Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika universiteti Tabiiy fanlar fakulteti kechki Geografiya oʻqitish metodikasi



Yüklə 270,82 Kb.
səhifə21/29
tarix13.12.2023
ölçüsü270,82 Kb.
#149113
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   29
Kaynozoy yotqizilari
Hududda kaynozoy guruhi o‘rta va yuqori paleogen cho‘kindilaridan tashkil topgan bo‘lib, uning tarkibida quyi va yuqorigi neogen hamda to‘rtlamchi davrga tegishli bo‘lgan xosilalar mavjud.


Paleogen davri
Tavsiflanayotgan hudud doirasida peleogen qatlam tarqalgan maydonlar dengiz eotsen-oligotsen qatlamlaridan tashkil topgan bo‘lib, stratigrafik jihatdan yuqorigi bo‘r davriga tegishli qatlamlarga kirib boradi.
Bu qatlamda uchrovchi flora qoldiqlari asosida eotsen (R2) qatlami bu joyda quyi eotsen – so‘zak qavati (R2+2) va o‘rta eotsen – oloy-turkiston qavatlariga (R2+2) ajratiladi.
Suzak qavati kvarsli qumlar va qumoqlarning montmorillitli gillar linzalari aralashgan qatlamlaridan tashkil topgan bo‘lib, qatlamning qalinligi 40 metrgacha yetadi. Uning tarkibida katta miqdordagi diatom suv o‘tlarining qoldiqlari uchraydi.
Oloy va turkiston (birlashgan) qavatlari (R2+2) nisbatan yaqqol ifodalangan gorizontlar bo‘ylab 45 metrgacha qalinlikni tashkil qiladi. Bu qavat asosan oxaktoshlar va dolomitlar, gilli ohaktoshlar qatlamlaridan tashkil topgan. Bu qatlam tarkibida ustritsalar qoldiqlari uchraydi.
Oligotsen (R3) xosilalari maydonda Angren daryosi vodiysining qirg‘oqlarida, nomutanosib tarzdagi eotsen qatlamlarnig dengiz jinslari qatlamiga kirib borishi tarzida uchraydi va xaritaga chiziqlar qismlari ko‘rinishida tushirilgan. Bu yerda pliotsen davriga tegishli qatlamlar qizg‘ish tusli gillar va gravelit tarkibli qumoqlar, shag‘alli kvars-kremniy jinslaridan tashkil topgan.
Ologotsen qatlami qalinligi vodiylarda 10 metrdan 25 metrgacha oraliqni tashkil qiladi. Bunda qatlamlarning yoshi uning tarkibida uchrovchi chuchuk suvda yashovchi molyuskalar, ostrakodalar va kemiruvchilarning qoldiqlari asosida belgilanadi.
Neogen davri
Neogen davri qatlamlari maydonlarda asosan kontinental cho‘kindilar qatlamidan tashkil topgan, bunda miotsen va pliotsen davri jinslari uchraydi.
Miotsen qatlami jinslari qo‘ng‘ir-jigarrang tusli qumoqlar, shag‘all, mayda toshli va brekchiyasimon konglomeratlardan tashkil topgan bo‘lib, uning tarkibida alevrolitlar qavati, gil va mergel uchraydi. Bu qatlam oligotsen qavatda tarqalgan. Qatlamning qalinligi 140 metrgacha yetadi.
Pliotsen davriga tegishli qatlamda hudud bo‘ylab turli xil shag‘alli konglomeratlar, mayda toshli jinslar, qumoqlar va alevrolitlar tarqalgan. Bu cho‘kindilar qatlami Angren daryosining chap qirg‘og‘i bo‘ylab, Nishbosh daryosidan Toshbuloq daryosigacha (Qandir daryosi) maydonlarda tarqalgan. Bu qatlamning qalinligi 260 metrgacha yetadi. Pliotsen davriga tegishli qatlam uchun yirik maydalanuvchi jinslarning almashinib turishi va takrorlanuvchi jinslar qatlamlari xarakterli xususiyat xisoblanadi.

Yüklə 270,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə