III.Markaziy Osiyo transport tizimini boshqarish mexanizmining
samaradorligini oshirish yo„llari .
O„zbekiston Respublikasining
transport sohasidagi manfaatlari
quyidagi
yo„nalishlarda namoyon bo„ladi: shaxs, jamiyat va davlatning zamonaviy transport
xizmatlariga bo„lgan ehtiyojlarini samarali qondirish; transport kompleksini
modernizatsiya qilish orqali xo„jalik yurituvchi sub‟yektlarning
yuqori iqtisodiy
samaradorligiga hamda transport jarayonlari xavfsizligiga erishish; sharqiy
davlatlarni g„arbiy va janubiy davlatlar bilan bog„lovchi
yangi transport
koridorlarini
yaratish
va
mavjudlarini
modernizatsiya
qilish;
transport
kompleksining tranzit salohiyatini oshirishda muhim omil hisoblangan mamlakat
transport xavsizligini xalqaro standart darajasiga olib chiqish;
tranzit tizimining
iqtisodiy samaradorligini oshirish maqsadida transport magistrallarining yuk
o„tkazish qobiliyatini kengaytirish;
Markaziy Osiyo transport tizimi integratsiyalashuvida va rivojlanishida manfaatli
ishtirok etish, mazkur tizimda O„zbekiston imkoniyatlarini
oshirish va undan
samarali foydalanish; eksport-import operatsiyalarida transport xarajatlarini
minimallashtirish orqali
xalqaro savdoni rivojlantirish; transportda yuzaga
kelayotgan jinoyatlarni, jumladan terrorizmni oldini olish va bartaraf etish.
Yuqoridagilarni umumlashtirgan holda O„zbekistonning transport sohasidagi
milliy manfaatini
quyidagicha qayd etish mumkin: Mamlakatdagi
arzon va sifatli
transport xizmatlariga bo„lgan ehtiyojni barqaror
ta‟minlash, mavjud
transport
yo„llarini kengaytirish va modernizatsiya qilish, shuningdek yangilarini qurish orqali Yevropa va Osiyoni bog„lovchi milliy transport
kompleksini rivojlantirish
hamda mintaqada raqobatbardoshligini ta‟minlash.O„zbekistonda transport tizimi
asosiy makroiqtisodiy ko„rsatkichlarining iqtisodiyotga ta‟sir darajasini aniqlash
maqsadida ekonometrik model ishlab chiqildi.
Modelda YaIM, temir yo„lda va avtomobil transportida
tashilgan umumiy va
tranzit yuklar hajmi, tashish sohasiga kiritilgan investitsiya hajmi kabi asosiy
ko„rsatkichlar bo„yicha quyidagi statistik ma‟lumotlardan foydalanildi (5-jadval).
Dostları ilə paylaş: