Тупроқшунослик-ўқув қўлланма-лотин


Allyuvial tuproqlar daryoning



Yüklə 5,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə101/129
tarix19.12.2023
ölçüsü5,94 Mb.
#150952
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   129
EDlmz6vk9u6yqgN3DYxf7G4SMYJr5CBRzY39cKb1

Allyuvial tuproqlar daryoning
suv bosadigan birinchi pillapoyasida 
tarqalgan. Ularning maydoni dunyo bo‘yicha 3% ni tashkil qilib, bu joylar 
eng yangi va doimo, davriy ravishda, daryo suvlari bilan bostirilib tu-


H.
Х
.
Т
ursunov. 
Т
uproqshunoslik 
131 
radigan joylardir. Natijada, ikki xil, o‘zanosti - doimiy suv bosish va 
allyuvial - suv bilan loyqalarni olib kelib yotqizish jarayonlari kechadi. Bu 
tuproqlar daryo o‘zanida hosil bo‘lgani uchun anaerob jarayonda organik 
va mineral moddalar ko‘p miqdorda to‘planib, relyef va boshqa 
sharoitlarga, allyuvial, chimli allyuvial, o‘tloqi allyuvial, botqoq 
tuproqlarni hosil qiladi. Birinchisida profil A-S tuzilishda, gumus miqdori 
1-3%, singdirish sigimi 10-15 mg.ekv/100 g, ikkinchisi A-AS-SD gumus 
8-12%, singdirish sigimi 20-30 mg.ekv/100 g, uchinchisi loyli bo‘lib, 
A(T)-G, azot, fosfor gumusga boy bo‘lib, yer osti suvlari juda yaqin. 
Botqoq tuproqlar
dunyoning barcha mintaqalarida tarqalgan bo‘lib, 
tundra boreal va tropik o‘rmonlar hamda tropik suv havzasining 
akkumulyativ pasttekisliklari G‘arbiy Sibir, Amazonkada rivojlangan. 
Botqoq tuproqlar doimo namlik serob bo‘lgan pastqam joylarda ko‘llarning 
sayozlanish va qurishi natijasida oligotrof, mezatrof, eutrof o‘simliklar 
rivojlanishidan hosil bo‘ladi. Natijada, torflar hosil bo‘ladi va tuproq 
profilida torf va gleyli qatlam ajralib turadi. 
Botqoqlashgan tuproqlar
o‘rmon mintaqasida, yer osti suvlarining 
yaqin joylashishi natijasida hosil bo‘ladi. 
 
Sinov savollari: 
1.
Gidromorf tuproqlar qanday paydo bo‘ladi? 
2.
Gidromorf tuproqlarni tasniflab bering. 
3.
Gidromorf tuproqlar morfologiyasi qanday? 
4.
Gidromorf tuproqlar qanday xossalarga ega? 
5.
Ulardan foydalanish imkoniyatlarini tushuntiring? 

Yüklə 5,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   129




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə