II.Asosiy qism
1.Markaziy osiyo transporti
Transport – xalq xo`jaligi tarmog`i bo`lib, xo`jalik va aholining yuklarga
bo`lgan ehtiyojlarni o`z vaqtida taminlab turadi. Shuningdek, ishlab chiqarish
kuchlarining rivojlanishi va joylanishiga ta`sir ko`rsatadi. Xalq xo`jaligini
transportsiz rivojlantirish mumkin emas, chunki transport sanoat bilan qishloq
xo`jaligi o`rtasida ishlab chiqarish aloqalarni, mamlakatning turli rayonlari
o`rtasidaxi maxsulot almashinishi, uning ichkli va tashqi aloqalarni ta`minlaydi.
Yangi hududlarni o`zlashtirishdan oldin ularga transport yo`llar o`tkaziladi.
Transportning taraqqiyoti ishlab chiqarish kuchlarining taraqqiyot bilan
shuningdek texnikaning istiqboli bilan ham bog`liq. Transport qanchalik
takomillashgan bo`lsada mamlakatning ichki qismida, shuningdek, jahon xo`jaligi
miqiyosida ham ijtimoi mehnatning hududiy taqsimlanishi taraqqiy etadi.
Transportning taraqqiyoti mamlakatda va uning ayrim rayonlarida ishlab
chiqarishning ixtisoslashuviga ta`sir ko`rsatadi. Transport mamlakatning siyosiy va
madaniy hayotida muhim ahamiyatga ega.
O`tmishga nazar tashlasak , Markaziy Osiyo hududidan “Buyuk ipak yo`li”
o`tgan. Ipak yo`li g`arbiy Yevropani janubiy va sharqiy Osiyo bilan bog`lab
turgan, uning shaxobchalari Markaziy Osiyo hududi bo`ylab tarqalgan. Markaziy
Osiyodagi halqlar bir-birlari bilan shuningdek, qo`shni hududlardagi xalqlar bilan
ijtimoiy, madaniy aloqa qilganlar. “Buyuk ipak yo`li”ning ta`sirida yirik shaharlar,
obod maallalar barpo bo`lgan, madaniyat va ma`rifat taraqqiy etgan. Buyuk
geografik kashfiyotlar davrida dengiz yo`llarining ochilishi, shuningdek, yaqin va
o`rta sharq mamlakatlarida vaziyatning keskinlashuvi oqibatida Buyuk ipak
yo`lining Markaziy Osiyo hududidagi mavqeyi pasayib borgan.
Chor Rossiyasi davrida Markaziy Osiyo huddlarining katta qismi bosib
olinishi natijasida boy tabiiy va mineral resurslar o`zlashtirildi. Mintaqa xom –
ashyo yetkazib beruvchi o`lkaga aylantirildi. Natijada regionda transport aloqalari
shakllandi. Dastlapki temir yo`llar Chor Rossiyasi davrida qurilgan. Turkmanboshi
(Krasnovodsk)-
Ashgabad-
Chorjo`y-
Kogon-
Samarqand-Toshkent.
O`zbekistonda temir yo`l qurulishi 1888 -yilda boshlanib, Chorjo`y temir yo`li
davom ettirilib Samarqandga olip kelingan, 1890 -yilda esa Toshkentdan
Andijonga yetkazildi. 1905 -yilda Oreburg va Toshkent oralig`ida
temir
yo`l
qurildi.
Sobiq ittifoq davrida 1931-yili Turksib temir yo`l magistralining (1445 km)
ishga tushurilishi Markaziy Osiyoning iqtisodiy va madaniy hayotida katta
ahamiyatga ega bo`ldi. Shunday qilib Markaziy Osiyo hududida Aris-Orenburg,
Aris-Novosibrsk, Toshkent-Krasnovodsk yo`nalishlari bir-birlari bilan bog`landi.
Respublikamizning ichki hududlari ham temir yo`llar bilan ta`minlandi, temir yo`l
transportining zichligi ortib bordi. Jumladan, Qozog`istonda Petropavlovsk-
Borovo temir yo`li Qarag`anda va Balxashga yetkazildi, Jarik- Jezkazg`on, Atiray-
Orsk, janubiy Sibir temir yo`l magistrallari qurildi. Shuningdek, O`rta-Sibir
magistrali (Kustanay, Ko`kchatov- Irtish-Karasuv) Baykal- Qo`ng`irot (1972) va
Makat- Aleksandr Gay temir yo`llari ishga tushurildi. Qirg`izistonda Lugovaya-
Bishkek- Baliqchi; O`zbekistonda Chorjo`y- Qo`ng`irot temir yo`li 1950-1955-
yillarda, Navoiy, - Uchquduq 1962 -yilda , Termiz-Qo`rg`ontepa-Yanvan, Nukus-
Chimboy (1990- yil), Tuyamo`yin- To`rtko`l va boshqa yo`nalishda temir yo`l
qo`yildi.
Sobiq Ittifoq davrida Markaziy Osiyo hududlarida shaxar va qishloqlarni,
tog`-kon sanoati markazlarini, chorvador tumanlarini birlashtiruvchi transit va
mahaliy avtomobil yo`llari ham qurulish ishga tushurildi. Biroq bu temir yo`l, yoki
avtomobil yo`li quvur hamda suv va havo yo`lib o`lsin, ular “markaz” ko`rsatmasi
rejasi asosida barpo etildi. O`sha davrda hudutdagi respublikalarning ixtiyori
markazning qo`lida edi. Shuning uchun ham ehtiyojdan kelib chiqqan holda biron
– bir transport tarmog`ining qurish va barpo etish “markaz” ko`rsatmasisiz
mumkin emas edi. Bunga quvur transporti orqali gazlashtirishni misol qilib olsa
bo`ladi.
Sobiq Ittifoq davrida transport yo`llarining zichligi ham respublikalarda bir
xil emas edi.
Masalan:har 1000 kv.km.ga to`g`ri keladigan temir yo`llar zichligi-Qirg`izistonda-
1,8 km; Turkmanistonda-4,9 km; O`zbekistonda- 14,7 kmga; avtomobil
yo`llarining zichligi Ukrainada 412,2 km bo`lgan holda, Turkmanistonda 43,2
km, Tojikistonda 133,4 kmga va O`zbekistonda 207,4 kmni tashkil qilgan.
Markaziy Osiyoda yuk va pasajir tashishda temir yo`l transportining
ahamiyati katta. Shuning uchun ham tranzit temir yo`llardan tashqari mahalliy
temir yo`llar qurishga katta e`tibor berilmoqda. Transport yo`llarining ahamitati
respublikaning tabiiy sharoiti, ehtiyojdan kelib chiqqan holda bir-biridan
farqlanadi.
Masalan: Qirg`iziston va Tojikiston respublikalarida rel`ef xususiyatini
e`tiborga olganda avtomobil transportining hissasi salmoqlidir. Shuning uchun
respublikalarda meridional va parallel yo`nalishdagi avtomobil yo`llarini qurishga
katta e`tabor qaratilgan. Bundan avtomobil yo`llar istiqlol xalqasida, Bishkek-
O`sh, O`sh-Xorog, Dushanbe-Xorog, Dushanbe-Xujand, Toshkent-Termiz orasida,
janubiy Turkmanistonda ham qurilgan. O`zbekistonda foydalanilgan avtomobil
yo`llarining uzunligi 43,4ming km. Qozog`istonda avtomobil yo`llarining umumiy
uzunligi, 40 000 kmdan ortiq. Asosiy Avtomobil yo`li magistrallariga Almati-
Bishkek-
Shimkent-
Toshkent;Almati-Toldi
Qurg`on-Ust`-Kamenogorsk;
Semipalatinsk-Pavlodor-Omisk yo`nalishlari kiradi.
Markaziy Osiyoda suv transpoti Balxash ko`lida, Irtish, Ural, Amudaryoda
mavjud, Markaziy Osiyo davlatlarini bog`lovchi Turkmanboshi porti dengiz
transporti markaz vazifasini bajaradi. 1962 -yilda Turkmanboshi- Baku paromi
ochildi va unda har xil yuklar tashiladi. Amudaryo suv transportidan Tojikiston,
Afg`oniston, O`zbekiston, Turkmaniston davlatlari foydalansa, Irtish daryosi
transportidan Qozog`iston Rossiya, Xitoy davlatlari foydalanishadi. Suv
transportidda ayniqsa Kaspiy dengizining qisman Orol dengizi va Issiqko`lning
ham salmoqli ulushlari bor.
Markaziy
Osiyo
hududida
asosan
Qozog`iston,
O`zbekiston
va
Turkmanistonda, qisman Tojikiston va Qirg`izistonda quvur trasporti rivojlangan.
Jumladan O`zen G`arbiy Qozog`istonga Atirau-Orsk, O`zen-Atirau-Sizran
oralig`ida neft tashuvchi quvur transporti. Neft tashuvchi quvur transporti
O`zbekistonda dastlab 1908 -yilda Chimyon neft konida Vannovsk (Oltiariq)
neftini qayta ishlash zavodiga tortilgan. Respublikada uzunligi 100 km bo`lgan
Ko`kdumaloq-Buxoro neft tashuvchi quvur transporti 1994-1997-yillarda qurulib
ishga tushurildi. Eng uzun gaz tashuvchi quvur transporti markazda Turkmaniston,
O`zbekiston va Qozog`iston hududlaridan o`tkazilgan. Nebitdog`-Krasnovosdsk
(Turkmanboshi);
Jarqoq-Buxoro-Samarqand-Toshkent;
Muborak-Toshkent-
Shimkent-Taraz-Bishkek-Olmaota shular jumlasidandir.
Markaziy Osiyoda havo transportining ham ahamiyati katta. Havo transporti
respublikaning ichki qismlarini, shuningdek, respublikalar orasini ham xorijiy
davlatlarni bir-birlari bilan bog`laydi va respublikalarning ijtimoiy, iqtisodiy
hayotida muhim rol o`ynaydi.
Markaziy Osiyo respublikalari mustaqillikga erishganlaridan keyin
transportning xo`jalikdagi va aholiga xizmat ko`rsatishni tubdan yaxshilash va
transport boshqarish tizimini takomillashtirish masalalarida birqator ishlarni
amalga oshirishda ham chora tadbirlar ishlab chiqilmoqda.
Jumladan O`zbekistonda transport korxonalari davlat ishtirokida aksionerlik
kompaniyalari, ochiq turdagi aksionerlik, ma`suliyati cheklangan jamiyatlarga
jamoa korxonalariga aylantirildi. Shuningdek, mamlakat mustaqilligi va
iqtisodiyoti uchun katta ahamiyatga ega bo`lgan, Xitoy, Koreya, Yaponiya, Eron,
Turkiya va G`arbiy Yevropaning janubi bilan tutashtiriladigan Transosiyo
magistrali-Istambul-Toshkent-Olmaota-Pekin qurulishida ishtirok etmoqda.
Respublika quruvchilari uzunligi 133km bo`lgan. Tajan-Seraxs temir yo`lini
(133km) qurishda qatnashdilar. O`zbekiston Xitoyga chiqish imkoniyatini beruvchi
Andijon –O`sh-Ergashtom-Qashqar (1997), Xind okeaniga chiqishga imkon
beradigan Toshkent-Termiz, Xitoy, Karachi (1995) avtomobil yo`li qurilishida
qatnashmoqda.
Bunday hamkorliklar transportning boshqa turlari bo`yicha ham olib
borilmoqda va ular ijobiy natijalar bermoqda.
Masalan: “O`zbekiston havo yo`llari” milliy aviakompaniyasi Germaniya ,
Fransiya, Rossiya firmalari bilan turli soxalarda hamkorlik qilmoqda. Shuningdek,
Kaspiy bo`yida yangi portlar qurish, dengizda kema qatnovini yaxshilash
bo`yicha Markaziy Osiyo davlatlari o`rtasida hamkorlik qilish hozirgi kunning eng
muhim mavzusiga aylangan.
Markaziy Osiyo davlatlari o`z transportini takomillashtirish va
rejalashtirishda
ichki
va
tashqi
aloqalarni
kuchaytirishda
hamkorlik
shartnomalarini tuzishmoqda va yaratuvchanlik ishlarini amalga oshirishga harakat
qilmoqda.
XXI asrning birinchi choragida Markaziy Osiyo hududida yagona transport
tizimini vujudga keltirish uchun bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Natijada
Markaziy Osiyo davlatlarining ichki va tashqi ma`daniy, ma`rifiy, iqtisodiy va
siyosiy aloqalari ortib boradi. Bu o`z navbatida mintaqada ishlab chiqarish
kuchlarini jadal rivojlantirishga, samarali ixtisoslashuviga xizmat qiladi.
|