Тошлоқ агросаноат касб-хунар коллежида хорижда ишлашнинг қонуний асослари хамда одам савдосига қарши курашнинг мазмун-мохиятини ёшларга тушунтиришга қаратилган “Одам савдоси – давр муаммоси”



Yüklə 4,23 Mb.
səhifə1/2
tarix15.02.2023
ölçüsü4,23 Mb.
#100843
  1   2
bayonnoma


TASDIQLAYMAN”
Maktabgacha ta’lim fakulteti
dekani:
____________ SH.O’.Qosimov
___”_________2022 yil
Maktabgacha ta’lim nazariyasi kafedrasida
o‘tkazilgan yig‘ilish


B A YO N I____
07 dekabr 2022 yil Termiz shahari


Yig‘ilish raisi: SH.O’.Qosimov – Maktabgacha ta’lim fakulteti dekani
Qatnashdilar: Maktabgacha ta’lim fakulteti Ma’naviy-marifiy ishlar bo’yicha dekan o’rinbosari X.Q.Mulkomonov, Maktabgacha ta’lim nazariyasi kafedrasi mudiri M.M.Berdiyeva, Maktabgacha ta’lim nazariyasi kafedrasi o’qituvchilari: G.Radjapova, F.Muhammadiyeva, M.Jumayeva,L.O’tasheva,M.Astanaqulova, H.G’afforova, X.Nuritdinova, S.Choriyeva, R.Turapova, M.Umarova, M.Saydullayeva, M.Quvvatova, S.Xabilova, S.Abdullayev,90 nafar talabalar

K U N T A R T I B I:




1. 8-dekabr O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun hamda Konstitutsiyasining 30 yilligi munosabati bilan talaba-yoshlar o‘rtasida " Konstitutsiya mening taqdirimda" mavzusida uchrashuv (yig‘ilish) o‘tkazish to‘g‘risida.

Joriy yilning 7 dekabr kuni Maktabgacha ta’lim fakultetining 107-auditoriyasida 8-dekabr O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun hamda Konstitutsiyasining 30 yilligi munosabati bilan talaba-yoshlar o‘rtasida " Konstitutsiya mening taqdirimda" mavzusida tadbir o‘tkazildi.


Tadbirda Maktabgacha ta’lim fakulteti Ma’naviy-marifiy ishlar bo’yicha dekan o’rinbosari
X.Q.Mulkomonov, Maktabgacha ta’lim nazariyasi kafedrasi mudiri M.M.Berdiyeva,
Maktabgacha ta’lim nazariyasi kafedrasi o’qituvchilari: G.Radjapova, F.Muhammadiyeva,
M.Jumayeva, L.O’tasheva, M.Astanaqulova, H.G’afforova, X.Nuritdinova, S.Choriyeva,
R.Turapova, M.Umarova, M.Saydullayeva, M.Quvvatova, S.Xabilova, S.Abdullayev, 90 nafar talabalar ishtirok etdi.
Kun tartibidagi masala bo‘yicha o‘tkazilgan tadbirni Maktabgacha ta’lim fakulteti dekani Sh.Qosimov ochib berdi va ko‘riladigan masala hamda qatnashayotgan xodimlarni tanishtirib o‘tdi.
So‘zni Maktabgacha ta’lim fakulteti Ma’naviy-marifiy ishlar bo’yicha dekan o’rinbosari X.Mulkomonovga berdi. X.Mulkomonov o‘z so‘zida O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A.Karimovning vatanimiz ravnaqi, yurtimiz tinchligi, xalqimiz farovonligiga qo‘shgan ulkan hissasi, u kishining sermazmun hayoti va faoliyatining yosh avlod tarbiyasida tutgan o‘rni to‘g‘risida, 1990 yil 20 iyunda “O‘zbekistonning Mustaqillik Deklaratsiyasi” va 1991 yilning 31 avgustida "O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilindi. 1991 yil 31 avgust tarixiy sanasidan etiboran o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritgan O‘zbekiston tenglar ichra teng bo‘lib, suveren demokratik respublika sifatida mustaqil ichki va tashqi siyosatini yurita boshladi. Shu bilan birga o‘z bayrog‘imiz, gerbimiz, ona tilimiz, milliy madhiyamiz, milliy valyutamiz, milliy armiyamiz va Konstitutsiyamizga ega bo‘ldik. Bularning barchasi Birinchi Prezidentimiz tomonidan ishlab chiqilgan “Taraqqiyotning o‘zbek modeli” va mashhur besh tamoyil asosida amalga oshirilayotgan ishlarning asosidir deb so‘z navbatini Maktabgacha ta’lim nazariyasi kafedrasi mudiri M.Berdiyevaga berdi.
M.Berdiyeva o‘z so‘zida Konstitutsiyaviy islohotlar va mamlakatni modernizatsiya qilish jarayonlari: maqsad va mohiyati mavzusida, 1992 yil 8 dekabrda mustaqil O‘zbekistonimiz Konstitutsiyasining qabul qilinishi mamlakatimiz xayotida muhim tarixiy voqea bo‘ldi. Konstitutsiyaning yaratilishi va hayotimizga tatbiq etilishida zamonamizning buyuk davlat arbobi, ulug‘ yo‘lboshchimiz, Birinchi Prezidentimiz Islom Abdug‘anievich Karimovning xizmati beqiyos ekanini barchamiz yaxshi bilamiz.
Halqimizning ongu tafakkuri, dunyoqarashi va butun xayotini tubdan o‘zgartirgan ushbu muhim siyosiy xujjatni ishlab chiqishda Birinchi Prezidentimiz Islom Abdug‘anievichning konseptual axamiyatga ega, teran fikrlari mustahkam zamin bo‘ldi.
Oliy Kengash deputati sifatida men ham Konstitutsiyaviy komissiya tarkibida Bosh qomusimizni yaratish va qabul qilish jarayonida bevosita ishtirok etganimni doimo faxrlanib eslayman. Konstitutsiyamizning qanday qilib xozirgi mazmun va shaklga kelgani, bu murakkab jarayonda kechgan qizg‘in tortishuv va baxs- munozaralar bugungidek yodimda. Haqiqatan ham, 90-yillardagi o‘ta og‘ir davrda Asosiy qonunimiz loyixasini ishlab chiqishda Birinchi Prezidentimiz Islom Abdug‘anievichdek keng miqyosda, strategik fikrlaydigan, uzoqni ko‘ra oladigan buyuk siyosiy arbobning bu ishga rahbarlik qilgani hal qiluvchi axamiyat kasb etshi to‘g‘risida gapirib o‘tdi.
Keyingi so‘z navbati Maktabgacha ta’lim fakulteti Xotin-qizlar maslahat kengashi raisi F.Muhammadiyevaga berildi u kishi o‘z so‘zida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining yaratilishi tarixi haqida so‘z yuritishdan oldin “Konstitutsiya nima?” degan savolga javob berish maqsadga muvofiqdir.Konstitutsiya (lotincha “Constitution” – tuzilish, tuzuk) – davlatning Asosiy qonuni. U davlat tuzilishini, hokimiyat va boshqaruv organlari tizimini, ularning vakolati hamda shakllantirilish tartibi, saylov tizimi, fuqarolarning huquq va erkinliklari, jamiyat va shaxsning o‘zaro munosabatlari, shuningdek, sud tizimini hamda davlat va jamiyatning o‘zaro munosabatlarini belgilab beradi.
“Konstitutsiya” atamasi Qadimgi Rimdayoq ma’lum bo‘lgan (imperator Konstitutsiyasi deb atalgan qonun). Amir Temur “Tuzuklar”i Sharq va Osiyo mamlakatlari sivilizatsiyasiga xos alohida shakldagi konstitutsiyaviy hujjat xususiyatiga ega bo‘lgan. U shariat qonunlari bilan bir qatorda Markaziy Osiyo mintaqasi xalqlari taqdiriga kuchli ta’sir o‘tkazgan.
Asosiy Qonunimiz yaratilishining murakkab va muhim, ayni chog‘da sharafli solnomasiga nazar solar ekanmiz, hech shubhasiz, O‘zbekiston Konstitutsiyasi xalqimizning mustaqillik sari uzoq yo‘ldagi izlanishlari natijasi ekaniga komil ishonch hosil qilamiz. Avvalambor, konstitutsiyaviy “bino”ni qurishda uch ming yillik milliy davlatchilik tajribasiga tayanilgan. Bugungi O‘zbekiston qadimgi Xorazm va So‘g‘diyona, Qoraxoniylar, Xorazmshohlar, Amir Temur va Temuriylar, o‘zbek xonliklari, ma’rifatparvar ajdodlarimiz, xalqimizning tarixiy an’analari va uning mustaqil davlat haqidagi ko‘p asrli orzusini mujassam etgan. Qolaversa, manfaatlarimiz va intilishlarimizdan kelib chiqqan holda, Asosiy Qonunimiz Sharq va G‘arb, Janub va Shimolning 97 ta mamlakati to‘plagan ilg‘or konstitutsiyaviy tajribani hisobga olib yaratilgan.Shu o‘rinda Suveren O‘zbekistonning birinchi Konstitutsiyasini tayyorlash, muhokama etish, qabul qilish va uning amal qilishi yo‘lidagi 10 ta huquqiy qadamni bu boradagi eng muhim tarixiy voqealar sifatida sanab o‘tish lozim. Zotan, Konstitutsiyani yaratish tarixi – bu mustaqillik uchun kurashning uzviy tarkibiy qismidir.Konstitutsiyani yaratish yo‘lidagi birinchi huquqiy qadam – o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilishidir.Bu haqda gap borganda, avvalambor, 1989 yilning 21 oktyabr kuni qizg‘in bahs va tortishuvlardan so‘ng siyosiy-ma’naviy hayotimizdagi unutilmas hodisa amalga oshirilgani – milliy qadriyatlarimizning asosiy ustunlaridan biri bo‘lgan ona tilimizga davlat tili maqomi berilgani istiqlol tarixining eng yorqin sahifalaridan birini tashkil etishini alohida ta’kidlash o‘rinlidir deb o‘z fikrlariga yakun yasadi.
Kun tartibidagi masala yuzasidan talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi.
Muhokama qilingan masalalar yuzasidan bildirilgan taklif va mulohazalarni inobatga olib,



Yüklə 4,23 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə