Tuproqning oziq rejimi va uni boshqarish usullari Reja



Yüklə 486,34 Kb.
səhifə2/8
tarix27.12.2023
ölçüsü486,34 Kb.
#162974
1   2   3   4   5   6   7   8
Tuproqning oziq rejimi va uni boshqarish usullari Reja-fayllar.org

Ammoniy-natriy sulfat — (NH4)2SO4*Na2S04.

Tarkibida 16 % azot va 2,5% atrofida organik qo‘shilmalari mavjud bo‘lgan, sariq tusli zarrabin modda. Kaprolaktam ishlab chiqarishda chiqindi mahsulot.


Tarkibida natriy tutgani uchun qandlavlagi va butgullilar oilasiga mansub ekinlarni yetishtirishda muhim ahamiyatga ega.


Ammoniy xlorid — NH4C1

Ammoniy xlorid soda ishlab chiqarishda oraliq mahsulot sifatida olinadi:


NH3+CO2+H2O+NaCl =NaHCO3+NH4Cl4
Ammoniy xlorid suvda oson eriydigan oq zarrabin modda. Tarkibida 24—25% gacha azot tutadi. Yaxshi fizikaviy xossalarga ega. Ammoniy xlorid tuproqqa tushgach, uning singdirish kompleksi (TSK) bilan almashinish reaksiyasiga
kirishadi.

Fosfor


O`simliklar tarkibida fosfor mineral va organik holatda uchraydi. Mineral holatdagi fosfor ortofosfat kislotaning kalsiyli, magniyli va kaliyli tuzlari ko‘rinishida bo‘lib, miqdoran juda kamdir. Organik birikmalar shaklidagi fosfor o`simliklarda nuklein kislotalar, fosfoproteidlar, fosfolipidlar, fitin, shakarning fosforli iforlari ko‘rinishda uchrab, nuklein kislotalar (RNK va DNK)
alohida o‘rin tutadi. Ular oqsil sintezi, o‘sish va
rivojlanish, nasl tashish kabi muhim hayotiy jarayonlarda faol ishtirok etadi.

Yer qobig‘i tarkibida fosforning miqdori 0,12% ga teng. Ishlov berilmaydigan (qo‘riq) tuproqlardagi fosforning miqdori asosan ona jins tarkibiga bog‘liq bo‘lib, otqindi tog‘ jinslari taxminan 0,275% fosfor tutgani holda, ularda


shakllanadigan tuproqlar tarkibidagi fosfor miqdori 0,14% dan oshmaydi.

Fosforli o‘g‘itlarni eruvchanligi va o‘simliklar tomonidan o‘zlashtirilishiga qarab uchta guruhga bo‘lish mumkin:


1. Suvda yaxshi eriydigan fosforli o‘g‘itlar — oddiy superfosfat va qo‘sh superfosfat.
2. Suvda kamroq, lekin kuchsiz kislotalarda yaxshi eriydigan o‘g‘itlar — preqipitat, tomasshlak, ftorsizlantirilgan fosfat, termofosfatlar.
3. Suvda umuman erimaydigan, kuchsiz kislotalarda ham kam miqdorda eriydigan fosforli ugitlar — fosforit uni, suyak talqoni.
Fosforli o‘g‘itlar xom ashyoga kislota bilan yoki termik ta’sir etish orqali ishlab chiqariladi. Ayrim murakkab fosforli o‘g‘itlar polifosfat kislotalar asosida olinadi.

Superfosfat. 1 t xom ashyoga 1 t sulfat kislota bilan ta’sir etib, 2 t mahsulot olinadi. Tayyor mahsulot tarkibidagi fosfor miqdori xom ashyoga nisbatan ikki marta kam. Hosil bo‘ladigan gips o‘g‘it massasining 40%ini tashkil qiladi. Apatit konsentratidan tarkibida 19%gacha, qoratov fosforitidan esa 14%gacha
o‘zlashtiriladigan fosfor (R205) tutgan o‘g‘it olish mumkin. Donador superfosfatni urug‘, kartoshka tugunaklari va ko‘chatlarning ildizi atrofiga solish yaxshi samara beradi. 1 t donador superfosfat 3 t kukunsimon superfosf atning o‘rnini bosadi.


Qo`sh superfosfat. Qo‘sh superfosfat oddiy superfosfatdan tarkibida gips bo‘lmasligi va shu bois R205 miqdorining ko‘pligi (42—49%) bilan farqlanadi. Qo‘sh superfosfat donador holda tayyorlanadi. Konsentrlangan va tashish oson bo‘lgan bu o‘g‘it ayniqsa zavodlardan uzoqda joylashgan viloyatlar tuproqlari
uchun ahamiyatlidir.
Qo‘sh superfosfatning kimyoviy va fizikaviy xossalari, ishlatilishi va samaradorligi oddiy superfosfatga yaqin. Faqat uni oltingugurtga o‘ta talabchan ekinlar (masalan, butguldoshlar va dukkaklilar)ga muntazam ravishda qo‘llab bo‘lmaydi. Lozim bo‘lsa, qo‘sh superfosfatni tarkibida oltingugurt mavjud o‘gitlar bilan birga qo`llash yoki tuproqqa qo‘shimcha gips kiritish kerak.


Yüklə 486,34 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə