Tuproqning oziq rejimi va uni boshqarish usullari Reja



Yüklə 486,34 Kb.
səhifə7/8
tarix27.12.2023
ölçüsü486,34 Kb.
#162974
1   2   3   4   5   6   7   8
Tuproqning oziq rejimi va uni boshqarish usullari Reja-fayllar.org

1.Yog’in-sochin bilan keladigan suv
2.Yer osti grunt suvlari
3.Sun’iy sug’orish bilan beriluvchi suv

Yog’in - sochin bilan keladigan suv Hamdo’stlik mamlakatlari bo’yicha juda
xalma-xildir. M: Uzoq Sharq o’lkalarida o’rtacha yillik yog’in-sochin 1500-2500 mm ga teng. Hamdo’stlik mamlakatlarining g’arbiy markaziy rayonlarida 500-800 mm, O’rta Osiyo va Qozog’iston cho’l rayonlarida ayrim yillari 100 mm ga teng bo’ladi xolos. Shuning uchun, ham O’rta Osiyo o’lkalari nam suv etishmaydigan voha bo’lib hisoblanadi. Yog’in-sochin hajmidan tashqari yog’in muddati miqdori ham, kata ahamiyatga egadir, eng ahamiyatlisi kuzda va qishda yog’ishidir.
O’rta Osiyoning sug’oriladigan zonalarida asosiy suv manbai daryolar
hisoblanadi. O’zbekistonni Sirdaryo, Amudaryo, Norin, Qoradaryo, Chirchiq,
Zarafshon, Qashqadaryo, Surxondaryo va boshqa daryo suvlari ta’minlaydi. Bu
daryolar suvining paydo bo’lishiga qarab (V.I. Shults fikricha) to’rt tipga: muzlili,
qor-muzlikli, qorli, qor- yomg’irli tipga bo’linadi.

Sizot suvlar ham tuproqda nam zapasini to’ldiruvchi manbalardan hisoblanadi. Dunyo bo’yicha sug’oriladigan maydonlarning 12%i sizot suvlar bilan sug’oriladi. Chirchiq-Angren vodiysi va Mirzacho’lda sizot suvlarining katta zapasi bor, ulardan foydalanib, bir necha o’n ming gektar yerni qo’shimcha o’zlashtirish mumkin. Agar yer osti gurunt suvi 2-3 m chuqurlikda joylashgan bo’lsa, o’simlik talab etgan umumiy suvga nisbatan 15 %gacha foydalanishi mumkin. Agar yer osti suvi 1,5-2 m chuqurlikda joylashgan bo’lsa 30-35%, 1-1,5 m chuqurlikda joylashgan bo’lsa o’simlik talab etgan suvga nisbatan 60 %gacha


foydalanish mumkin. Agar 3 mdan uzoq joylashgan bo’lsa uni foydali qismi deyarli yo’qdir.
Tuproqning suv rejimi uning agrofizik va suv xossalariga bog’liq bo’ladi.
Tuproqning suv xossalariga suv o’tkazuvchanligi, tuproqning suv ko’tarish xususiyati, nam sig’imi kabilar kiradi.
Tuproqning ma’lum miqdorda o’ziga suv singdirib ushlab turish qobiliyati
uning nam sig’imi deyiladi. Tuproqning nam sig’imi maksimal gigroskopik, kapillyar, dala va to’liq nam sig’imlariga bo’linadi. Dehqonchilik nuqtai nazaridan kapillyar, to’liq va dala nam sig’imlari ahamiyatli hisoblanadi.
Kapillyar nam sig’imi deganda tuproqning kapillyar g’ovaklarida ushlanib
turgan suv miqdori tushiniladi. Kapillyar nam sig’imi kapillyar g’ovakliklar hajmiga va shu kapillyarlarga namlikni kelib turishiga bog’liq bo’ladi. Hamma g’ovakliklarni suv bilan to’lishi to’liq nam sig’imi deyiladi. Gravitatsion suv yuqoridan quyi qatlamga oqib ketgandan so’ng tuproqda ushlanib qolgan suv miqdoriga tuproqning maksimal dala nam sig’imi deyiladi.
Tuproqning mexanik tarkibi va strukturasiga bog’liq holda nam sig’imi
o’zgarib turadi. Loyqa va organik moddalar ko’p miqdorda bo’lgan og’ir tuproqlar
nam sig’imli va aksincha; organik moddalari kam engil tuproqlar esa kam nam
sig’imli hisoblanadi. Bundan tashqari, tuproq nam sig’imining miqdoriga sizot
suvlarining joylashish chuqurligi ham ta’sir etadi. Mexanik tarkibiga ko’ra og’ir
tuproqlar 1 m gacha chuqurlikda 1 ga yerda 3000-3500 m3 nacha, engil tuproqlar esa 1500-1800 m3 suv saqlay oladi.

Sug’oriladigan dehqonchilikda tuproqning suv rejimini yaxshilash muhim


tadbirlardan biri hisoblanadi. Tuproqda maksimal darajada nam to’plash va foydasiz sarflanishini, quyi qatlamlarga sizib ketishini, yog’in suvlarining pastlikka, jarliklarga oqib ketishi va boshqalarni iloji boricha kamaytirish zarur. Ekilgan urug’ni birinchi navbatda tuproqning tabiiy namida undirib olish va undagi mavjud namni saqlagan holda oqilona foydalanish tadbirlarini ko’rish lozim.
Almashlab ekish dalalariga ekinlarni to’g’ri navbatlab ekish, yerga organik o’g’itlar solish, yerni ekishga sifatli tayyorlash va urug’ni o’z vaqtida ekish,
o’simliklarni yuqori agrotexnika asosida parvarish qilish, dalalarda ixota daraxtlarini o’tkazish, o’simliklar uchun mo’tadil sharoitlar yaratadi.
Lalmikor (sug’orilmaydigan tog’ oldi) yerlarda donli o’simliklarni o’rib olish bilan ang’izni tirmalash, qora shudgor o’tkazish (haydab qo’yib, hech narsa
ekmasdan dam berib qo’yilgan shudgordir) namlikni saqlashga sababchi bo’ladi.
Nami ko’p, botqoqliroq yerlarda zovurlar orqali namni qochirib, namlik holatini
mo’tadillashtirish kabilar tuproqning suv rejimiga ta’sir etuvchi eng muhim omillar
hisoblanadi.
3.3 Harorat orqali boshqarish

Dehqonchilikda har bir zonaning tuproq-iqlim sharoitiga qarab issiqlik


rejimini boshqarish tuproq unumdorligini oshirishda va ekinlardan mo‟l hosil
olishda muhim tadbir hisoblanadi. Tuproqning issiqlik rejimini yaxshilashga
qaratilgan tadbirlardan biri organik o‟g‟itlardan yetarli miqdorda samarali
foydalanishdir. Yerni sovuq tushmasdan oldin chuqur va sifatli shudgorlash
tuproqning issiqlik rejimini yaxshilashda ijobiy natija beradi. Sizot suvlari yuza
joylashgan yerlarda ularning sathini pasaytirish tuproq issiqlik rejimini
yaxshilanishiga yordam beradi.
Umuman olganda, tuproqning issiqlik rejimi suv va havo rejimi bilan
chambarchas bog`liq bo`lib, oziq rejimiga kuchli tasir etadi.

O’simliklarning urug’dan unib chiqishi, normal o’sib rivojlanishi va tuproqdagi turli mikroorganizmlarning hayoti bevosita tuproqdagi issiqlikka bog’liq.


Ekilgan urug’larga ularning unib chiqishi va keyingi o’sishi uchun tuproqda
ma’lum harorat bo’lishi kerak. Urug’lar muayan haroratda unib chiqadi. Agar
harorat urug’ning unib chiqishi uchun etarli bo’lsa, minimal, o’simliklarning o’sishi va rivojlanishi uchun qulay bo’lsa, optimal, agar undan yuqori bo’lsa, maksimal harorat deyiladi. Maksimal harorat o’simliklarning o’sishi va rivojlanishiga salbiy ta’sir etadi.
O’simlik urug’ining unib chiqishi uchun zarur harorat, ya’ni minimal harorat
bilan o’rtacha sutkalik harorat orasidagi farq foydali ya’ni effektiv harorat deyiladi.
O’simliklar masalan, ulardan ba’zilari yuqori haroratda (g’o’za, suli, makkajo’xori
va boshqalar) normal o’sib rivojlansa, boshqalari bahori don ekinlari nisbatan
pastroq haroratni talab etadi. Kuzgi don ekinlari qishni engil o’tkazadi, bahordagilari esa qishki past haroratda nobud bo’ladi.

Issiqlik rejimini boshqarish tuproq unimdorligini oshirishda va ekinlardan


mo’l hosil etishtirishda muhim tadbirlardan hisoblanadi. Ekinlarning turiga qarab
urug’ini unib chiqishi, o’sishi va rivojlanishi uchun har xil miqdorda issiqlik talab
etiladi.
Yerga solingan chirimagan go’ng, organik o’g’itlar tuproqning issiqlik
rejimini yaxshilaydi, chunki 1 t go’ng chiriganda 4-5 mln. kkal issiqlik ajralib
chiqadi. Yerga barqaror sovuq tushmasdan oldin chuqur va sifatli Shudgorlash
tuproqning issiqlik rejimini yaxshilashda samarali tadbir hisoblanadi. Egat va
pushtalardagi qulay harorat rejimi tuproqning fizikaviy xossalari bilan bog’liq holda chigitning barvaqt va qiyg’os unib chiqishiga imkon byeradi. Bunday yerlarda chigit tekis yerdagiga nisbatan 5-6 kun oldin unib chiqadi.
Tuproq haroratini oshirishni va rejimini tartibga solishning yana bir asosiy
omili chigit yoki boshqa ekinlar urug’i ekilgandan keyin yerlarni mulchalashdir.
Mulcha sifatida chirigan go’ng, ko’mir kukuni, qora qog’oz va plyonka kabi
materiallardan foydalanish mumkin.

Xulosa
Tuproq ozuqa rejimini yetarli miqdorini ta'minlash uchun tuproqning ozuqaviy rejimini, ozuqa moddalarining tanqis bo'lmagan balansini hisobga olish kerak. Tuproqda oziqaning kamayishiga begona o'tlar tomonidan ozuqa moddalarini iste'mol qilish bilan bog'liq yo'qotishlar ham kiradi.
Qishloq xo'jaligida tuproq oziqa rejimini tartibga solish faqat mineral o`g`it qo`llash bilan cheklanib qolmay, tuproq unumdorligini oshirish uchun sharoit yaratish kerak. Zamonaviy qishloq xo'jaligida oziqa rejimi tegishli ekinlar ekish va to`g`ri mexanik ishlov berish bilan tartibga solinadi.


Yüklə 486,34 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə