Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika universiteti Tabiiy fanlar fakulteti kechki Geografiya oʻqitish metodikasi



Yüklə 270,82 Kb.
səhifə26/29
tarix13.12.2023
ölçüsü270,82 Kb.
#149113
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29
2.Relefning xaykal shakllari
Relefning xaykal shakllari tadqiqot olib borilayotgan hududda asosan fizik va kimyoviy shamolar ta’sirida nurashlaridan yuzaga kelgan. Bu relef shakllari nisbatan to‘liq holatda yuqori paleozoy vulqonogen-cho‘kindili jinslar qatlamining shamol ta’siridagi xosil bo‘lgan shakllaridan tashkil topgan. Bu jinslar turli xil chuqurlikdagi daralar va shu kabilarni xosil qiladi. Natijada esa yangi tektonik harakatlar va denudatsiya ta’sirida bu qatlamlarda alohida bloklar, ajoyib shakllar xosil bo‘lgan.
3.5. Gidrogeologiya
Hududning gidrologik tarmoqlari Go‘shtsoy, Yong‘oqli va Nishbosh daryolari va bir qator daryo oqimlari: Guldurma, Quvasoy va boshqalardan tashkil topgan. Yong‘oqli daryosining oqim tezligi 1,5 m/sekundni tashkil qiladi.
O‘rganilayotgan hududda minerallashish darajasiga ko‘ra uchta asosiy tipdagi suvlar ajratib ko‘rsatiladi:
1.O‘ta chuchuk suvlar 0,09 dan 0,4 g/l.
2.Chuchuk suvlar 0,4 dan 0,9 g/l.
3.Kuchsiz minerallashgan suvlar 0,9 dan 32 g/l gacha minerallashgan.
Relefning nisbatan baland tog‘li mintaqasida, 1600-2000 metr balandlikda asosan o‘ta chuchuk suvlar tarqalgan.
Chuchuk suvlar gipsometrik quyi qatlamda, 1200-1600 metr balandlik hududida tarqalgan.
Nisbatan kuchsiz mineralashuvga ega suvlar esa o‘rta tog‘li landshaft sohalarda tarqalgan.
O‘rganilayotgan hudud doirasida kimyoviy tarkibiga ko‘ra quyidagi asosiy suv tiplari ajratib ko‘rsatiladi (ko‘p yoki kam tarqalganligi bo‘yicha):
1.Gidrokarbonatli-kalsiyli-magniyli.
2.Gidrokarbonatli-sulfatli-kalsiyli-magniyli-natriyli.
3.Sulfatli-gidrokarbonatli-natriyli-magniyli-kalsiyli.
1.Gidrokarbonatli-kalsiyli-magniyli suvlarnisbatan keng miqyosda tarqalganligi bilan tavsiflanib, tahminan barcha maydonlarning 50%ini qamrab oladi. Chuchuk suvlar shaffof tusga ega. Umumiy minerallashish darajasiga ko‘ra suvlar guruhlari kuchsiz minerallashishda (0,09 dan 0,4 g/l gacha) uchraydi. Suvning rN-ko‘rsatkichi 7 dan 8,5 gacha miqdorga ega.
Minerallashishda yer osti suvlarining asosiy komponentlari o‘rtacha quyidagi tarkibdan tashkil topgan:
NSO3 – 45 dan 84 mg/l gacha a – 19-46 mg/l
S – 1 dan 12 mg/l m – 20-63 mg/l
(K+) – 1 dan 37 mg/l gacha s – 21-45 mg/l
Gidrokarbonatli-kalsiyli-magniyli suvlar nisbati 0,7 dan 4-5 va hatto ba’zida 7 gacha yetadi.
2.Gidrokarbonatli-sulfatli-kalsiyli-magniyli natriyli suvlar nisbatan keng miqyosda rivojlanish xususiyatiga ega bo‘lib, o‘rganilgan hududda asosan markaziy qismlarda uchraydi. Bu tipdagi suvlar chuchuk suvlardan tashkil topgan bo‘lib, rN-ko‘rsatkichi 7, 5-8 oraliqlarni tashkil qiladi.
Anion va kationlar tarkibiga ko‘ra quyidagi ko‘rinishda tarqalgan:

NSO3 – 45 dan 84 mg/l gacha a – 19-46 mg/l


S – 1 dan 12 mg/l m – 20-63 mg/l
(K+) – 1 dan 37 mg/l gacha s – 21-45 mg/l
Bu tipdagi suvlar kuchsiz qatlamga ega jinslari o‘zgargan sohalarda tarqalgan.
3.Sulfatli-gidrokarbonatli-natriyli-magniyli-kalsiyli suvlar Go‘shtsoy daryosi hududida rivojlangan. Bu tipdagi suvlar o‘pirilishlar seriyasi va o‘zgargan jinslar hududlarida tarqalgan bo‘lib, to‘rtlamchi qatlam bilan yopilgan.
Bu tipdagi suvlar chuchuk hisoblanib, rN-ko‘rsatkichi qiymati 7,8 ni tashkil qiladi.

Yüklə 270,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə