Тупроқшунослик-ўқув қўлланма-лотин


-rasm .  Avtomorf tuproqlarning tuproq hosil bo‘lishi pog‘onalari



Yüklə 5,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə97/129
tarix19.12.2023
ölçüsü5,94 Mb.
#150952
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   129
EDlmz6vk9u6yqgN3DYxf7G4SMYJr5CBRzY39cKb1

19-rasm

Avtomorf tuproqlarning tuproq hosil bo‘lishi pog‘onalari, 
birinchi bosqich rivojlanishi evolyutsiyasi
Rendzin va pararendzin tuproklar.
Rendzin toifasidagi tup roqlar 
qora rangli va loyli, karbonatli (ohaktoshlar, mergel va marmarlar) ustida 
hosil bo‘lib, profili A-AR-R tuzilishga ega. 
Pararendzinlar ham shunday tuproqlar bo‘lib, yumshoq karbonatli 
(karbonatli morena, karbonatli qumoq va loylar) yotqiziqlar ustida 
shakllanuvchi A-AS-S tuzilishiga ega (20-rasm). 
“Rendzin tuproqlari” degan atama N.M.Sibirsev tomonidan kiritilgan 
(polyak tilidan olingan) bo‘lib, u G‘arbiy Yevropa olimlari tomonidan 
keng foydalaniladi. Rossiyada uning o‘rniga “chimli-karbonatli tuproqlar” 
atamasi ishlatib kelingan. Amerikada esa bu toifadagi tuproqlar rendolli 
yoki mollisolli deb ataladi. 
Rendzin tuproqlari karbonatli yotqiziqlar keng bargli va aralash igna, 
keng bargli o‘rmonlar, o‘t-o‘simliklar tagida, gumid iqlimli, profili yaxshi 
yuviladigan va shamollaydigan sharoitda hosil bo‘ladi. Karbonatlar asta-


H.
Х
.
Т
ursunov. 
Т
uproqshunoslik 
127 
sekin yuvilib, loyli qatlamlarni hosil qiladi. Rendzinlar bir nechta 
tipchalarga, ya’ni tipik, yuvilgan, kuchsiz, o‘rtacha va kuchli yuvilganlarga 
ajratiladi.
20-rasm

Rendzin tuproqlarning hosil bo‘lish evolyutsiyasi.
Karbonatlar dastlab A qatlam, keyin AS yoki AR qatlam va oxirgisi 
S yoki R qatlamgacha yuviladi. Oxirida elyuvial - dellyuvial toifadagi 
qatlamlarning tabaqalanishi boshlanadi. Eng oxirgi tuproq rivojlanish 
jarayonida rendzinlardan qoldiq karbonatli qo‘ng‘ir yoki qoldiq karbonatli 
chimli podzol, qo‘ng‘ir qizg‘ish yoki chimli podzol tuproqlar hosil qiladi. 
Rendzin toifasidagi tuproqlar Olmoniyada har tomonlama o‘rganilib, 
gumuslanish 
darajasiga 
binoan 
moderrendzin, 
myullrendzin, 
kserorendzinlarga ajratilib, ularning tavsifi berilgan. 
Geologik evolyutsiya jarayonida rendzinlar hosil bo‘lishida pastki 
ona jinsi qatlamlarida tuproq hosil bo‘lish va yemirilish tufayli yotqiziqlar 
terrarossa, terrafuskalar hosil bo‘ladi. Natijada, ular ustida profil 
tabaqalangan. Masalan, Arxangelskiy va Uraloldi hududlaridagi qizil 
rangli karbonatli elyuviyda hosil bo‘lgan podzollar shakllangan. Qo‘ng‘ir 


H.
Х
.
Т
ursunov. 
Т
uproqshunoslik 
128 
yoki jigarrang tuproqlar Janubiy Ovro‘po, Shimoliy Afrika, Atlas tog‘lari 
va Birma, Yevropa hamda Xitoydagi qizil tuproqlar shakllangan. 

Yüklə 5,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   129




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə