O„zbekistonning transport sohasidagi asosiy ko„rstakichlari
(2014-2022 yillar uchun)
Yillar
YaIM,
mln doll.
Temir
yo„lda
tashilgan
tranzit
hajmi,
mln t
Avtomobil
da
tashilgan
tranzit
hajmi,
mln t
Tashish
va
saqlash
tizimiga
kiritlgan
investitsiya,
mln doll
Avtomobil
transportida
yuk tashuv
hajmi,
mln t
Temir
yo„lda
yuk
tashuv
hajmi,
mln t.
2014
22310
9.117
0.448
181.76
253.5
58
2015
29550
9.758
0.459
327.51
283.4
62.9
2016
33690
10.444
0.47
597.46
299.9
65.6
2015
39330
8.38
0.547
560.66
324
56.9
2016
45920
11.221
0.687
415.25
350.7
59.6
2017
51820
11.984
0.904
448.04
379.1
61.5
2018
57690
8.158
0.775
519.87
398.5
63.7
2019
63070
7.881
0.621
454.07
419.1
65.7
2020
66900
7.602
0.513
357.43
440.1
67.2
2021
67220
7.771
0.476
478.89
468.8
67.6
2022
72463.2 7.108
0.602
394.21
499.3
68.1
Xususan, mazkur modeldan quyidagi xulosani chiqarish mumkin: agar temir yo„l
orqali tranzit hajmi 1 mln tonnaga ortsa, YaIM hajmi ham 783 mln dollarga
ortadi; agar avtomobil transporti orqali tranzit hajmi 1 mln tonnaga ortsa, YaIM
hajmi ham 138,81 mln dollarga ortadi; agar transport sohasiga investitsiya hajmi 1
mln dollarga ortsa, YaIM hajmi ham 2,97 mln dollarga ortar ekan; agar
avtomobil transport orqali yuk tashish hajmi 1 mln tonnaga ortsa, YaIM hajmi
ham 187,5 mln dollarga ortadi; agar temir yo„l orqali yuk tashish hajmi 1 mln
tonnaga ortsa, YaIM hajmi 229,42 mln dollarga ortadi.
24
II.Bob.
Markaziy Osiy transportida
O`zbekiston transporti tizimining tarmoqlari.
2.1.O„zbekiston transport tizimining tarmoqlar tarkibi
Temir yo„l transporti.
Milliy iqtisodiyotda temir yo„l transportining yo„lovchilar
hamda yuk tashishdagi salmog„i katta. Hududi ulkan va katta qismi tekisliklardan
iborat bo„lgan O„zbekiston uchun bu transport juda katta ahamiyatga ega. Temir
yo„l transporti iqlimiy sharoitlar va yil fasllari qanday bo„lishiga qaramay hamma
vaqt ishlayveradi. Hozirgi vaqtda mamlakatimizda temir yo„llarning umumiy
uzunligi 4641,9 km dan ortadi, shu jumladan umumiy foydalanilmaydigan (asosan
sanoat korxonalariga tortilgan) temir yo„llarning uzunligi 1500 km ni tashkil etadi.
727,4 km temir yo„llar elektrlashtirilgan
7
.
O„zbekistonda dastlabki temir yo„l 1886 – 1888 yillarda Forob stansiyasidan
Samarqandgacha o„tkazilgan (bu yo„l G„arbiy Kaspiyorti temir yo„li nomi bilan
1880 yil noyabrdan 1886 yil dekabrgacha qurib bitkazilgan Krasnovodsk (hozirgi
Turkmanboshi)-Chorjuy temir yo„lining davomi). 1888 yil may oyida Amudaryo
orqali 2,7 km uzunlikdagi yog„och ko„prik bitkazilishi bilan temir yo„l
Samarqandgacha yotqizilib, poyezdlar qatnovi boshlandi. Keyinchalik bu yo„l
1895-1897 yillarda Ursatevsk (Hovost) stansiyasidan Qo„qongacha davom ettirildi.
1899 yili temir yo„l Toshkentgacha yetkazildi. 1906 yil yanvarda Toshkent –
Orenburg temir yo„li ishga tushirildi. 1907 yilda Qo„qon – Buxoro, 1913-1916
yillarda Farg„ona xalqa temir yo„lining Qo„qon – Namangan – Andijon
qismi,1913-1915 yillarda Kogon - Amudaryo stansiyasi va Qarshi – Kitob
shaxobchalari qurildi. 1917 yilga qadar hozirgi O„zbekiston yerida temir
yo„llarning uzunligi 1,1 ming km edi.Ekspluatatsiya qilish jarayoninig birinchi
bosqichlarida uning roli birinchi navbatda siyosiy va harbiy sohalarda ko„rilgan
bo„lsa, qadam- baqadam tijorat sohasidayam oshib bordi.1887 yildan 1900
yilgacha yuk ayirboshlash 7.3 barobarga ortdi. O„rta Osiyodan paxta, quruq meva,
ipak va qorako„l kabi mahsulotlarni olib chiqish keskin oshdi. O„z o„rnida,
Rossiyadan gazlama, shakar, metal va boshqa ishlab chiqarish mahsulotlarini
ko„proq olib chiqa boshladilar. Rossiya bozorlariga olib chiqish uchun ochilgan
25
imkoniyatlar ta‟siri ostida O„rta Osiyo mamlakatlarida ishlab chiqarish hajmini
o„sishi kuzatildi. Sanoatning alohida turlari rivojlana boshladi, birinchi navbatda
paxta tozalash sanoati bo„ldi. Temir yo„lning paydo bo„lishi Rossiyaning
Afg„oniston va Fors bilan savdoning rivojlanishiga ijobiy ta‟sir ko„rsartdi. Agar
1896-1900 yillarda rus-afg„on savdo yuk ayirboshlashi 2.7 mln.rublni tashkil etgan
bo„lsa, 1906-1910 yillarda 5.08 mln., 1911 yilda esa 10.6 mln.ni tashkil etar edi.
Temir yo„lning mavjudligi Forsning sharqiy hududlari va fors-rus savdosi
rivojlanishiga ham ta‟sir ko„rsatdi.
Sovet hukumati davrida O„rtaosiyo temir yo„llari Uzbek SSR, Turkman SSR,
Tojik SSR, qisman Qirg„iz SSR temir yo„llari tarmoqlarini birlashtirar edi. Temir
yo„l boshqarmasi Toshkentda joylashgan edi. Ikkinchi Jahon urushi yillarida temir
yo„l O„rta Osiyoni Kavkaz va SSSR markazi bilan aloqani ta‟minlar edi. Uning
o„tkazuvchanlik salohiyatini sezilarli darajada oshirish, joylarda noyob materiallar
va ehtiyot qismlarini ishlab chiqarish choralari ko„rildi. Qisqa muddat ichida
Toshkent-Angren (1941-1945) va Amudaryo- Dushanbe liniyalarida 9ta cho„yan
quyish va 3 ta po„lar quyish sexlari qurildi.
Urushdan keyingi yillarda hozirgi O„zbekiston hududida yangi temir yo„l
uchastkalari qurildi: Salar-Barraj (1947), Charjou-Qo„ng„irot (1957), Navoiy-
Uchquduq va Jizzax-Sirdaryo (hozirgi Mahnat) (1962), Keles-O„zbekiston (1966),
Barraj-Hojikent (1967), Superfosfat (hozirgi
Maroqand)- Qashqadaryo (1970), Termiz-Qo„rg„on-Tobe (1974),
Naymanko„l-Nukus (1975), Nukus-Chimboy (1980).
1963 yildan beri Kavkazorti temir yo„li bilan bog„laydigan parom kechuvi faoliyat
olib bormoqda, bu yuklarni vagonlardan tushirmasdan yetkazish imkonini beradi.
Mustaqillikka erishgandan so„ng O„zbekistonda temir yo„llar qurilishi yangi
pallaga kirdi. Navoiy-Uchquduq-Nukus, Sulton Uvays- Nukus yo„nalishlarida
temir yo„llarni ta‟mirlash va elektrlashtirish boshlandi. Urganch-Beruniy
elektrlashtirilgan yangi temir yo„li qurilmoqda. 233 km li G„uzor-Boysun-
Qumqurg„on temir yo„li qurilishi bu hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda
katta ahamiyatga ega.
26
“O„zbekiston temir yo„llari” 50 mingdan ortiq turli tiplardagi yuk vagoni va
Germaniyada tayyorlangan refrejeratorlarga, 1450 yo„lovchilar tashiladigan
vagonga ega. Tashiladigan yuklarning asosiy qismini qurilish materiallari (umumiy
tashiladigan yuk xajmini 32%), paxta tolasi (17%), g„alla, sement, kimyoviy
mahsulotlar va mineral o„g„itlar, ko„mir, sabzavot va boshqa xalq xo„jalik yuklari
tashkil etadi.
Temir yo„llarni elektrlashtirish dastlab 1970 yilda Toshkent – Yangiyo„l
uchastkasida boshlandi. Keyinchalik Xo„jakent-Sirdaryo liniyasi (148 km)da elektr
poyezdlar qatnovi yo„lga qo„yildi. 2000 yilda elektrlashgan uchastkalar 353,6 km
ni tashkil etdi. Bugungi kunga kelib ushbu ko„rsatkich 727,4 km ni tashkil etadi.
Germaniya bilan hamkorlikda Toshkent teplovoz tayyorlash zavodida yo„lovchilar
vagonlarini keltirilgan tayyor qismlardan yig„ish, Yaponiya bilan hamkorlikda
Toshkenda vagon ta‟mirlash zavodi qurib ishga tushirildi. “2011-2015-yillarda
infratuzilmani,
transport
va
kommunikatsiya
qurilishini
rivojlantirishni
jadallashtirish to„g„risida”gi dasturni amalga oshirish doirasida 2012 yilda 45
kilometrlik temir yo„l modernizatsiya qilindi, 57 yuk va 7 yo„lovchi tashuvchi
vagon tayyorlandi.
Temir yo„l transport kommunikatsiyalarini yanada rivojlantirish ishlari, temir yo„l
tarmoqlarini elektrlashtirish loyihalari izchillik bilan amalga oshirilmoqda. Bu
ishlar poyezdlardan foydalanish xarajatlarini 20 foizga kamaytirish, yo„lovchi va
yuk tashish tezligini 1,3 barobar oshirish, 830 kilometrlik Toshkent-Termiz temir
yo„lini to„liq elektrlashtirish imkonini beradi. Undan tashqari Maroqand-Qarshi va
Qarshi-Termiz temir yo„l uchastkasini elektrlashtirish loyihalarini amalga oshirish
davom ettirilib, ushbu loyihalar bo„yicha hisobot davrida mos ravishda 2,4 million
dollar va 2,6 million dollar kapital qo„yilmalar o„zlashtirildi.
2012-yilda uzunligi 240 kilometr bo„lgan temir yo„lni qayta tiklash ishlari davom
ettirildi. Uzunligi 70 kilometrdan ortiq bo„lgan Dashtobod-Jizzax temir yo„l
tarmog„i bo„ylab yuk va yo„lovchi poyezdlar harakati yo„lga qo„yildi.
Hozirgi vaqtda Maroqand-Qarshi, Qarshi-Termiz temir yo„l uchastkalarini
elektrlashtirish, yangi eletrlashtirilgan Angren-Pop liniyasini qurish investitsion
27
loyihalari amalga oshirildi.
2016 yilning 22 iyunda O„zbekiston va Xitoy hamkorligining yirik va istiqbolli
loyihasi ijrosi – Angren-Pop elektrlashtirilgan temir yo„li hamda Qamchiq
tunnelining rasmiy ochilish marosimi bo„lib o„tdi.
Angren-Pop elektrlashtirilgan temir yo„li hamda Qamchiq tunnelining rasmiy
ochilish marosimining eng muhim ahamiyatga ega tomonlaridan biri, ushbu
marosimda O„zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov va
Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin ishtirok etgani bo„ldi. Jahonga mashhur
ikki davlat rahbarlari “O„zbekiston” yo„lovchi poezdining Qamchiq tunnelidan
o„tishiga ruxsat beruvchi semaforni yoqish uchun maxsus tugmani bosganliklarini
butun dunyo kuzatib turdi.
Angren-Pop elektrlashtirilgan temir yo„l liniyasini barpo etishdan maqsad ham
nafaqat Farg„ona vodiysi viloyatlari va mamlakatimizning boshqa hududlari
o„rtasida temir yo„l orqali yuk va yo„lovchi tashish imkoniyatini yaratish, shu bilan
birga, Xitoy – Markaziy Osiyo – Evropa yangi xalqaro tranzit temir yo„l
koridorining eng muhim bo„g„ini bo„lishi nazarda tutilgan edi. Uzunligi 123,1
kilometr bo„lgan Angren- Pop temir yo„lining Qamchiq dovonidan o„tgan qismida
19,2 kilometrlik tunnel barpo etildi. Ushbu qurilish jarayonlari davomida
o„zbekistonlik temiryo„lchilarning salohiyatiga xitoylik mutaxassislar qoyil
qolishdi, xitoyliklarning mahoratiga o„zbekistonliklar tasannolar aytishdi. Katta
mehnat g„alabasiga har ikki tomonning yuksak mehnati, hamjihatligi tufayli
muddatidan avval erishildi.
2017 yilda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev Xitoy Xalq Respublikasiga davlat
tashrifi davomida Xitoy ishbilarmon doiralari vakillari bilan uchrashdi. Aynan ana
shu anjumanda Davlatimiz rahbari Xitoyning “China Railway Tunnel Group”
kompaniyasiga Angren-Pop temir yo„lining Qamchiq dovoni qurilishining
muvaffaqiyatli amalga oshirilganligi uchun alohida minnatdorlik bildirdi.
Shuningdek, mazkur tashrif doirasida ko„plab sohalar, xususan, transport va
kommunikasiya infratuzilmasini rivojlantirish borasida “O„zbekiston temir
yo„llari” aksiyadorlik jamiyati bilan XXRning yetakchi quruvchi kompaniyalari
28
o„rtasida samarali kelishuvlarga erishildi.
Bugungi kunda ushbu temir yo„l orqali Toshkent – Andijon – Toshkent
yo„nalishida har kuni zamonaviy tezyurar yo„lovchi poezdlari aholiga xizmat
ko„rsatmoqda. Andijon – Buxoro – Andijon yo„nalishida haftasiga ikkita yo„lovchi
poezdi, haftada bir marotaba Andijon – Urganch – Andijon, Andijon – Moskva –
Andijon yo„nalishlarida yo„lovchi poezdlari qatnovi tashkil etildi. Bundan tashqari,
bir sutkada o„nlab yuk poezdi Angren – Pop elektrlashtirilgan temir yo„li orqali
o„tib, yuklarni o„z manziliga etkazmoqda.
Xususan, mazkur temir yo„l orqali ,bir yil davomida 413 ming 162 nafardan ortiq
yo„lovchiga xizmat ko„rsatild, 7395,6 ming tonna yuk tashildi. Shuningdek, 1718
ta yangi ish o„rinlari yaratildi.
Markiziy Oosiyo hududida Toshkentdan Samarqandgacha ilk tezyurar yo„lovchi
harakatni tashkil qilish maqsadida 2008 yil «O„zbekiston temir yo„llari» AJ va
"Talgo" (Ispaniya) kompaniyasi o„rtasida 2 ta tezyurar yo„lovchi elektropoezdlarni
sotib olish to„g„risida bitim imzolandi.
2011 yil 8 oktyabrdan «Afrosiyob» (Ispaniyaning "Talgo" kompaniyasi
tomonidan islab chiqarilgan) yuqori tezlikda xarakatlanadigan poezdi Toshkent-
Samarqand-Toshkent 161/162 sonli yo„nalishga ishga tushirildi.
Yangi tezyurar poezd bu marshrut orqali xizmat ko„rsatadigan boshqa elektr
poezdlar bilan birga, Toshkent va Samarqand shaharlari o„rtasida harakat qiladi.
Yuqori tezlikdagi «Afrosiyob» poezdi ikki soat va o„n
besh daqiqa ichida 344 km temir yo„l masofasini bosib o„tadi. Maksimal tezligi
soatiga 250 kilometrni tashkil etadi.
Dostları ilə paylaş: |