Тупроқшунослик-ўқув қўлланма-лотин



Yüklə 5,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə90/129
tarix19.12.2023
ölçüsü5,94 Mb.
#150952
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   129
EDlmz6vk9u6yqgN3DYxf7G4SMYJr5CBRzY39cKb1

Dunyo 
tuproqlari 
bo‘yicha 
FAO/YUNESKO 
tomonidan 
1:5000000 
xarita 
tuzilgan 
bo‘lib, 
1968-yili 
IX 
Butundunyo 
tuproqshunoslari kongressida Rossiya va AQSH tuproqshunoslari asos 
qilingan atamalardan foydalandilar. Asosiy tuproq nomiga uning ajralib 


H.
Х
.
Т
ursunov. 
Т
uproqshunoslik 
121 
turadigan bir xususiyati qo‘shib yoziladi, masalan, “karbonatnie 
flyuvisoli”, sernie flyuvisoli” va h.k. 
Tuproq taksonomiyasi 
sistematik birlik yoki mehyoriy qarashdir. 
Taksonomik birlik - tasnifiy yoki sistematik birlik bo‘lib, sinf pog‘ona yoki 
sistemada obyektning joyini belgilaydigan aniqlikdir. Tuproqshunoslikda 
esa taksonomik birlik tabiatda mavjud bo‘lgan bir guruh tuproqning bir-
biriga bo‘ysunadigan sistematik kategoriyasidir. Hozirgi zamon tuproq 
taksonomiyasida Dokuchayev tomonidan yaratilgan tuproq tipi va tuproq 
hosil bo‘lish tiplari majmualari yotadi. 
Tuproq tiplariga -
katta guruhdagi tuproqlar kirib, bir xil biologik, 
iqlimiy

gidrologik sharoitda tuproq hosil bo‘lishi nazarda tutiladi. 
Masalan, tuproq tiplari chernozyom, serozyom, krasnozyom va podzol 
tuproqlar. 
Tuproq tipining asosiy xususiyatlari: a) organik moddalarning bir xil 
sharoitda hosil bo‘lib, parchalanishi va gumusga aylanishi; b) bir xil 
mineral massaga parchalanib, organo-mineral moddalar hosil qilishi; v) 
moddalarning bir xil migratsiyasi va akkumulyatsiyasi; g) tuproq profili va 
genetik qatlamlarning bir xil tipda tuzilishi; d) bir xil yo‘nalishdagi 
meliorativ va unumdorlik tadbirlarini qo‘llash masalalari. 
Tip to‘g‘risidagi taksonomik birlik Rossiyada - tuproq tipi, 
Fransiyada - gruppe du soil, AQSH, Kanadada - Great Soil group, 
Germaniyada - Bodentip, FAO/YUNESKOda - Soil Unit deb yuritiladi. 

Yüklə 5,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   129




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə