2.3.Markaziy Osiyo transport tizimini samarali boshqarish va
muvofiqlashtirishda O`zbekistonni o`rni
1.
Markaziy Osiyo mamlakatlarining transport tizimini jahon transport
tarmog„iga integratsiyalashuvini jadallashtirish uchun mintaqa davlatlari transport
tizimlarini kooperatsiyalashuviga erishish kerak.
2.
Mintaqa davlatlarining transport sohasidagi siѐsatini muvofiqlashtirishga
bo„lgan zarurat bugungi kunda amaldagi ikki tomonlama shartnomalar asosida
yo„lga qo„yilgan mexanizmning samarasizligi bilan izohlanadi. Xususan, mintaqa
transport tizimi xizmatlariga bo„lgan talabning ortishi sharoitida mintaqa davlatlari
hududi orqali tashilaѐtgan xalqaro yuklar hajmida nafaqat barqarorlik, balki salbiy
tendensiyalar kuzatiloqda. Bunga, dissertatsiya ishi davomida tadqiq etilgan qator
muammolar kompleks tarzda ta‟sir ko„rsatmoqda.
3.
Mintaqaviy transport tizimiga salbiy omillar ta‟sir darajasi yuqori va o„z
navbatida ijobiy omillar barqaror emas. Asosiy salbiy omil sifatida mintaqaning
ayrim davlatlariga, xususan O„zbekiston manfaatiga zid bo„lgan transport
loyihalarning rivojlanaѐtganligini qayd etish lozim.
4.
Har qanday mintaqadan tashqaridagi davlat mintaqa transport xizmatlaridan
foydalanishda uni yagona tizim sifatida ko„rishni xohlaydi. Chunki mintaqa orqali
tashiladigan xalqaro yuklarni tashishda yagona kelishuv asosida hamda bir
xillashtirilgan talablar va protseduralardan o„tish vaqtni hamda moliyaviy
xarajatlarni tejaydi. Bu borada, Markaziy Osiyo mintaqasi logistik nuqtai-
nazardan qulay hudud shakliga ega, ya‟ni mintaqa davlatlarida xalqaro logistik
markazlarning joylashuvini optimallashtirish va o„zaro hamkorligini yo„lga
qo„yilishi mintaqaning transport jozibadorligini yanada oshiradi. Mazkur holatlar
mintaqa transport tizimini o„zaro muvofiqlashtirishni taqozo etadi.
Yuqorida qayd etilganlardan kelib chiqib, mintaqaviy transport tizimini samarali
muvofiqlashtirish mexanizmini tashkil etish yo„lida quyidagi taklif va tavsiyalar
ishlab chiqildi:
Milliy darajadagi transport tizimi uchun:
1.
O„zbekiston transport tizimini samarali boshqarish bo„yicha huquqiy –
tashkiliy yo„nalishda:
39
mamlakat transport tizimini doimiy monitoringini olib borish maqsadida
O„zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi
«Qurilish sanoati, kapital qurilish, kommunal soha va transport masalalari bo„yicha
axborot tahliliy departamenti» mutaxassislari, vakolatli tashkilot va
idoralarning mas‟ul xodimlari, shuningdek transport sohasida yetakchi olim va
ekspertlar tarkibidagi ishchi guruh faoliyatini tashkil etish. Ishchi guruh yig„ilishi
muhokamasiga mamlakat transport tizimidagi muammolar qamrovidan, qolaversa
transport sohasidagi manfaatlarga bo„laѐtgan tahdidlardan kelib chiqqan holda
O„zbekistonda transport turlari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi, yagona siѐsat
yurituvchi davlat boshqaruv organi faoliyatini shakllantirish masalasini qo„yish;
ishchi guruh tomonidan mamlakat transport tizimini kompleks monitoring qilish
mexanizmini takomillashtirish va bunda dissertatsiyada ishlab chiqilgan (indikativ
ѐndashuv asosida) metodikadan foydalanish maqsadga muvofiq hisoblanadi;
O„zbekistonning transport sohasidagi uzoq muddatli ichki va tashqi siѐsatini
belgilab beruvchi Davlat strategiyasini ishlab chiqish imkoniyatlarini ko„rib
chiqish.
2.
O„zbekiston orqali xalqaro tashuv jaraѐnini takomillashtirish va ushbu
jaraѐnni xalqaro amaliѐtga muvofiqlashtirish yo„nalishida:
tranzit va transport sohasidagi milliy qonunchilik hujjatlarining O„zbekiston
Respublikasi xalqaro shartnomalari talablariga muvofiqligini tahlil qilish;
O„zbekiston Respublikasi transport sohasidagi shartnomaviy-huquqiy bazasini
inventarizatsiya qilish;
tranzit va tariflar bo„yicha O„zbekiston Respublikasi me‟ѐriy- huquqiy hujjatlarini
mintaqa davlatlarida amalda bo„lgan me‟ѐriy- huquqiy hujjatlar bilan solishtirish
va ularni muvofiqlashtirish bo„yicha takliflar tayѐrlash;
mamlakat orqali o„tuvchi tranzit jaraѐnini tartibga solish maqsadida
«Tranzit to„g„risidagi qonun»ni ishlab chiqish va qabul qilish;
xizmat ko„rsatishning zamonaviy texnologiyalarini joriy qilish, jumladan
avtotransportlarda tashiladigan yuklarni qo„zg„atmasdan tekshirish imkoniyatiga
ega maxsus skanerlardan foydalanish;
40
import va eksport tashuvlarida milliy transport korxonalari ulushini oshirish
bo„yicha tegishli chora-tadbirlar ishlab chiqish;
respublikadagi yuk o„tkazish hajmi yuqori bo„lgan temir yo„l bojxona postlarini
skaner ko„rik apparatlari bilan ta‟minlash;
Vazirlar Mahkamasining temir yo„l transporti orqali tashilaѐtgan yuklar ustidan
bojxona ko„rigini amalga oshirishga qaratilgan Qarorlari va ularning ilovasida
keltirilgan ro„yxatlarni soddalashtirish, shuningdek, chegara bojxona postlarida
asosli gumon bo„lmagan hamda skaner apparatlaridan o„tkazilgan yuklarni qayta
bojxona ko„rigini bekor qilish;
O„zbekistonda amalda bo„lgan temir yo„l tashuvlari uchun belgilangan tarif
stavkalarini bosqichma-bosqich kamaytirish choralarini ko„rish;
«O„zbekiston temir yo„llari» aksiyadorlik jamiyati hisobidagi poezd lokomotivlari
sonini ko„paytirish hamda yuk vagonalari holatini yaxshilashni jadallashtirish;
mamlakatdagi tashqi savdo qatnashchilari va tashuvchi firmalar o„rtasidagi
hamkorlikni mustahkamlash maqsadida o„z yuklarini milliy tashuvchilar
xizmatidan foydalangan holda import va eksport qilaѐtgan tadbirkorlarga daromad
solig„idan soliq imtiѐzlarini qo„llash.
3.
Mintaqa transport tizimida mamlakat transport tarmog„i ahamiyatini
oshirish, shuningdek O„zbekistonni aylanib o„tuvchi koridorlarning milliy iqtisodiy
manfaatlarga salbiy ta‟sirini kamaytirish maqsadida:
xalqaro konferensiyalarda Tojikiston bilan bog„liq 3 ta (TAT,
«Xitoy-Qirg„izston-Tojikiston»
va
«Rossiya-Qozog„iston-Qirg„izston-
Tojikiston») loyihada ko„zda tutilgan hududlarning tog„li relefga egaligi, ayrim
ishtirokchi davlatlarning moliyaviy imkoniyatlarining cheklanganligi, ushbu
koridorlarning tranzit salohiyatini yuqori emasligi hamda bu yo„nalishda amalda
foydalanilaѐtgan, infrastrukturasi shakllangan O„zbekiston orqali o„tuvchi transport
koridorlarining imkoniyatlarini targ„ib etib borish;
«Qozog„iston-Turkmaniston-Eron» temir yo„lining nisbatan (infratuzilmaning)
yangiligi, ishtirokchi davlatlar o„rtasida kelishmovchiliklarning mavjudligi,
bugungi kunda faqatgina imtiѐzlar orqali tranzit yuklarni jalb qilaѐtganligi hamda
41
yo„lning cho„l hududida qurilganligi bilan bog„liq muammolar sharoitida,
an‟anaviy bo„lgan, ma‟lum darajada infratuzilmaga ega O„zbekiston orqali
o„tuvchi koridorlar istiqboli yuzasidan tegishli choralarni ko„rish, mazkur yo„ldan
foydalanish imkoniyati yuqori bo„lgan davlatlarga (Xitoy, Hindiston, Pokiston va
boshq.) O„zbekiston orqali harakatlanishlari uchun qo„shimcha imtiѐzlarni tatbiq
etish;
bir-birini aylanib o„tuvchi tranzit koridorlardan o„zaro manfaatli foydalanish
yuzasidan mintaqa darajasidagi ko„ptomonlama kelishuvga erishish. Jumladan,
«G„arbiy Yevropa - G„arbiy Xitoy» avtomagistralidan O„zbekiston ham Chimkent
orqali bog„lanib, Janubiy va Janubi-G„arbiy Osiyo davlatlariga O„zbekiston tranzit
davlat vazifasini o„tashini ta‟minlash;
«O„zbekiston-Qirg„iziston-Xitoy» temir yo„li loyihasini yakuniga yetkazish
yuzasidan loyihaning 268 kmlik Qirg„iziston qismidagi qurilish ishlarini imtiѐzli
shartlar asosida O„zbekiston tomonidan amalga oshirilishi masalasini o„rganib
chiqish. Bunda, Vazirlar Mahkamasi qoshidagi Qurilish sanoati, kapital qurilish,
kommunal soha va transport masalalari bo„yicha axborot tahliliy Departamenti
boshchiligida transport tizimiga aloqador tashkilot va idoralarni mutaxassislari,
ekspertlar va olimlar ishtirokida «O„zbekiston-Qirg„iziston-Xitoy» temir yo„li
loyihasini amalga oshirish muammolari va ularni bartaraf etish yo„llari» mavzusida
ilmiy-amaliy seminar o„tkazish;
«Toshkent-Andijon-O„sh-Irkeshtom-Qashg„ar»
avtomobil
koridorini
Qirg„izistonning janubiy hududidan o„tgan qismini qayta ta‟mirlash ishlarini
amalga oshirish yuzasidan investitsion loyihalarni jalb qilishda O„zbekiston tomoni
ham birdek manfaatdor ekanligini hisobga olish.
Mintaqa darajasidagi transport tizimi uchun:
4.
Markaziy Osiyo transport tizimini samarali boshqarish va muvofiqlashtirish
yo„nalishida:
mintaqa transport tizimini samarali boshqarish mexanizmini tashkil etish bo„yicha
ishlab chiqilgan 8 bosqichli konseptual model asosida tegishli xarakatlarni
boshlash;
42
mazkur modelda ko„zda tutilgan konsepsiyada umummintaqaviy transport tizimini
rivojlantirish dasturini ishlab chiqishni ko„zda tutish;
mintaqa darajasida transport tizimini boshqarishda mazkur modelning 7-
bosqichida ko„zda tutilgan telematika tizimini qo„llash va rivojlantirish, bunda
yagona axborot ta‟minoti va almashinuv markazi faoliyatini yo„lga qo„yish
bo„yicha tegishli choralarni ko„rish;
mintaqada transport integratsiyasini rivojlantirish bo„yicha YeI tajribasini
Markaziy Osiyo mintaqasida qo„llash bo„yicha dissertatsiyada ishlab chiqilgan
ssenariylarni O„zbekiston manfaatlari kesimida talqin etish. Unda, keyingi
harakatlarni ikkinchi ssenariy bo„yicha amalga oshirilishini maqsadga muvofiq
hisoblanadi;
Evroppa tajribasidan kelib chiqqan holda, mintaqadagi transport muammolarini
bosqichma-bosqich tegishli dasturlarni haѐtga tatbiq etish orqali hal etib borish.
5.
Mintaqa orqali xalqaro tashuv jaraѐnini tartibga solish va takomillashtirish
yo„nalishida:
1972 va 1994 yillarda qabul qilingan konteyner tashuvlariga oid Konvensiyalarga
mintaqa davlatlarini a‟zo bo„lish masalasini hukumatlararo yig„ilishi kun tartibiga
kiritish;
mintaqada barcha davlatlar manfaatlarini ko„zda tutuvchi transport sohasida
uyg„unlashtirilgan qoidalardan foydalanish zarurati mavjudligi to„g„risida ilmiy
maqolalar, tahliliy materiallar tayѐrlash va mintaqaviy tashkilotlar, loyihalar va
dasturlar (MOMIH, ShHT va boshq.) doirasida o„tkaziladigan forumlarda,
yig„ilishlarda ilgari surish;
o„zaro tranzit tashishlarda bosqichma-bosqich ko„p tomonlama (mintaqa davlatlari
o„rtasida) kelishuvlardan foydalanish va uchinchi davlatlarga nisbatan yagona
tranzit tariflari va shartlarini qo„llash mexanizmiga o„tish.
|