31
Ichki havo yo„llaridagi aloqa almashinuvi ko„pchilik aviakompaniyalarda ikinchi
darajali hisoblanadi, shuning uchun ham bu yerda ma‟naviy va jismoniy eskirgan
aviatexnikalardan foydalaniladi.
Joriy talablar darajasida havo tashuvlarida havo kemalarining yetishmasligi
kuzatilmaydi, shu bilan birga yangi havo kemalarini sotib olish uchun
investitsiyalarga
yuqori ehtiyoj mavjud, bunga asosiy sabab texnik xizmat
ko„rsatishlardagi, yoqilg„i tejamkorligi ekspluatatsiyaning umumiy sifati va yetib
kelayotgan muddati kabi muammolardir.
Bu transport turi transportning eng qimmat va shu bilan birga eng tez
harakatlanadigan hamda joy rel‟yefiga kam bog„liq bo„lgan turidir. Yo„lovchi
tashishda, ayniqsa uzoq masofaga,
xorijga tashishda, bironta ham transport havo
transporti o„rnini bosa olmaydi. Havo transporti ayniqsa shoshilinch va
qimmatbaho yuklarni tashishda katta ahamiyatga ega.
O„zbekiston iqtisodiyotining rivojlanishida va iqtisodiy aloqalarni o„sishida havo
transportining roli ortib bormoqda. Respublikamiz endilikda MDH ni yuzdan ortiq
shahar va aholi manzilgoxlari bilan havo transporti orqali bog„langan. Toshkent
aeroporti Sharqning havo darvozalaridan biridir.
Toshkentdan MDH dan tashqari London, Manchester, Frankfurt- mayn, Tel-Aviv,
Jidda, Istambul, Karachi, Dehli, Kuala-Lumpur,
Bangok, Pekin, Afina, Amsterdam, Seul va Nyu-York shaharlariga muntazam avia
reyslar tashkil etilgan.
“O„zbekiston havo yo„llari” aviakompaniyasi xilma-xil tipdagi havo kemalariga
ega. Qishloq xo„jalik ishlariga mo„ljallangan AN-2, mahalliy (respublika) havo
yo„llarida qatnaydigan AN-24, YaK-40, xalqaro klassdagi IL-76, IL-62, IL-86,
TU-154, A-310
kabi samolyotlar, vertolyot parkida MI2, MI-8, KA-26 kabi
mashinalar
bor. Respublikada
AN-2
samolyoti,
MI-2,
MI-8,
KA-26
vertolyotlaridan iborat maxsus maqsadlardagi aviatsiya parki qishloq xo„jaligi,
tibbiy sanitariya xizmati, meteorologiya, geologiyaqidiruv, gaz sanoati va boshqa
sohalarda unumli ishlatilmoqda. 1996 yildan “Boing-757” va “Boing- 764”
samolyotlari, mahalliy havo yo„llarida IL-114 samolyotlaridan foydalanishga
32
kirishildi. “O„zbekiston havo yo„llari” milliy avia kompaniyasi tarkibida 13
zamonaviy aeroport bor (Toshkent, Termiz, Urganch, Farg„ona, Qarshi, Buxoro,
Samarqand, Nukus, Navoiy, Jizzax, Qo„qon shaharlarida). Toshkent,
Samarqand
Buxoro, Navoiy aeroportlari xalqaro maqomga ega.O„zbekiston havo yo„llari”
milliy kompaniyasi aviaparkini bosqichma-bosqich yangilash dasturi amalga
oshirilmoqda. Yevropaning O„zbekiston milliy aviakompaniyasi ramzi
tushirilgan dastlabki
«Airbus» samolyoti mamlakatimizga 1993-yil, Amerikaning «Boeing» havo
kemasi esa 1996-yilda keltirildi. Ular nafaqat xalqaro,
balki mahalliy
yo„nalishlarga parvoz qilgan Il-62, Il-86, Tu-154, Yak-40, An- 24 samolyotlari
o„rnini egallamoqda. So„nggi uch yilda aviakompaniya parki jahon aviatsiya
sanoatining yyetakchi korxonalarida ishlab chiqarilgan zamonaviy, qulay va
tejamkor «Airbus-320-200» va
«Boeing 767-300-ER» havo kemalari bilan to„ldirildi.
2016-yilda O„zbekistonga ikkita «Boeing 787 Dreamliner»ning
keltirilishi
mamlakatimizda aviatashuvlar rivojlantirish tarixidagi eng muhim voqea bo„ladi.
«O„zbekiston havo yullari» uzoq masofaga parvoz qiladigan ushbu qulay va
shinam laynerlarni xarid qilish bo„yicha «Boeing – Fuqaro samolyotlari»
kompaniyasi bilan shartnoma imzolagan dastlabki aviakompaniyalardan biridir.
Milliy aviakompaniyamiz MDH hududida ushbu yangi havo kemalaridan birinchi
bo„lib foydalanadi.
Havo
transporti
rivojlanish
ko„rsatkichlaridan biri aeroportlar bilan
ta‟minlanganlik darajasiga bog„liq. Toshkent aeroportida bir soatda 400
yo„lovchiga xizmat ko„rsatadigan mahalliy havo yo„llarining yangi aerovokzali
barpo etildi. «Navoiy» va «Buxoro» aeroportlarida barcha qulayliklarga ega va
yuqori texnologiyali uskunalar bilan jihozlangan yangi yo„lovchi
terminallari
samarali faoliyat ko„rsatmoqda. “Urganch” xalqaro aeroportida 2011-yilda
yo„lovchilarni qabul qiladigan yangi zal, bir oy avval esa soatiga 300 kishiga
xizmat ko„rsatish quvvatiga ega yo„lovchi terminali ishga tushirildi.
Aeroportlar infratuzilmasini rivojlantirishga doir chora-tadbirlarning izchil amalga
33
oshirilishi natijasida mamlakatimizning 12 aeroporti xalqaro maqomga ega
bo„ldi. «Toshkent», «Buxoro», «Samarqand»,
«Nukus», «Qarshi», «Termiz», «Urganch», «Andijon», «Farg„ona»,
«Navoiy», «Namangan» aeroportlari boshqa bo„linmalar qatori ISO 9001:2008
xalqaro sifat standarti talablariga muvofiqlik bo„yicha dastlabki resertifikatsiya
auditidan o„tdi.
Dostları ilə paylaş: