Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika universiteti Tabiiy fanlar fakulteti kechki Geografiya oʻqitish metodikasi



Yüklə 270,82 Kb.
səhifə27/29
tarix13.12.2023
ölçüsü270,82 Kb.
#149113
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29
3.4. Foydali qazilmalari
Olmaliq tog‘-kon ma’danli hududi foydali qazilmalarga juda boy ekanligi qadimdan ma’lum. Hududda oltin, mis, polimetall va boshqa foydali qazilmalar zahiralarining ochiq holatdagi tog‘ xom ashyo bazasi muhim ahamiyatga ega hisoblangan sanoat miqyosidagi qazilma konlarni tashkil etadi.
K-42-117-A varaqda geologik o‘rganilishda (F.G.G‘ulomov va boshqalar, 1975 yil) turli xil masshtabda xosil bo‘ladigan 234 ta ma’danli konlarni belgilab bergan, bunda 76 tasi mis va molibden koni, vismut va boshqa bir qator metall konlari, 41 tasi qo‘rg‘oshin, kumush va ruh konlari, 95 tasi oltin va 6 tasi alunit va boshqa ma’dan konlaridan tashkil topganligi qayd qilingan. Bundan tashqari metal bo‘lmagan foydali qazilmalar konlari mavjud (tosh ko‘mir, shpat, kaolin va boshqalar), qurilish materiallari xom ashyosi (g‘isht xom ashyosi, qum-shag‘al materiallari xom ashyosi, sement xom ashyosi va boshqalar) va taqinchoq tayyorlanuvchi toshlar qazib olinadi. 13 ta ma’danli formatsiyadan hududda quyidagilar yetakchilik qiladi:
1.Misning endogen formatsiyasi. Ma’danli formatsiya: - kvars-seritsit-mis-molibden oltin saqlovchi (Chetan va Oqtovus istiqbolli qazilma konlari), kvars-mis-vismut-oltin saqlovchi (43 ta oxaktoshli istiqbolli Changuzar, Qayrag‘och, Qandirsoy №141) va kvars-karbonatli-misli qazilma konlar hududlari.
2. Qo‘rg‘oshinning endogen formatsiyasi. Ma’dunli formatsiya: misli-vismutli, skarn-qo‘rg‘oshin-ruh (Yakkabog‘ va Qo‘rg‘oshinli istiqbolli qazilma konlari), kvars-karbonatli kumush-qo‘rg‘oshinli (Tezko‘l, Oqsuv, Lashkerek – 3 konlari).
3.Oltining endogen formatsiyasi. Bunda 130 dan ortiq ob’ektlar o‘rganilgan bo‘lib, ular nisbatan subvulqon ma’danli formatsiya guruhi bo‘yicha shakllangan, A.A.Malaxov klassifikatsiyasi bo‘yicha tavsiflanadi (1969 yil). Ma’danli formatsiya: kvars-polisulfid-oltin ma’danli telluridlar (Ko‘chbuloq, Qayrag‘och, Chilton, Guldurma, Segenek guruhi va boshqalar), oltin saqlovchi hududlar. Bular odatda Olmaliq-Naugarzon chuqur o‘pirilish hududlarida tarqalgan.

Yüklə 270,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə