Тупроқшунослик-ўқув қўлланма-лотин



Yüklə 5,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə98/129
tarix19.12.2023
ölçüsü5,94 Mb.
#150952
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   129
EDlmz6vk9u6yqgN3DYxf7G4SMYJr5CBRzY39cKb1

Rendzin tuproqlar
tog‘li tekisliklarda Yevropa, Sharqiy Sibir, 
AQSH va Kanadada o‘rmonlari ostida, boreal iqlim sharoitida keng 
tarqalgan. Rossiyada bu tuproqlar Leningrad, Pskov, Novgorod, 
Arxangelsk, Smolensk oblastlarida, Belorussiya, Moldaviya, Kavkaz va 
Qrimda keng tarqalgan. 
Tipik rendzinlar profili
. O-A-AR-R quriq yerlarda, A’-A-AR-R-
haydalma yerlarda (O-A-AS-S va Ar-A-AS-S pararendzinlar uchun), 
gumus qoplami 10-80 sm bo‘lib, miqdori 5-15 %, shag‘alli, karbonatli, 
g‘ovakli, solishtirma sig‘imi 60 mg.ekv/100 g. Fizik xossalar nochor 
bo‘lib, tarkibida fosfor va temir moddalari kam. 
Yuvilgan rendzin va pararendzinlar
– profili 60-100 sm, o‘tish 
qatlami AC (AR) ancha qalin bo‘lib, rangi so‘r-qo‘ng‘ir yoki qizil-
qo‘ng‘ir. Gumus 3-5 %, kuchsiz kislotali muhitli, solishtirma sig‘imi – 18-
23 mg/ekv. 100 g. 
Podzollashgan 
rendzinlar
Rossiyaning 
Yevropa 
qismida, 
Moldaviya, Kavkaz va Janubiy Yevropada tarqalgan. Tuproq profili S yoki 
R 100-12 sm, gumus qatlamining tagi oqargan rangda, gumus miqdori 6-15 
% bo‘ladi. 
Chimli (ranker) tuproqlar
qattiq silikatli tog‘ jinslari ustida hosil 
bo‘lib, rangi qora, profil qalinligi A-AR-R dan iborat. “Ranker” so‘zi - 
nemis tilidan olingan bo‘lib, 
qoplam
degan ma’noni bildiradi. Bu toifadagi 
tuproqlar, asosan, tog‘ hududlarida keng tarqalgan. Bu xil tuproqlarning 
asosiy xususiyatlari quyidagilar: 1) profil qatlami yupqa, toshli; 2) gumus 
miqdori 5-10, 20%; 3) gumus gumat-fulvat tipida; 4) solishtirma sig‘imi 
yuqori – 20-30 mg ekv/100 g; 5) muhiti kislotali; 6) loy miqdori ko‘p 
tabaqalanmagan; 7) temir ko‘p; 8) yaxshi donador, gumus qatlami 
yumshoq; 9) suv o‘tkazuvchanligi yuqori. 
Tog‘larda bunday tuproqlar yaylov sifatida, tekisliklarda esa 
o‘rmonlar bilan qoplangan bo‘ladi. 

Yüklə 5,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   129




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə