Тупроқшунослик-ўқув қўлланма-лотин



Yüklə 5,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə95/129
tarix19.12.2023
ölçüsü5,94 Mb.
#150952
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   129
EDlmz6vk9u6yqgN3DYxf7G4SMYJr5CBRzY39cKb1

A-S 
yoki 
A-AS-S 
bo‘lib, gumus qatlami 
10 sm dan oshmaydi. Neytral va kuchsiz kislotali sharoitga ega, ona jinsi 
asosan karbonatli bo‘lishi mumkin. 
Pelasollar loy 
qatlamlari ustida hosil bo‘lib, 
A-S 
shakldagi tuproq 
profilini tashkil qiladi. Bu tuproqlar nemis olimlari V.Kubiena va 
Ye.Myukkenxauzen tomonidan o‘rganilgan. Gumus qatlami unchalik 
rivojlanmagan, profilda genetik qatlamlar hosil bo‘lmagan. Ona jinsining 
xarakteriga binoan terrarossa (ohaktoshlar ustidagi qizil loylar va 
qumoqlar), terrafuska (ohaktoshlar ustidagi loylar va qumoqlar), 
terrakalsiy (och tusli qo‘ng‘ir ohaktoshlar ustidagi loylar va qumoqlar), 
plastosollar (turli chipor rangdagi loylar) ga bo‘linadi.
Terra-rossa 
(italyancha) ohaktoshlar ustida hosil bo‘ladi. Qizil 
tuproqlar, Yevropaning O‘rta yer dengizi atrofida, Qrim, Kaliforniya, 
Janubiy va Sharqiy Osiyoda keng tarqalgan. Terrarossa tuproqlari qadimgi 


H.
Х
.
Т
ursunov. 
Т
uproqshunoslik 
125 
subtropik va tropik iqlimda hosil bo‘lgan yemirilish qobig‘i qatlamida 
shakllanadi (V. Kubiena). 
Terra-fuska 
tuproqlar
 
ham qadimgi tog‘ jinslarining yer qobig‘i 
qatlamlari ustida hosil bo‘lib, faqat bu yotqiziqlar sovuqlik hosil qilgan 
yoriqlar, silliq yuzalardan iborat. 
Terra-kalsiy 
tog‘ jinsi yer qobig‘i qatlamlarining, ohaktoshlardan 
kalsiy to‘la yuvilmagan, kriogen jarayonlarga uchramagan yotqiziqlar 
ustidagi tuproqlardir. 
Plastosol -
to‘rtlamchi davrda hukm surgan tropik jarayonda hosil 
bo‘lgan, ferralit silikatli tog‘ jinslarining qobig‘lari ustida shakllangan 
tuproqlardir. Yevropa, Sibir, Uraloldi mintaqalarida tarqalgan. Janubiy 
Yevropa mamlakatlarida bu tuproqlardan bog‘dorchilikda foydalaniladi. 
Ularda suv eroziyasi rivojlangan. 

Yüklə 5,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   129




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə