qilish uchun soha muntazam monitoring qilib borilishi va monitoring natijalari
boshqaruv apparatiga taqdim etilishi lozim. Dissertatsiyada
mintaqaviy transport
tizimini monitoringini olib borishda va sohadagi muammolarni aniqlashda
yordam beruvchi indikatorlar ishlab chiqildi va ularning chegaraviy qiymatlari
o„rnatildi
.
Mazkur indikatorlar transport koridorlarini,
tranzit salohiyatini hamda
transport logistikasi samaradorligini baholovchi guruhlarga ajratildi.Indikatorlar
yordamida mintaqa transport tizimini doimiy monitoring qilib borilishi tizimdagi
tendensiyalarni kuzatish va tegishli choralarni ishlab chiqish imkonini
beradi.Markaziy Osiyo transport tizimiga umumiy tavsif berilib,
unda mintaqaviy
transport tizimining shakllanish bosqichlari (3-jadval), o„zaro bog„liqlik darajasi
hamda sohadagi muammolar tadqiq etilgan.
Dostları ilə paylaş: