Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika universiteti Tabiiy fanlar fakulteti kechki Geografiya oʻqitish metodikasi



Yüklə 270,82 Kb.
səhifə24/29
tarix13.12.2023
ölçüsü270,82 Kb.
#149113
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29
3.3.Tektonikasi

Olmaliq ma’danli maydonining o‘rganilish tarixi shuni ko‘rsatadiki, ushbu hududdagi tog‘ jinslari bir necha tektogenez davrlari bilan xarakterlanuvchi ko‘p karrali o‘zgarishlarni boshdan kechirgan. Hududda kaledon, gersin va alp davlari bilan bog‘liq bo‘lgan plikativ hamda diz’yunktiv tektonik harakatlar kuzatiladi. Bu davrlar tektonik harakatlari natijasida turli masshtabli burmalar va yer yoriqlari shakllangan. Ushbu tektonik harakatlarning strukturasi hududning shimoliy-sharqiy qismida keng tarqalgan.


Keyingi yillarda geofizik tadqiqotlardan olingan natijalar tufayli yuz bergan tektonik harakatlar sababli quyidagi yer yoriqlari ajratilgan:
1 – shimolda Burgundi yoriqlari;
2 – markaziy Miskon yoriqlari;
3 – janubda Qolbuloq yoriqlari.
Qorabuloq, Qolbuloq, Bantovoq, “Jeleznыy” kabi qator yirik yer yoriqlari hududda tektonik harakatlarning ko‘p bo‘lganligidan dalolat beradi.
Magnitometrik tasvirga olish ishlari shuni ko‘rsatadiki, shu yer yoriqlari bo‘ylab sanoatbop ma’dan konlarini joylashishini aniqlab beradi. Burmalanish bosqichi tugagandan keyin hududda kaledon davri vulqon mahsulotlarining rivojlanishi, tog‘larning hosil bo‘lishi kuzatiladi.
Olmaliq ma’danli maydoni bo‘ylab hosil bo‘lgan barcha ma’danli konlar Gersin davrida yuzaga kelgan.
Hududning tektonik sxemasidan kelib chiqqan holda Qalmoqir koni ikki yirik burmali strukturalar: G‘arbiy-Olmaliq antiklinal burmali strukturasi va Markaziy-Olmaliq sinklinal strukturalarining bukilgan joyida joylashagan.
Qalmoqir konining o‘zini uchta burmali struturaga ajratish mumkin:
  • Shimoliy-g‘arbdagi yadrosida Qalmoqir shtok shaklidagi tananing granodiorit-porfirli intruziyadan iborat shimoliy-g‘arb yo‘nalishidagi antiklinal burmasi;


  • Konning markaziy qismida qanotlari andezit-datsitlardan (D13) iborat D2ohaktoshli sinklinal burma kuzatiladi. Ushbu burmali struktura shimoliy-sharqiy yo‘nalishdagi mayda burmali seriyadan tashkil topgan;


  • Konning janubiy-sharqida yadrosida Jonibek shtokining granodiorit-porfirlaridan iborat shimoliy-g‘arb yo‘nalishidagi riolit-porfirli antiklinal burma kuzatiladi.


Kondagi eng yirik struktura bu shimoliy-g‘arbiy yo‘nalishidagi G‘arbiy Olmaliq yer yorig‘i hisoblanadi. Ushbu struktura hisobiga Olmaliq tipidagi granodiorit-porfirli shtok shakllangan.


Barcha yer yoriqlari 500-800 darajali o‘tkir burchak og‘ishiga ega. Yirik yer yoriqlari ma’dan hosil bo‘lishidan ilgari paydo bo‘lgan.
Qalmoqir konida turli tog‘ jinslarining kontaklari bo‘yicha tektonik harakatlar sodir bo‘lgan. Hammasidan ko‘ra Qalmoqir shtoki granodiorit-porfirlari va riolit-porfir, andezitli-datsit va karbonatli jinslar kontaktlari bo‘yicha sodir bo‘lgan formatsiyalararo buzilish kontaktidagi harakatlar serunum hisoblanadi.

Yüklə 270,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə