Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika universiteti Tabiiy fanlar fakulteti kechki Geografiya oʻqitish metodikasi



Yüklə 270,82 Kb.
səhifə25/29
tarix13.12.2023
ölçüsü270,82 Kb.
#149113
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29
3.4. Geomorfologiya
Tadqiqot olib borilayotgan hudud o‘rta tog‘ mintaqasiga kiritiladi.O‘rganilgan maydonlarda morfologik tuzilmalar elementlari orasida quyidagi genetik tiplarni ajratib ko‘rsatish mumkin: gravitatsion, dellyuvial, prolyuvial, allyuvial, yer osti suvlari faoliyatida shakllangan xosilalar, denudatsion va boshqalar.
I.Gravitatsion morfo tuzilmalar:
Bu tuzilmalar o‘rganilayotgan hudud bo‘ylab xamma joyda tarqalgan. Ular orasida gravitatsion nishabliklar ajratib ko‘rsatilib, yig‘ilmalar va o‘pirilishlar elementlari kuzatiladi: o‘pirilish masalalari, uzilish sohalari kabi.
Gravitatsion nishabliklar gravitatsion shakllar orasida nisbatan keng tarqalganligi bilan ajralib turadi va alohida o‘rinni egallaydi.
Uzilish sohalari deyarli barcha joylarda gravitatsion nishabliklar hududlarida uchraydi va ularning tepa qismida joylashadi.
Qulash, o‘pirilish sohalari asosan gravitatsion nishabliklarda joylashadi. Bu holatda agar, qulagan massa o‘pirilishlarni to‘ldirmasa, bu massa Go‘shtsoy va Nishbosh daryolari qirg‘oq hududlarida cho‘zilgan shleyf sohalarni xosil qiladi, bunda yuza qatlamda turli xil yoshdagi genezisga ega qatlam kuzatiladi, bu esa hozirgi vaqtda eroziya xodisalarining sezilarli jadallikda davom etishidan dalolat beradi.
II.Flyuvial morfotuzilma
I.Davriy suv oqimi ta’siri shakllangan xosilalar:
a) Dellyuvial shakllar. Bu guruhga gravitatsion-dellyuvial qulashlar, yuvilishlar yuza nishabliklari kiritilib, akumulyativ shakllarga dellyuvial yig‘ilish sohalari kiradi.
Dellyuvial-garvitatsion yuvilish nishabliklari asosan tizmalarning suv ayirgichlari hududlarida joylashgan bo‘lib, bundan tashqari nishablar hududida, oqim suvlari qatlami mavjud sohalarda tarqalgan.
Dellyuvial yig‘ilma nishabliklari barcha sanab o‘tilgan dellyuvial shakllarning nishabliklar asosidagi yig‘ilish materiallari natijasida rivojlanadi.
b) Prolyuvial nishablar.
Chiqarma konuslari tavsiflanayotgan maydonlarda hamma joyda tarqalgan. Ularning asosiy manbasini odatda gravitatsion nishabliklar, dellyuvial-gravitatsion qulashlar, yuvilish nishabliklari tashkil qiladi. Bir qator holatlarda qo‘shni chiqarma konuslari prolyuvial shleyfni xosil qilishi kuzatiladi.
II. Doimiy suv oqimlari faolyatida xosil bo‘lgan shakllar.
Allyuvial shakllar doimiy daryo suv oqimlari ta’sirida vujudga kelgan. Asosiy suv tomirlari Go‘shtsoy va Nishbosh daryolari hisoblanadi. Vodiylarning ko‘ndalang shakli o‘rtacha oqimda yuqoriga tomon yo‘nalgan shakllarni xosil qiladi, quyi terasalarda esa tog‘ora (korita) shakliga ega. Vodiylarning yetarlicha cho‘zilgan holatdagi ko‘ndalang kesimi almashinib turuvchi xususiyatga ega bo‘lib, bu holat litologik jinslar tarkibigning neotektonika ta’sirida almashinib turishi bilan izohlanadi.
III.Aralash xosil bo‘lgan relef elementlari
Bu guruhga yer osti suvlarining majmuaviy faoliyati ta’sirida vujudga kelgan shakllar kiritiladi, bunda asosiy rolni og‘irlik kuchi omillari ta’siridagi morfologik tuzilmalar tashkil qiladi.
1.O‘pirilish:
O‘pirilishlar nisbatan kam uchraydi, bu sohalar asosan Mirzachul kompleksi tarkibidagi qumli qatlamlarda tarqalgan. Siljuvchi sohalar dellyuvial-garvitatsion nishabliklarni tashkil qiladi.

Yüklə 270,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə