Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika universiteti Tabiiy fanlar fakulteti kechki Geografiya oʻqitish metodikasi


Gersin sikli intruziyalari magmatizmi



Yüklə 270,82 Kb.
səhifə23/29
tarix13.12.2023
ölçüsü270,82 Kb.
#149113
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   29
Gersin sikli intruziyalari magmatizmi
Gersin sikli quyidagi bosqilarga ajratiladi: asosiy intruziyalar, batolitli, “kichik” porfirli intruziyalar va daykali (Abdullaev va boshqalar, 1958). Gersin magmatik hosilalari sanoatbop mis, polimetall va oltin konlari bilan bog‘liq.
  1. Asosiy intruziyalar bosqichi Qalmoqirning gabbro va gabbro-dioritlariga olib boradi.


  2. Olmaliqning sienit-dioritli kompleksi bir qancha o‘rta bo‘lakli sienit-dioritlar, porfir ko‘rinishdagi sienit-dioritlar va mayda bo‘lakli sienit-dioritlardan tashkil topgan.


Sienit-diorit intruziyalari lakkolit yoki sill ko‘rinishdagi shakllarga ega. Sienit-dioritli kompleks keng hajmda mayda tomirli va daykali aplit tanalarini va pegmatoidli mahsulotlarni izohlaydi.


  1. Qurama tipidagi granodioritlar Qurama tizmasining markaziy qismida shakllangan va Olmaliq hududining chegaralaridan uzoqda tarqalgan yirik massivlarni shakllantirgan.


Qurama granodioritlari batoliti o‘zida butun bir magmatik mahsulotlarni birlashtiradi. Bu yerda dioritlar, monsonitlar, sienit-dioritlar, granodiortilar, garint va alyaskitlar ajratiladi.


  1. Qizilsoy tipidagi granodioritlar Olmaliq hududidagi Qiz-Ota, Sovuqbuloq, Urgaz daryolarining yuqori oqimlarida rivojlangan. Qizilsoy tipidagi garnodioritlarining boyitilishida batolit bosqichi tugab “kichik” porfirli intruziyalar bosqichi boshlanadi.


  2. Quyundi tipidagi granodiorit-porfirlar asosan Olmaliq hududining sharqiy qisimdagi Qiz-Ota daryosidan sharqda rivojlangan.


Quyundi tipidagi garnodiorit-porfirlar uchun pegmatitlar, aplitlar, shuningdek, o‘zgargan jinslarining yirik maydonlari va ma’dan minerallashuvi tavsiflidir. Ushbu sabablar tufayli ular gumsoy tipidagi granodiorit- porfirlardan farqlanadi.


Olmaliq tipidagi granodiorit-porfirlar Olmaliq ma’danli maydonida rivojlagan. Bu yerda ular 600-800 metr chuqurlikda yotuvchi ko‘p sonli daykalar va shtok shaklidagi tanalardan iborat yirik intruziv massivlari shaklida ifodalanadi.
Gumsoy tipidagi granodiorit-porfirlar asosan Olmaliq hududining sharqiy qismidagi shtoklar va daykali tanalardan tashkil topgan.
Olmaliq hududida turli yoshdagi daykalar tarqalgan. Ular murakkab tuzilishga ega. Ular “qora” granodiorit-porfirlar va lamprofir deb nomlanuvchi felzit-porfirli daykalar, shuningdek, sienit-diorit porfirlardir.
Maydondagi intruziv hosilalar to‘rtta yirik magmatizm jarayoni jinslari bilan ifodalanadi:
  1. Dastlabki etap intruzivning yuzaga kelish davri;


  2. Sienit-dioritli kompleks hosil bo‘lishi;


  3. Qurama tog‘ining markaziy qismida Qurama tipidagi granodioritlarining tarqalishi;


  4. Olmaliq maydonidagi Qiz-Ota, Sovuqbuloq, Urgaz maydonlarida Qizilsoy tipidagi granodioritlarning hosil bo‘lishi.


Shuni aytish lozimki, Olmaliq maydonida yetarlicha ko‘p bosqichli daykalar hosil bo‘lgan bo‘lib, ular subeffuzivli fatsiyalar turkumiga kiritladi.


Faqatgina ulardan bir nechtasigina gersin sikli tektonomagmatizmining oxirgi bosqichi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.



    1. Yüklə 270,82 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə