Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika universiteti Tabiiy fanlar fakulteti kechki Geografiya oʻqitish metodikasi


Allyuminiyning endogen formatsiyasi



Yüklə 270,82 Kb.
səhifə28/29
tarix13.12.2023
ölçüsü270,82 Kb.
#149113
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29
4.Allyuminiyning endogen formatsiyasi. Go‘shsoy alunit qazilma koni Ko‘chbuloq qazilma konidan 4 km janubiy-sharqiy qismda joylashgan. Ushbu maydonda 6 ta maydon ajratib ko‘rsatiladi, bunda kvars-alunitli tana (10-70% alunitli), turli xildagi qalinlikda (10-100 metr) ifodalangan. Bu qatlam yuzada yalang‘och holatda uchraydi, 200 metr chuqurlikgacha kirib boradi, bu esa qazilma konida ochiq tipda ish olib borish kerakligini ko‘rsatadi. Qazilma koni hududida yarim sanoat tipidagi texnologik sinovlar o‘tkazilgan: bu esa sanoat ishlarini tashkillashtirishni qoniqtiradi.
Qisqacha tavsiflashdan ko‘rinib turibdiki, hududda ko‘plab foydali qazilmalar mavjud va sanoat miqyosida ishlab chiqarish uchun yetarlicha oltin, kumush, polimetall va boshqa mineral xom ashyo zahiralariga ega hisoblanadi.
Olmaliq rayoni mis, molibden, qo‘rg‘oshin, ruh, kumush va nodir metallarning zahiralari ko‘pligi bilan O‘zbekiston va Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) mamlakatlari orasida yetakchi o‘rinda turadi.
Hududda eng yirik konlar sirasiga quyidagi konlar kiradi: mis-porfirli Qalmoqir, Dalnee, Qorabuloq konlari; mis-molibdenli – Saricho‘qqi; qo‘rg‘oshin-ruhli Qo‘rg‘oshinkon, Kulchuloq konlari shular jumlasidan hisoblanadi.
Bundan tashqari Olmaliq hududi atrofida yirik konlardan boshqa kichik-kichik bir qancha ma’danli zonalar mavjud. Konlarning ko‘pchiligi geografik joylashish o‘rni bo‘yicha juda qulay (karer), ochiq usul bilan qazib olish imkonini beradi. Hududda ma’danli formatsiyalar quyidagicha ajratiladi:
  1. Oltin-mis-porfirli;


  2. Mis-molibdenli;


  3. Qo‘rg‘oshin-ruhli.


Ushbu keltirilgan formatsiyalar sanoat ahamiyatiga ega. Ushbu konlardagi ma’danlar asosida Olmaliq tog‘-metallurgiya kombinati ishlaydi.



Xulosa
Ishlab chiqarish va ilm-fan muassasalarining tandemisiz innovatsiyani tasavvur etib bo‘lmaydi, — dedi vazir. — Olmaliq kon-metallurgiya kombinati 10 kishini Koreyada o‘qib kelishini ta’minlagan bo‘lsa, biz sizlarning yana 10 nafar mutaxassislaringizni dunyoning boshqa rivojlangan davlatlarining yetakchi universitetlari, ilmiy-tadqiqot markazlarida malakalarini oshirib qaytishlarini ta’minlab beramiz. Shuningdek, kombinat faoliyatiga foyda keltiradigan ilmiy-texnik loyihalarning 50 foizini moliyalashtirishga tayyormiz. Zero, nodir metallarsiz innovatsion uskunalarni yaratish, muqobil energiya manbalaridan foydalanishni tasavvur etib bo‘lmaydi. Qazilma boyliklardan foydalanishni kamaytirish, atrof-muhitga zarar keltirmaslik zamirida yangi texnologiyalar yotarkan, zamonaviy uskunalarni avvalo o‘z yurtimizda ishlab chiqarilishini ta’minlashimiz kerak. Nodir metallar esa bu sohada yetakchilikni qo‘lga kiritishimizda yordam beradi. Olmaliq kon-metallurgiya kombinati — Oʻzbekistonda rangli metallurgiya sanoatining yirik korxonasi. Kombinat 2 majmuadan — qoʻrgʻoshin-rux (Qoʻrgʻoshinkon, Oltintopgan, Sardoba va Chalata konlari, qoʻrgʻoshin-rux boyitish fabrikasi va rux zavodi) hamda Mis ishlab chiqarish majmuasidan (Qalmoqqir koni, mis boyitish fabrikasi, mis zavodi)dan iborat.
Korxona tomonidan Qurama togʻlaridagi polimetalli rudalarning boy zaxirasini keng koʻlamda oʻzlashtirish maqsadida kon-qurilish ishlari 1949-yildan boshlangan edi. 1950-yilda qoʻrgʻoshin koni, 1954-yilda qoʻrgʻoshinrux boyitish fabrikasi, 1955-yilda Oltintopgan koni qurib bitkazildi. 1961-yilda mis-molibden ruda boyitish fabrikasi, 1964-yilda miss eritish zavodi, 1970-yilda rux zavodi, 1971-yilda Chalata koni, 1974-yilda Sari-Cheka karyeri ishga tushirildi. Olmaliq konmetallurgiya kombinati aksiyadorlik jamiyati obʼyektlarini rivojlantirish 80-yillarda ham faol davom ettirildi. 1999-yildan kombinat ochiq aksiyadorlik jamiyatiga aylantirildi.
K-tda qazib chiqariladyotgan rudalar tarkibidan 13 ta kimyoviy elementlarni ajratib olib mis va mis buyumlar, rux, kadmiy, oltin, kumush, qoʻrgʻoshin, sulfat kislotasi, mis va molibden konsentratlari, selen, tellur, mis va rux kuporosi kabi mahsu-lotlar ishlab chiqariladi. Korxona boʻlinmalarini „Svedala“ (Shvetsiya), „Varmon“ (Germaniya), „Integra Gro-ur“ (Amerika), „Mexanabr-Injiniring“ (Rossiya) va boshqa ilgʻor firmalarning zamonaviy asbobuskunalari bilan jihozlash ishlari olib borilmoqda. Kombinatt mahsulotlari chet mamlakatlarga eksport qilinadi.[1]



Yüklə 270,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə