Тупроқшунослик-ўқув қўлланма-лотин


Gidromorf tuproqlar sistematikasi



Yüklə 5,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə100/129
tarix19.12.2023
ölçüsü5,94 Mb.
#150952
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   129
EDlmz6vk9u6yqgN3DYxf7G4SMYJr5CBRzY39cKb1

Gidromorf tuproqlar sistematikasi.
Gidromorf tuproqlarga xos 
xususiyat, ularning suv ostida, akkumulyativ (subakval) sharoitda mangra 
va marsh tuproqlarning hosil bo‘lishidir. Gidromorf bosqichda allyuvial va 
botqoq tuproqlari ajratiladi. 


H.
Х
.
Т
ursunov. 
Т
uproqshunoslik 
130 
Sho‘rxoq, 
sho‘rtob, 
solodlar, 
psevdogley 
tuproqlar 
ham 
gidromorfizm sharoiti bilan bog‘liq bolsa-da, ulardagi asosiy jarayonlar 
boshqacha kechadi. Gidromorf tuproqlar guruhiga mangra, marshe, 
allyuvial va botqoq tuproqlar kiradi. 
Mangra toifasidagi tuproqlar.
Okean va dengiz qirg‘oqlarida 
mangra o‘simligi o‘sadi. Mangra tuproqlari suv to‘lqinlarining pastqam 
joylarni bosishi va qaytishi natijasida hosil bo‘lgan tuproqlardir. Ular 
daryoning dengizga quyilgan joyida (deltada) shakllanadi. Mangra 
o‘rmonlari, dengiz bo‘ylarida bir necha hil o‘simliklardan iborat qoplam 
hosil qiladi. Dengiz suvi qirg‘oq yonidagi 2-3 m balandlikdan iborat 
to‘lqin oqimida mangra rizoforasi (Atlantika, Tinch va Hind okeanlari 
qirg‘og‘ida ildizlari baquvvat bo‘lib) to‘lqin qaytganda ochilib qoladi. 
Keyingi mintaqada esa pnevmatofor mangra daraxtlar pastroq bo‘lib, 
ildizlarning yuqoriga qarab o‘sgan o‘simtalari bo‘ladi, ular nafas olish 
rolini bajaradi. Uchinchi mintaqa bo‘tasimon xurmo daraxtlaridan iborat 
bo‘ladi. O‘simliklar ildizlari atrofida juda ko‘p dengiz jonivorlar: 
qisqichbaqalar, chuvalchanglar, molyuskalar, mayda baliqlar yashaydi. 
Mangralarning asosiy xususiyatlari qo‘yidagilar: 1) mangra o‘simlik 
qoplami bir sutkada ikki marta dengiz to‘lqinlari bilan bosiladi va 
qaytariladi; 2) loy qatlamli joylar doimo suv bilan tahminlanib turadi; 3) 
tuproq tarkibida tuzlar ko‘pligi (ammo ularning miqdori dengiz suvidan 
kamroq) sababi, qirg‘oqdan kelayotgan suv oqimi bilan yuvilib turadi; 4) 
tropik mintaqada harorat doimo yuqori bo‘ladi. Tuproq profilida genetik 
qatlamlar bo‘lmaydi. AC - qora rangdagi qovushqoq loydan iborat. Bu 
tuproqlar tarkibida 5-10% organik modda bo‘lib, azot, fosfor, kaliy, kalsiy, 
magniy va mikroelementlarga boydir. Qaytarilish reaktsiyalarining doimiy 
avj olishi natijasida, bu tuproqlarda sulfat birikmalari ko‘p bo‘ladi. Mangra 
tuproqlari o‘zlashtirilib, sholi ekiladi. 
Marsh tipidagi tuproqlar subakval sharoitda deltada, dengiz yoqasi 
hamda kullarda hosil bo‘lib, unda qamish, papirus va nilufarlar o‘sib 
yotadi. Bu tuproqlar boreal, subboreal va substropik mintaqalarda 
rivojlanib, keng tarqalgan. Birinchi turdagi tuproqlar Afrikaning Viktoriya 
ko‘lida, Volga, Kuban, Dunay daryosining deltalarida hosil bo‘ladi. Profil 
AS dan iborat bo‘lib, faqat gumus va qaytarilish jarayonida hosil bo‘lgan 
moddalardan iborat. Marsheviy tuproqlar evolyutsiyaga uchrab, botqoq va 
o‘tloqi botqoq hamda o‘tloqi tuproqlarga aylanadi. Bu tuproqlar Shimoliy 
Yevropada keng tarqalgan. 

Yüklə 5,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   129




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə