshqa jahon ishlab chiqaruvchilari ham his qilmoqda. Jahon bozorida umuman va jumladan bizning mahsulotga narxlarning pasayishi sababli biz o‘tgan yil yakunlariga ko‘ra ko‘zlaganimizdek foyda ololmadik. Biroq biz shunga qaramay foyda ko‘rdik. Buning uchun mahsulot tannarxi masalasida ko‘p ishlashga to‘g‘ri keldi. Men kombinat buning uddasidan chiqdi, deb hisoblayman. Afsuski, inqiroz cho‘zilib ketdi va u yaqin orada tugashiga umid yo‘q. Biroq biz bunga tayyormiz va tannarxni kamaytirish, ishlab chiqarish hajmlari va ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar turini yanada ko‘paytirish yo‘nalishida ishlashni davom ettirmoqdamiz”, deb aytmoqda Farmanov.
Farmanovning aytishicha, kombinatda strukturaviy o‘zgartirishlarni ta'minlash, ishlab chiqarishni modernizatsiyalash va diversifikatsiyalash bo‘yicha 2015-2019 yilga mo‘ljallangan chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqilgan. Dasturda yangi qurilishlarni amalga oshirish, mavjud ishlab chiqarishlarni modernizatsiyalash va rekonstruksiyalash bo‘yicha investitsion loyihalarni amal oshirish ko‘zda tutilgan.
Kombinatda 2015 yilda sulfat kislota sexi ishga tushirildi, kislorod blokining texnik qayta jihozlanishi yakunlandi. Shuningdek, “Misni boyitish fabrikasining maydalash va yanchish bo‘limlari rekonstruksiyasi” loyihasini amalga oshirish yakuniga yetmoqda, bu yiliga qo‘shimcha yana 7 mln tonna misni qayta ishlashga imkon beradi.
Kombinatda, shuningdek, eksport salohiyatini oshirishga qaratilgan faoliyat muhim jihatlardan bo‘ldi. Kombinat mis quvurlari bilan jahon bozoriga chiqdi, mis simi eksport qilinmoqda. 2015 yilda bu mahsulotdan 1000 tonnadan ko‘proq ishlab chiqarilib, xorijga eksport qilingan. Shuningdek, kombinatning eng yosh bo‘limlaridan biri – sement zavodi yaxshi natijalar ko‘rsatmoqda. Tsement mahsulotining bir qismi ham eksportga chiqarilgan.
Farmanov kombinat bo‘limlarining faoliyatiga yakun yasab, barcha qiyinchiliklarga qaramasdan, kombinat barqaror ishlagani va kelgusida barqaror ishlash uchun asos yaratganini hamda bu eng asosiysi ekanligini ta'kidlab o‘tdi. Toshkent viloyatida joylashgan Olmaliq kon-metallurgiya kombinati Telegram’dagi “Effekt Makarenko” kanalida poytaxtdagi changlarning asosiy sababi “Yoshlik-1” koni ekani aytilgan xabarlarga munosabat bildirdi.


Yüklə 270,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə